• Kalit so’zlar
  • O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish




    Download 191.24 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana27.09.2023
    Hajmi191.24 Kb.
    #84366
      1   2
    Bog'liq
    o-zbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300


    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 

    Nurbek Ochildiyev 


    bahriddinbucv@gmail.com 
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 

    Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan mamlakatimiz O’zbekistoda raqamli 
    iqtisodiyotni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish.Raqamli 
    iqtisodiyotning 
    qulayligi 
    va 
    yangi 
    imkoniyatlaridan 
    foydalanish.Bizning 
    mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo’lishi zarurligi.Raqamli 
    iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o’rni. 
    Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, kommunikatsiya, 
    infratuzilma, elektron tijorat,investitsiya,logistika, aloqa operatorlari, innovatsiyalar. 
     
    Development of digital economy in Uzbekistan 
     
    Nurbek Ochildiyev 
    bahriddinbucv@gmail.com 
    Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy 
     
    Abstract: This article focuses on the development of the digital economy in 
    Uzbekistan and overcoming the existing problems. The convenience and new 
    opportunities of the digital economy. The need for our country to be among the 
    developed countries. The unique role of the digital economy in all areas. 
    Keywords: digital economy, digital technologies, communication, infrastructure, 
    e-commerce, investment, logistics, telecom operators, innovations. 
    Kirish. Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning o’ziga xos xususiyatlaridan 
    biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. 
    Aql-zakovat va ilm - taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning choʻqqisi yuqori 
    texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi sanoat inqilobi 
    taraqqiyotning yangi koʻrinishi - “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi. 
    Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga 
    egamiz.Buning uchun bizga albatta yetuk kadrlar,mutaxassislar kerak. Raqamli 
    texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir qiladi, shu jumladan yangi 
    aloqa va hamkorlik vositalari orqali; xizmat ko’rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega 
    bo’lgan yangi mahsulotlar; ma’lumotlarning iqtisodiy o’sish omili sifatida roli; sun’iy 
    intellect (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish; va platformalar kabi yangi 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    1660


    biznes modellarining paydo bo’lishi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va 
    birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o’zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va 
    farovonligi demakdir. 
    Shuningdek,barcha sohalarda korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt, 
    bandlike,ko’nikma,daromadlarni to’g’ri taqsimlash ,atrof muhit va tashqi olamga katta 
    ta’sir ko’rsatadi. 
    Hozirda biz asosan O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida bo’lish uchun 
    harakatdan to'xtamasligimiz zarur.Xorijiy davlatlarda bizga qaraganda raqamli 
    iqtisodiyot ancha rivojlangan.Iqtisodiyotning raqamlashishi bu mamlakat taraqqiyoti 
    uchun muhim.Bugungi kunda raqamli iqtisod rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan 
    chambarchas bog’liq. 
    Asosiy qism. Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb mavzulardan 
    biridir.Asosan bu mavzuni O’zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar 
    qo’lidadir. ”Raqamli iqtisodiyot’’ atamasi birinchi bo’lib 1995-yilda Don Tepkott 
    muallifligida chop etilgan. “Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da xavf-
    xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) 
    nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli 
    iqtisodiyotning 
    asosiy 
    tarkibiy 
    qismlariga 
    fundamental 
    innovatsiyalar 
    (yarimo’tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va 
    bog’lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib 
    ko’rsatiladi. 
    Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. 
    Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida 
    Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan 
    erishib boʻlmaydi. 
    Jahon bankining maʼlumotlariga koʻra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 
    foizi - 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, yaʼni asosan shaxsning ilm 
    darajasiga toʻgʻri kelmoqda. AQSHda ushbu koʻrsatkich milliy boylikning 77 foizi - 
    95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada 
    “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng 
    katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!”degan fikrni alohida keltirib oʻtdi. 
    Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 
    2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni 
    rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning oʻzida milliy 
    yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes 
    jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini 
    raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning oʻzida transport, 
    geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻliq raqamlashtirish belgilangan edi. 
    Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT-park”lar ham fikrimiz dalilidir. Aholining 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    1661


    barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni 
    rivojlantirish yoʻldagi yana bir toʻsiq boʻlib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar 
    aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida koʻpchilikka maʼlum 
    boʻlgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash oʻrinli: 
    “Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud boʻladi. Birinchisi, internet 
    orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar”. Tadbirkorlar 
    mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes isteʼmolchi uchun, 
    biznes biznes uchun, isteʼmolchi isteʼmolchi uchun tamoyillari asosida oʻz faoliyatini 
    tashkil etishi maqsadga muvofiq. 
    O‘zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim shartni 
    belgilab olish zarur. Raqamli muhitni me’yoriy tartibga solish (konsepsiya, dastur va 
    qonun), infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil, internet, biznes va ishlab 
    chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni tayyorlash 
    sog‘lom bozorni yaratishda tirgak bo‘ladi. 
    Raqamli iqtisodiyot bu - real voqe’llikni to‘ldirib turadigan virtual muhitdir. 
    Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar, texnologiyalar 
    va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining 
    yaqin hamkorligini ta’minlash. 
    Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida 
    amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni tayyorlash. Horij tajribasini 
    hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza 
    yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad qo’yib va uni amalga oshirish 
    kerak. 
    Raqamlashtirish iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida ikkita sababga 
    ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda 
    ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi mavjud emas. Ikkinchidan
    raqamlashtirish natijasida hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish 
    uchun yangi usullarni talab qiladi. 
    Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli 
    texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. 
    Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab-
    quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, 
    Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon beruvchi toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga 
    qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni 
    amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli 
    toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk Britaniyada 96 
    foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron o’tkazmalarni 
    rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan 
    bo’lsa,biz bu ko’rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur. 
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    1662


    Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi 
    desak ham bo’ladi.Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so’ng albatta xavfsizlik 
    choralarini ham mukammal bartaraf etish kerak. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik 
    tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni 
    raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, 
    xavfsizligini taʼminlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni 
    rivojlantirishga qanchalik eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, kiberxavfsizlikni taʼminlash 
    ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. Oʻzbekiston kiberxavfsizlik global indeksida 
    oʻzi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-
    oʻrinni egallagan boʻlsa, 2018-yilda 52-oʻringa koʻtarildi. 
    Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir koʻrinishi boʻlish bilan axborotlarni 
    saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak maʼnaviyatdan oʻzgacharoq tushuncha. U 
    koʻproq texnik jarayonlarga oid boʻlib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy 
    tarmoqlar, toʻlov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni oʻrnatish, oʻz shaxsiy 
    kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq maʼnoda esa 
    kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan 
    chora-tadbirlar majmuidir. Bu maʼlumotlar konfidensialligini saqlash, ularning 
    butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning toʻlaqonli ishlashini anglatadi. 
    “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tahlillariga koʻra, 2019-yilda internetning milliy 
    segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli 
    olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan 
    deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt 
    sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini 
    anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta 
    platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga toʻgʻri keladi. 
    Oʻzbekistonda barcha tizimla vaqt sayin,kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa, 
    koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan 
    talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun 
    uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim 
    olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli 
    xizmatlar anʼanaviy turga qaraganda qogʻozbozlik, rasmiyatchilikning yoʻqligi, vaqtni 
    tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli koʻrinishda 
    olsangiz, sizga belgilangan toʻlovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi. 
    Raqamlashtirish katta va misli ko’rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan 
    birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar 
    saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
    oqibatlar va ushbu paydo bo’layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida 
    yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak.
    "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
    May 2022 / Volume 3 Issue 5
    www.openscience.uz
    1663


    Xulosa .Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir mamlakat rivojlanishi uchun 
    yangi-yangi o’zgarishlar, g’oyalar ,vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadigan yangicha 
    tartiblar bo’lishi lozim. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli 
    iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. 
    Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek “iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’ 
    va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli iqtisodiyotni 
    shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan 
    boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs mas’ul. 
    Har birimiz bu masalaga jiddiy qarashimiz lozim”. Mamlakatimiz hayotida ham 
    raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat 
    ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda 
    raqamli vositalarga o’tkazilishi, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot 
    qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda.Asosan ta’limda ham elektron 
    platformalarning tashkil etilib,yuritilishi. Albatta bu soha ya’ni raqamlashtirish to’xtab 
    qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o’tish ishlari jadal 
    ravishda amalga oshirilishi kerak. 

    Download 191.24 Kb.
      1   2




    Download 191.24 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

    Download 191.24 Kb.
    Pdf ko'rish