Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov qurilishda menejment




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana14.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#51233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Kitob 9274 uzsmart.uz
пизаҚўлланма, Mavzu Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini a, Vebinar platformasida konfrensiya yaratish va unga foydalanuvchi-fayllar.org, 2-мавзу. ПСИХОДИАГНОСТИКА ТАРИХИ, Guruhlar dinamikasi Reja, Бино ва иншоотларни техник холатини бахолаш фанидан ОБ саволлари, amaliy -1, 150, 5-amaliyot .Algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish algoritmlari (1), 50610401 Kompyuter injiniring ЯНГИСИ 3 (1), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi to, 6. 11-mavzu Yordamchi sferalar usuli. Reja-fayllar.org, Strategiyà va raqobatchilik ustunligi reja, animatsiya mtm SHAHLO
1.2-rasm. Boshqaruv faoliyati. 
Qurilish ishlab chiqarishi xalq xoʻjaligining yetakchi sohalaridan biri boʻlib, 
oʻzining qator xususiyatlari bilan boshqa sohalardan ajralib turadi. Bu avvalo 
qurilishning sermehnat, serashyo va yaratilgan mahsulotlarning oʻz joyida qolishi 
bilan xarakterlanadi. Qurilish deganda faqat yangidan mukammal bino va 
inshootlar qurilishinigina koʻz oldimizga keltirmay, balki kengaytirish yoki yangi 
texnologiyani joriy qilish maqsadida bino va inshootlarni qayta qurish, foydalanish 
davrini oshirish maqsadida ularni ta’mirlashni ham tushinish kerak. Shu nuqtai 
nazardan qaraganda qurilish mahsuloti – bu yangidan mukammal qilib qurilgan, 
kengaytirish yoki boshqa maqsadlarda qayta qurilgan yoki ta’mirlangan bino va 
inshootlardir.
Qurilishning sermehnat deyilishiga sabab, bitta qurilish mahsulotini yaratish 
uchun oʻnlab, yuzlab ishchi – xizmatchilarning mehnati sarflanadi, ular bir – 
biridan tubdan farq qiluvchi koʻplab turdagi mehnat jarayonlarida ishtirok etadilar. 
Rejalashtirish va tezkorlik bilan boshqarish 
Hisobga olish va nazorat 
Rejalashtirish 
Tezkorlik bilan 
boshqaruv 
Hisobga olish 
(boshqaruv 
faoliyatini baholash) 
Nazorat qilish 
(axborotni yig
ʻ
ish, 
qaysi ish tahlili va 
ishi) 
Bashorat qilish 
(prognoz) 
Yo’lga solish 
(regilirovani) 
Me’yorlash 
Kordinatsiyalash 
Andozlash 
(modellash) 
Maqbul holga 
keltirish 
Muvofiqlashtirish
Qaror qabul qilish 
Dasturlash
Ta’sir etuvchi 
tadbirlarni aniqlash 
Ma’lumotlarni 
yig’ish 
Tasniflash
Ajratish (sortirovka) 
Hisobotlash
Tahlil qilish 
Qiyoslash, solishtirib 
ko’rish 
Natijani baholash 
Umumlashtirish
Vahima darajasini 
aniqlash 
Signallashtirish 


10 
Ayniqsa, mukammal qurilishda bitta yirik shaxba (ob’yekt)ni qurib foydalanishga 
topshirish uchun ayrim hollarda bir necha yillar zarur boʻladi. 
Qurilishning serashyo ekanligi esa unda ishlatiladigan xomashyo turlarining 
xilma – xilligidadir. Xalq xoʻjaligining barcha sohalarida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar qurilishda u, yoki bu maqsadda ishlatiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi. 
Jumladan, mashinasozlik sanoati qurilishni mashina va mexanizmlar bilan
metallurgiya – armatura, prokat va metall tuzilmalar bilan, kimyo sanoati lak, 
boʻyoq, linoleum kabilar bilan ta’minlaydi va h.k. Faqatgina qurilish materiallari 
ishlab chiqaruvchi sanoat tarmogʻining sement, ohak, gips, temirbeton tuzilmalar, 
gʻisht, shifer kabi yuzlab mahsulotlarning qurilish uchun zarur boʻlishi yuqoridagi 
fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Mukammal qurilishning Oʻzbekiston xalq xoʻjaligida tutgan oʻrni 
beqiyosdir. Chunki, qurilishsiz xalq xoʻjaligining hech bir sohasini tasavvur qilib 
boʻlmaydi. Qurilish har bir sohaga qarashli asosiy fondlarni yaratadi va bu 
sohaning iqtisodiy fikr, barkamol boʻlishiga asos soladi. Shuning uchun ham 
respublikamizda qurilish sohasiga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyevning 
2018 yil 2-aprelda qabul qilingan PF-5392 sonli «Qurilish 
sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida»gi 
Farmoni
 va «Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini 
tashkil etish toʻgʻrisida»gi 
PQ-3646
-sonli qarori shular jumlasidandir.
Loyihalash – qurilishni amalga oshirishning eng muhim bosqichidir. U 
taraqqiyotni rivoji, yangi qurilma va texnologiyani joriy etishda asosiy bosqich 
boʻlib xizmat qiladi. Loyihaning sifati, boʻlgʻusi korxonaning yoki boshqa 
ob’yektning (jamoat yoki turar - joy binosi) qanday boʻlishiga chambarchas 
bogʻliqdir. 
Loyiha deb, boʻlgʻusi korxona yoki binoning texnologiya va qurilmalari 
boʻyicha, me’moriy-rejaviy va konstruktiv yechimlari, texnikaviy – iqtisodiy 
hisoblar va asoslashlar, smeta va kerakli sharoitlarni oʻz ichiga olgan jadval va 
yozma materiallar majmuiga aytiladi. 


