|
TEMIR YO‘L ORQALI YETKAZIB BERISHLAR
|
bet | 2/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #242879 |
Bog'liq -hisobotTEMIR YO‘L ORQALI YETKAZIB BERISHLAR
Tayyor mahsulotni temir yo‘l vagonlariga yuklab jo‘natish Angren stansiyasidan (kodi 722608) amalga oshiriladi va yetkazib berishning manfaatli usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
AVTOMOBILLAR BILAN YETKAZIB BERISH
“Angren Kaolin” MCHJ tayyor mahsulotni O‘zbekiston bo‘ylab “Sotib oluvchining” omborigacha yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.
Xalqaro yetkazib berishlar transport kompaniyalarining avtotransport vositalari bilan amalga oshiriladi.
ANGREN KAOLIN MCHJ “Buxgalteriya” bo`limidagi shaxsiy faoliyatim haqida
窗体顶端
Men ANGREN KAOLIN MCHJ “Buxgalteriya” bo`limida buxgalter sifatida amaliyot o`tadim va bu amaliyotim davomida o`zimni barcha bilim ko`nikmalarimni amalda qo`llagan holsa quyidagi vazifalarni qildim.
Markazda buxgalteriya hisobini Iqtisodiyot va Moliya vazirligining tegishli yo`riqnomasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda tashkil etish;
Markazda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uning to`liq va aniq yuritish, moliya-xo`jalik operasiyalarnini nazorat qilish, hisob-kitoblarning o`z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’minlash;
byudjet mablag`larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`larni harajatlar smetasini ko`zda tutilgan muayyan maqsadlarga to`g`ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag`lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish;
tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to`lovlarini belgilangan tartibda hamda o`z vaqtida hisoblab chiqish;
smeta ijrosini jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o`z vaqtida amalga oshirish;
pul mablag`lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizasiya qilishda qatnashish, inventarizasiya natijalarini o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o`tkazish;
moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritish va ulardan to`g`ri foydalanilishini nazorat qilish;
moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar rejalashtirish Buxgalteriyalari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo`lsa);
Markazning Ma’muriy-xo`jalik Buxgalteriya bilan birga moddiy-texnika ta’minoti, moliyaviy-xo`jalik faoliyati masalalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish.
XULOSA
Men Toshkent shahar Angren shahrida joylashgan Angren Kaolin MCHJda amaliyot o`tadim. Men buxgalter sifatida amaliyot o`taganim sababli, bu sohada ko'plab tajribalarga ega bo`ldim. Bu tajribalarimnini amaliyotda qanday qilib qo'llashni, hisob-kitoblarni va hisob-kitoblar tuzishni o'rganishni, kafolatli hisob-kitob tizimini yaratishni va boshqalar bilan ishlashni o'rgandim. Umuman olganda, bu tajribalaringiz menga kelajakdagi kasbim uchun judaham as qotishiga ishonaman.
|
| |