Dolby Surround Pro Logic II dekoderi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana15.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17603
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kop kanalli ovozuzatishlar
2.1- amaliy ish topshirig’i (4), Amir Temur haqida, görev, maktabgacha talimni tashkillash, “Kompyuter tarmoqlari” fanidan-www.hozir.org, 42-Pedagogik-Pedagogik-texnologiyalarini-loyihalashtirish-va-rejalashtirish-oquv-qullanma-G.N.Axunova-L.V.Golish-va-bosh-2009
2.2. Dolby Surround Pro Logic II dekoderi. 
Pro Logic II aktiv dekoder bo‗lib, Dolby Surround ning keyingi avlodidir. 
Bunda ham fazoviy fokuslashdan foydalaniladi, ammo printsipial boshqacha 


16
usullarda qo‗llanadi. Yangi dekoder anchagina sodda va samaraliroqdir. 
Yana bir marta eslaymiz: dekoderlarning vazifasi L va R kanal signallarining 
tovush manbalari qaerda bo‗lishidan qat‘iy nazar S kanaliga o‗tishiga yo‗l 
qo‗ymaslik. Masalan, eshittirish ishtirokchilarining suhbati R va S kanallarining 
mikrofonlari o‗rtasida olib borilayotgan bo‗lsa (markazdan o‗ngda), unda S va R 
kanallaridagi signal sathlari bir xil bo‗ladi. Bu holda signalning bir qismi passiv 
dekoderning S chiqishiga o‗tadi, chunki signal sathi L kanalida R kanalidagidan 
pastroq va signallar ayirmasi nolga teng bo‗lmaydi. Surround dekoderi kirishida 
L va R signallarini butunlay kompensatsiyalash uchun, ularni jamlagichga 
(summatorga) uzatishdan oldin sathlarini tenglashtirish zarur. Buning uchun Lt 
va Rt kanallari kirishi va jamlagichning kirishi oralarida ikkita boshqariluvchi 
kuchaytirgichlar 
(BK) 
o‗rnatiladi. 
Ikkala 
kanaldagi 
boshqariluvchi 
kuchaytirgichlarning kuchayishi turli qutbli bitta boshqaruvchi signal bilan 
boshqariladi. Аgarda bitta BK ning kuchayishi oshsa, ikkinchisiniki kamayadi. 
Аgarda shunday boshqarish aniq va signalning o‗zgarishiga sinxron ravishda 
olib borilsa, S kanalidagi Lt va Rt kanallarining ayirma signallarini to‗la 
bostirish mumkin. Kirish signallarini avtomatik ravishda kuzatish uchun, 
maxsus manfiy teskari aloqa zanjiri qo‗llaniladi. Ikkala boshqariluvchi 
kuchaytirgichning chiqish signallari tovush signallari aylanmasini ajratuvchi 
amplituda detektoriga keladi. L va R kanal signallari amplitudalariga 
proportsional bo‗lgan o‗zgarmas tok signallari differentsial kuchaytirgichda 
solishtiriladi. 
Kuchaytirgich 
chiqishidagi 
ayirma 
signal 
amplitudasiga 
proportsional bo‗lgan signaldan boshqariluvchi kuchaytirgichni boshqarish 
uchun foydalaniladi. 21-rasmda dekoderning faqat bitta o‗qi («chap-o‗ng» o‗qi) 
ko‗rsatilgan. Huddi shunday boshqariluvchi zanjirli BK ning ikkinchi jufti L+R 
yig‗indi (frontal) va L-R ayirma (orqa tomon) signal sathlarini R va L («markaz- 
Surround» o‗qi) kanalidagi S va S signallarini bostirish uchun tenglashtiradi. 
Markaziy S kanali signali boshqariluvchi kuchaytirgichlar bilan sathlari 
tenglashtirilgan ikkita kanal Lt va Rt sathlarining qo‗shilishi (ayirish o‗rniga) 
natijasida olinadi. Teskari aloqali boshqaruvchi zanjirlarning qo‗llanilishi tufayli 
Pro Logic II dekoderi qator afzalliklarga ega bo‗ldi. Hususan, bunda sodda va 
arzon apparat uskunalari yordamida chiqish matritsasidagi teskari fazali 
signallarni samarali kompensatsiyalashga va natijada turli o‗qdagi kanallar 
orasida 
yuqori 
darajali 
yechimga 
erishiladi. 
Pro Logic dekoderida ikkala o‗q bitta «tezsekin» uzib-ulagichi bilan nazorat 
etiladi. Hatto bitta o‗q bo‗yicha sezilarli darajada signal oshsa, uzib-ulagich 
zanjiri ikkala o‗qni «tez» rejimiga o‗tkazib, boshqariluvchi kuchaytirgich 
zanjirining vaqti doimiyligini majburan o‗zgartiradi. Faqat ikkala o‗qda signallar 
amplitudasi tahminan bir xil bo‗lishi sharti bilan ikkalasi ham «sekin» rejimiga 


