• Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari
  • Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi




    Download 244,55 Kb.
    bet6/17
    Sana18.01.2024
    Hajmi244,55 Kb.
    #140161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Filips egri chizig\'i. Modelning zamonaviy talqini 2
    COMPLAINT LETTER
    Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi.
    Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi.
    Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi:
    - shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
    - investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi;
    - ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.
    Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi.


    Iqtisodiy davrlarning asosiy tiplari

    sikl turlari

    Siklning davomiyligi

    Asosiy xususiyatlari

    Kitchin sikli

    2–4 yil

    Zaxiralar miqdori ® YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari

    Juglar sikli

    7–12 yil

    Investitsion sikl ® YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

    Kuznets sikli

    16-25 yil

    Daromad ® immigratsiya ® uy-joy qurilishi ® yalpi talab ® daromad

    Kondratev sikli

    40-60 yil

    Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar

    Forrester sikli

    200 yil

    Energiya va materiallar

    Toffler sikli

    1000-2000 yil

    Tsivilizatsiyalarning rivojlanishi




    Download 244,55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 244,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi

    Download 244,55 Kb.