Toshkent axborot texnologiy




Download 59,35 Kb.
bet6/11
Sana28.05.2024
Hajmi59,35 Kb.
#255769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. Mustaqil ish

Izoh: ERI ning yopiq va ochiq kalitlari yuridik va jsimoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron raqamli imzo ko’rinishida yaratilib beriladi.
10- modda. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi
Elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi bo‘ladi.
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi:
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish ustidan nazoratni ta’minlashi;
elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini bergan ro‘yxatga olish markaziga elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalanish rejimi buzilganligi yoki buzilishi ehtimoli borligi to‘g‘risida xabar qilishi va elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishni yoxud mazkur sertifikatni bekor qilishni talab qilishi;
o‘zi vakil bo‘lgan yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi to‘g‘risida ro‘yxatga olish markaziga xabar qilishi shart.
Izoh: Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasi unga egalik qilish paytidan boshlab undan foydalanishni nazorat qilishi, ERI yopiq kaliti buzilganligi to’g’risida yoki faoliyatni to’xtatmoqchiligi, sertifikatni bekor qilishligi xaqida ro’yxatga olishmarkaziga xabar berishi kerak.
11- modda. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining javobgarligi
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanilishi tufayli yetkazilgan zarar uchun tegishli elektron raqamli imzo ochiq kalitining foydalanuvchisi oldida javobgar bo‘ladi.
Izoh:ERI olgan foydalanuvchining xam bir necha majburiyatlari bo’lib ular qonun xujjatlarida xam keltirilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarmagan foydalanuvchilar javobgar bo’ladi xamda qonunda keltirilgan javobgarlikka tortiladi.

Download 59,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 59,35 Kb.