11 
Foydalanish belgilariga koʻra loyihalar yakka hol loyihalarga va qayta 
qoʻllanuvchi loyihalarga boʻlinadi. 
Yakka hol loyihalarni ishlab chiqishda ikki bosqichli loyihalash usuli 
qoʻllaniladi: 
1-bosqich – asosiy texnik yechimlari, smeta narxi hisobi va ishlarni 
tashkillashtirish loyihasidan, texnik loyiha ishlab chiqishdan iborat. 
2-bosqich – texnik yechimlarni toʻla ishlab chiqilishi, smeta narxini 
oydinlashtirish va ish olib borish loyihasi boʻyicha ishlanish yuz beradigan - ishchi 
chizmalar. 
Loyihalashning loyiha oldi bosqichi qurilish tumanini tanlash, qurilish 
maydonini tanlash, TIA tuzishdan iborat. 
TIA da quyidagilar koʻrsatiladi: moʻljallangan tuman; qurilish maydonlari 
va ob’yektlari roʻyxati; mazkur va qoʻshni tumanlardagi turli korxonalar haqida 
batafsil ma’lumotlar; qurilish uchun berilgan muddat va hokazo. 
TIA da iqtisodiy va texnik izlanishlar oʻtkaziladi va bular asosida 
loyihalashga vazifa tayyorlanadi. 
Sanoat ob’yektini loyihalashga vazifa quyidagilardan iborat: qurilish 
joyining nomi; chiqariladigan mahsulot tavsifi; quvvat koʻrsatgichlari; korxona 
rivojlanishining istiqboli; ishlab chiqarishni resurslar bilan ta’minlash manbalari; 
qurilish muddatlari va hokazolar. 
Turar – joy va fuqaro qurilishi ob’yektlarini loyihalashdagi vazifalar 
quyidagilardan iborat: aholining soni, aholining moʻljaldagi demografik tarkibi, 
qurilishning qavatliligi, muassasalar tarkibi va hokazolar. 
Qurilishni uyushtirish loyihasi (QUL) ikki bosqichli loyihalashda, texnik 
loyiha bosqichida ishlab chiqiladi. QUL qurilish davomiyligi haqida, asosiy 
ishlarni olib borish usullari haqida yechimlar va kerakli resurslarni hisobini oʻz 
ichiga oladi. Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) uch asosiy tur texnologik hujjatlardan 
iborat: grafiklar (taqvimiy, tarmoqli); bosh qurilish rejasi va texnologik xaritalar. 


12 
IBL da ish hajmlari ishchi chizmalar va smetalarga koʻra hisoblanadi, barcha 
turdagi resurslarni hisobini ishlab chiqarish me’yorlariga koʻra amalga oshiriladi. 
IBL tayyorgarlik va qurilish davrlariga qarab tuziladi. 
Qurilish ishlarini tashkillashtirish loyihasiga loyihaning mavqeini belgilab 
beruvchi asosiy koʻrsatkichlar kiradi: qurilishning davomiyligi; asosiy ish 
turlarining 
mexanizatsiyalanish 
darajasi; 
mehnat; 
mashina 
vaqti; 
energoresurslarning nisbiy sarfi; qurilish mahsuloti birligiga toʻgʻri keladigan ish 
narxi. 

Download 1.42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov qurilishda menejment

Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish