Toshkent axborot texnologiy




Download 59,35 Kb.
bet3/11
Sana28.05.2024
Hajmi59,35 Kb.
#255769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. Mustaqil ish

3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.
Izoh: 3-moddada asosan elektron raqamli imzodan foydalanishda qo’llaniladigan atama va tushunchalar keltirib o’tilgan bo’lib, u juda muhim sanaladi. Bu atama va tushunchalar xaqida yuqorida xam ma’lumot berib o’tilgan.
4-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
Izoh: Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus vakolat berilgan organlargina boshqara oladi. Masalan: UNICON.UZ
5-modda. Maxsus vakolatli organ Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi;
ro‘yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‘yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 59,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 59,35 Kb.