Toshkent amaliy fanlar universiteti




Download 244,55 Kb.
bet3/17
Sana18.01.2024
Hajmi244,55 Kb.
#140161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Filips egri chizig\'i. Modelning zamonaviy talqini 2
COMPLAINT LETTER

valyuta cheklashlar;


  • valyutani erkin ayirboshlashga o’tish;
  • valyuta operatsiyalarini erkinligi va boshqalardir.


    Hukumatning valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. Bu qonunchilik o’z ichiga mamlakat ichida va tashqarisida valyuta qiymatliklari bilan operatsiyalarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar majmuasi,
    shuningdek, valyuta muammolari bo’yicha davlatlararo kelishuvlari (ikki tomonlama va ko’p tomonlamasiga bo’lish mumkin)ni oladi.
    Valyuta siyosatini amalga oshirish yo’nalishlaridan biri bu valyutani tartibga solishdir. Valyutani tartibga solish – bu valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va xalqaro hisob-kitoblarni davlat tomonidan aniq belgilab berishdir. Bu o’z navbatida, milliy, davlatlararo va xududiy darajada bajarilishi mumkin.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Maskur kurs ishim kirish asosiy qism asosiy qism esa beshta rejadan tashkil topgan bo’lib hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan.

    1. Iqtisodiy davr tushunchasi va uning bosqichlari

    Chidamlilik va barqaror iqtisodiy rivojlvnishning sharti bo’lib muvozanat, ijtimoiy ishlab chiqarish va iste’mol, yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi tenglik hisoblanadi. Biroq bozor iqtisodiyotida muvozanat holati vaqti vaqti bilan buzilib turadi. Milliy xo’jalik amal qilishida muayyan davriylik, takrorlanish kuzatiladi, bunda iqtisodiyotning yuksalish davri, pasayish hamda turg’unlik davrlari bilan almashadi. Davriylikni milliy iqtisodiyotni bir makroiqtisodiy muvozanatdan boshqasiga harakati sifatida aniqlash mumkin.
    Iqtisodiy o’sish–bu o’zgarmagan holda bir xilda yuksalib borish holatidir. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida ishlab chiqarishning umumiy hajmi juda tez o’sadigan yillar bor, boshqa yillarda esa bu jarayon sekin yuz beradi, ba’zida esa pasayish yillari ham bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida muayyan vaqt oralig’ida tez-tez takrorlanadigan holat uning rivojlanishini davriylik xususiyatini bildiradi. Bir davrning oralig’i iqtisodiyotni bir inqirozdan boshqasigacha, yoki boshqacha aytganda cho’qqining bir nuqtasidan boshqasigacha bo’lgan harakatini qamrab oladi. Iqtisodiy pasayish iqtisodiyotning yuksalishi, ishlab chiqarish o’sishi va ishsizlik qisqarishi bilan almashadi.
    Zamonaviy sharoitda davlat iqtisodiyotning “qizib ketishini” oldini oluvchi yoki turg’unlik bosqichida iqtisodiyotni jadallashtiruvchi iqtisodiy vositalarning butun to’plamiga ega. Shu maqsadlarda soliq tizimidan foydalaniladi: foydaga (qo’shilgan qiymatga) soliq stavkasini oshirish yoki tushirish orqali davlat muayyan faoliyat sohalarida ishchan faolllikni rag’batlantiradi (yoki aksincha to’xtatadi), imtiyozlar tizimidan foydalanib, muayyan korxonalar guruhiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sirni amalga oshiradi.Xuddi shu maqsadlarda kredit siyosatidan foydalaniladi–foizning hisob stavkasini tushirib yoki oshirib, qo’shimcha kapital qo’yilmalarga qiziqishni oshirish yoki ularni butunlay yo’q qilish mumkin.Ishlab chiqarishni rivojlantirish va davriylikni yumshatishga davlatning byudjet siyosati katta hissa qo’shadi. Rivojlanishning yirik dasturlarini (masalan, ishlab chiqarish infratuzilmasini) byudjet hisobiga moliyalashtirish jamiyat uchun zarur faoliyat sohalarida biznesni rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni yaratadi.
    Iqtisodiy davr milliy xo’jaliklar notekis rivojlanishi va umuman iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi iqtisodiy faollikni qator bir biri bilan ketma ket almashadigan bosqichlarini o’z ichiga oladi. Oxir oqibatda davriylik orqali iqtisodiy o’sish namoyon bo’ladi, yoki harakat doiraviy emas, vaziyatning uzoq muddatli kabi, o’rta muddatli tebranishlarini aks ettirib spiral bo’yicha bo’ladi.Davriylik - tizimning davrlar yordamida o’z harakatini amalga oshirish xususiyati. Davriylik muvozanatli kabi muvozanat bo’lmagan tizimlarga ham xos, bunda faqat shakl jihatdan farq qiladi - doiraga yaqin shakldagi, to’lqin shaklidagi, spiral shaklidagi yoki zina shaklidagi ko’rinishga ega bo’ladi.Iqtisodiy davrning harakatida ketma-ket bo’ladigan to’rtta bosqich kuzatiladi:

    Download 244,55 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 244,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent amaliy fanlar universiteti

    Download 244,55 Kb.