• Olimlarning yana bir guruhi
  • Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani external nazariya deb ataladi
  • Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari




    Download 244,55 Kb.
    bet5/17
    Sana18.01.2024
    Hajmi244,55 Kb.
    #140161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Filips egri chizig\'i. Modelning zamonaviy talqini 2
    COMPLAINT LETTER
    Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodchilar uch omilni ko’rsatadi:
    Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo’ladi.
    Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog’lashadi.
    Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni narxlashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o’z tovar va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O’z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning o’sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
    Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
    Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish orqali o’rganishni tavsiya qiladi. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani external nazariya deb ataladi.
    Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
    - urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
    - oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
    - yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o’zgarib turishi;
    - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar.

    Download 244,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 244,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari

    Download 244,55 Kb.