elektron raqamli imzoning ochiq kaliti -




Download 59,35 Kb.
bet2/11
Sana28.05.2024
Hajmi59,35 Kb.
#255769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. Mustaqil ish

elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi.
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs.
elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish.
elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.
Elektron raqamli imzo to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qabul qabul qilingan qonunlar.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Izoh: 1-moddada Elektron raqamli imzodan foydalanishni yo’lga qoyish, uni aholi o’rtasida tatbiq qilish, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida electron raqamli imzodan foydalanish munosabatlari belgilab berilgan.
2-modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Izoh: elektron raqamli imzodan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlari avvalo Konstitutsiyada keltirilgan qonun hujjatlaridan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun xujjatlarida elektron raqamli imzoga tegishli qabul qilingan qarorlardan yoki qoidalardan o’zgacha qonun-qoidalar belgilangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun xujjatlaridagi qonun-qoidalarga amal qilinadi.

Download 59,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 59,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



elektron raqamli imzoning ochiq kaliti -

Download 59,35 Kb.