Toshkent axborot texnologiy




Download 59,35 Kb.
bet9/11
Sana28.05.2024
Hajmi59,35 Kb.
#255769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16. Mustaqil ish

16- modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi asosida ro‘yxatga olish markazi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ro‘yxatga olish markazi, elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining roziligidan qati nazar, quyidagi hollarda elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilishi shart, agar:
mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa;
elektron raqamli imzo kalitining sertifikati berilishiga asos bo‘lgan hujjatning amal qilishi tugatilganligi aniq ma’lum bo‘lsa;
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan o‘z majburiyatlarini bajarmagan hollar aniqlangan bo‘lsa.
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish muddati tugagan va elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining uni qayta tiklash haqida arizasi bo‘lmagan taqdirda ham elektron raqamli imzo kalitining sertifikati bekor qilinishi kerak.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish elektron raqamli imzo yopiq kaliti egasining arizasi olingan yoki ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida bayon qilingan holatlar yuzaga kelgan kunda ro‘yxatga olish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi yozuv ro‘yxatga olish markazi tomonidan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestriga kiritilib, bu haqda elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi xabardor qilinadi.
Izoh: ERIning tugatilishi ro’yxatga olish markaziga kleib tushgan ariza asosida tugatiladi. Undan tashqari ERI foydalanuvchisining roziligidan qat’iy nazar xam bir necha xollarda to’xtatilishi mumkin. U xollar yuqoridaga moddada keltirilgan.
17-modda. Elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini ro‘yxatga olish markazida saqlash tartibi hamda muddati ro‘yxatga olish markazi va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasi o‘rtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining bekor qilingan sertifikati ro‘yxatga olish markazida kamida uch yil saqlanadi.
Elektron hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini saqlash muddati tugaganidan keyin, u ro‘yxatga olish markazining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestridan chiqariladi va saqlashning arxiv rejimiga o‘tkaziladi.
Qog‘oz hujjat shaklidagi elektron raqamli imzo kalitining sertifikati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati yo‘qolgan taqdirda, ro‘yxatga olish markazi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining dublikatini berishi mumkin.
Izoh: ERIning elektron xujjat shaklidagi ko’rinishi ro’yxatga olish markazi tomonidan 3 yil muddatgacha saqlanishi mumkin. 3-yildan so’ng saqlanmalar ro’yxatidan o’chirib tashlanadi. ERIning sertifikati yoqolganda, ro’yxatga olish markazi tomonidan dublikatini olish mumkin bo’ladi.

Download 59,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 59,35 Kb.