17
o‗tadi. Pro Logic II dekoderida ikkala o‗q bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda 
mustaqil faoliyat ko‗rsatadi, shuning uchun boshqariluvchi kuchaytirgichlarning 
kuchayishi qanchalik tez o‗zgarishi kerakligini boshqaruvchi zanjirlarning 
«o‗zlari» signallarni tahlil etib hal etadi. Undan tashqari Pro Logic II 
dekoderlarida boshqaruvchi zanjirning vaqt doimiyligi uzluksiz o‗zgarib turadi, 
Pro Logic dekoderida esa ikki qat‘iy belgilangan qiymat ko‗zlangan edi. 
Pro Logic II universal dekoderi faqat filmlar uchungina emas, balki Dolby 
Surround da boshqa tovush yozishlarda ham ishlatiladi. U maishiy 
apparaturalariga ham juda qo‗l keladi. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida, 
Movie rejimidan tashqari, Music rejimi kiritilgan. 2 jadvalda Pro Logic II va Pro 
Logic ni taqqoslovchi tavsiflari keltirilgan
Ma‘lumki, film tasmalaridagi tovush tavsifi musiqali yozuvlardan farq qiladi. 
Аsosiy farqi shundaki, film tasmalaridagi yozuv kalibrlangan Dolby 
apparaturasida yoziladi, shuning uchun kalibrlangan dekoder orqali eshitganda, 
uning aniqligi kafolatlanadi. Musiqa yozuvida Dolby Surround apparaturasi 
qo‗llanilmaydi, shuning uchun yozilgan musiqa asari dekoder orqali qanday 
eshittirilishini oldindan bilish qiyin. Shuning uchun Pro Logic II dekoderida 
Movie rejimi belgilab qo‗yilgan parametrlarga ega, Music rejimi esa, aksincha, 
foydalanuvchining bir necha bor sozlashini talab qiladi. Bunday sozlashlar Pro 
Logic II dekoderli har qanday apparaturada qo‗llanilishi mumkin, ayniqsa, ular 
avtomobil akustikasida juda qo‗l keladi, chunki bunda akustik tizim 
mahkamlangan bo‗lib, «asosiy» tinglovchining holati (joyi) esa o‗zgarib turishi 
mumkin. Chuqurligini boshqarish. Pro Logic II tinglovchining holatini 
signalning old-orqa tomon yo‗nalishlariga virtual ko‗chirish imkonini beradi. 
Bunday sozlash yordamida har bir musiqa yozuvi uchun frontal va Surround 
kanallari o‗rtasida optimal balans bo‗lishiga erishish mumkin. Stereobaza 


18
kengligi va markaz holatini boshqarish. Pro Logic II ning dekoder sozlash tizimi 
bilan signalni shunday shakllantirishi mumkinki, tovush obrazini markaziy 
holatiga talluqli bo‗lgan signal faqat markaziy kanal akustik tizimi orqali, faqat 
chap yoki o‗ng kanallar (markaziy virtual kanal) orqali yoki uchchala kanallar 
tizimida sathlarning istalgan kombinatsiyasida eshittirilishi mumkin. Shunday 
qilib, tinglovchi masalan, avtomobil haydovchisi yoki passajir, optimal eshitish 
uchun uchchala frontal kanal balansini o‗zgartirishi mumkin. Uy sharoitida 
shunday usul bilan stereobaza kengligini-frontal kanallar akustik tizimlari 
oralig‗idagi masofani, tizimlarning o‗zini qo‗zg‗otmasdan turib, o‗zgartirishi 
mumkin. Panoramalar rejimi. Bu rejimda, tovush bir vaqtda barcha tomondan 
eshitilayotgandek, tuyuladi. Bunday effekt Surround tizimida xonaning barcha 
devorlaridan qaytgan akustik energiyadan foydalanish hisobiga erishiladi. 
Surround kanalidagi Music rejimida pog‗onali yuqori chastotalar filtri 
qo‗llanilgan. U real va aniqroq tovush eshittirishni ta‘minlab beradi. 
Devorlardan ko‗p marotaba qaytishlar va intererlardagi so‗nishlar hisobiga 
bo‗ladigan 
buzilishlarni 
yuqori 
chastotali 
filtrlar 
yo‗qotadi. 
Music rejimida Surround kanalining vaqtda kechiktirilishi kerak emas, chunki 
tovush eshittirishlari tinglovchilarga aksariyat frontal yo‗nalishlarda eshitilishi 
shart emas. Nihoyat Music rejimida avtomatik balans rejimi o‗chiriladi, chunki 
musiqachilar va ijrochilar ayrim hollarda kanallarga atayin disbalans kiritadilar. 
Dolby Digital, Dolby Digital EX va Dolby E raqamli tizimlari. 1980 yillarning 
oxirlarida kinoga bo‗lgan qiziqishning o‗sishi natijasida Dolby Loboratories 35 
mm.liFalseelluloidli ko‗p kanalli tovush yozish va eshittirishning tasma uchun 
raqamli texnologiyasini ishlab chiqdi.
Dolby Digital. Bir necha analogli tovush signallari raqamli oqimga o‗zgartirilib, 
keyinchalik Dolby АS-3 algoritmi bo‗yicha siqiladi. Bu vaqtga kelib mavjud 
proektorlarning asosiy qismi ikki kanalli stereo yoki Dolby Pro Logic analogli 
tizimidan foydalanilar edi, shunday ekan, unda tasmadagi ikkita analogli optik 
yo‗lakchalarni saqlab qolish kerak edi. Raqamli axborot tasmaning perforatsiya 
darchalari orasidagi «ishchi bo‗lmagan» qismiga joylashtirilgan. Tizim 6 ta 
tovush kanalidan foydalangan, shuning uchun «Dolby Digital 5.1» nomini 
olgan. 


