• Izoh
  • Toshkent axborot texnologiy




    Download 59,35 Kb.
    bet10/11
    Sana28.05.2024
    Hajmi59,35 Kb.
    #255769
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    16. Mustaqil ish

      Bu sahifa navigatsiya:
    • Izoh
    18- modda. Ro‘yxatga olish markazini tugatish
    Ro‘yxatga olish markazi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilishi mumkin.
    Ro‘yxatga olish markazi tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir oy mobaynida bu haqda maxsus vakolatli organga, shuningdek mazkur ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga kiritilgan elektron raqamli imzo yopiq kalitlarining barcha egalariga xabar qilishi shart.
    Ro‘yxatga olish markazi tugatilgan taqdirda, mazkur ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari elektron raqamli imzo yopiq kalitlari egalarining roziligi bilan boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilishi mumkin.
    Boshqa ro‘yxatga olish markazlariga topshirilmagan elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlari bekor qilinadi va maxsus vakolatli organga saqlash uchun topshirilib, bu haqda elektron raqamli imzolar ochiq kalitlarining foydalanuvchilari xabardor qilinadi.
    Izoh: ushbu moddada ro’yxatga olish markazlarini tugatilishi xaqidagi qonunlar keltirilgan bo’lib, unga ko’ra belgilangan tartibdagi qonun hujjatlariga ko’ra ro’yxatdan o’tkazish markazi belgilangan muddatlarda ogohlantirilib va shu muddat ichida tugatiladi. ERI ning foydalanuvchilari markazlar tugatilgan taqdirda, foydalanuvchilar ixtiyori bila boshqa ro’yxatdan o’tkazish markazlariga topshirilishi mumkin.
    19-modda. Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish
    Chet davlatlarning elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlaridan foydalanish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Izoh: Chet davlatlarning ERIsidan foydalanish qonun xujjatlarida keltirilgan tartibda qonun qoidalar asosida amalga oshiriladi. 20- modda. Muhr o‘rnida ishlatish
    Muhr bilan tasdiqlangan va elektron hujjatga aylantirilgan qog‘oz hujjatning mazmuni qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq ro‘yxatga olish markazi vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan yoki elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin.

    Download 59,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 59,35 Kb.