19
Butizimchap (L), o‗ng (R), markaziy (S), o‗ngfazoviy (RS), chapfazoviy 
(LS) 
kabivaqo‗shimchachastotalarpolosasicheklanganoltinchikanaldaishlaydi. 
Bu kanal past chastotali tovushlar effekti kanali (Low Freguency Effects, LFE) 
nomini olgan. LFE kanalining (Subwoofer nomi bilan ham ataladi) akustik 
tizimi kinozali ekrani oldida, L va S kanallari o‗rtasida joylashtiriladi. LFE 
kanali uchun 5 asosiy kanaldagidan tahminan 10 barobar kam chastotalar 
polosasi talab etilgan. Oltinchi kanalning belgilanishi ham shundan: «.1» 
(o‗ndan biri). Dolby Digital ning kinoteatrlarda birinchi kommertsiyali 
foydalanilishi 1992 yilga to‗g‗ri keladi va bugungi kunda bu formatdan nafaqat 
kinoda, balki raqamli televidenie eshittirishlarida (sun‘iy yo‗ldoshli, kabelli), 
DVD da va ko‗pgina multimediali ilovalarda foydalaniladi. Dolby Digital ning 
paydo bo‗lishi kinozal va «uy kinoteatri» imkoniyatlarini tenglashtirib yubordi. 
Dolby Digital yordamida haqiqiy kinoteatrda bo‗lganidek, «uy kinoteatr»larida 
yuqorida ko‗rsatilgan oltita (L, C, R, LS, RC va LFE) kanaldan signal uzatish 
amalga oshiriladi. Yuqori darajali dekoderlarda Dolby Digital ning 
imkoniyatlari to‗la ishga tushirilgan: dekoderning chiqishida «5» yoki «5.1» 
sxemasi bo‗yicha oltita tovush kanali L, C, R, LS, RC, (LFE-agarda Subwoofer-
tizim bo‗lsa). Darajasi bir pog‗ona past dekoderlar Dolby АS-3 raqamli oqimdan 
Dolby Pro Logic da ikkita Lt va Rt analogli kanallarni shakllantiradi, ulardan 
esa Pro Logic dekoderi 4 ta Dolby Surround – L, C, R, S kanallarini ajratadi. 
Oddiyroq dekoderlar chiqishda an‘anaviy ikki kanalli stereo-R va L kanallariga 
ega. Nihoyat, eng sodda dekoderning chiqishida bitta monofonik kanal mavjud. 
Yuqori darajali dekoderlar past darajali dekoderlar ishlagan rejimda ishlay 
oladilar, albatta. Bir tomondan bu iste‘molchiga o‗z moddiy imkoniyatlari va 
talablariga qarab apparaturani tanlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan 
iste‘molchi murakkab dekoderli apparatura sotib olib, sekin-asta o‗zining audio-
video apparatura kompleksi imkoniyatlarini monofonik tovushdan, to «uy 
kinoteatri» «5.1» darajasigacha yetkazishi mumkin. Dolby Digital 
texnologiyasining boshqa bir afzalligi uning ko‗lamliligidir. Bitta texnologiya 


20
doirasida bir qator apparatura va dasturiy jihatdan moslashtiriladigan 
dekoderlarni ishlab chiqarish mumkin

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish