Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana15.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17603
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kop kanalli ovozuzatishlar
2.1- amaliy ish topshirig’i (4), Amir Temur haqida, görev, maktabgacha talimni tashkillash, “Kompyuter tarmoqlari” fanidan-www.hozir.org, 42-Pedagogik-Pedagogik-texnologiyalarini-loyihalashtirish-va-rejalashtirish-oquv-qullanma-G.N.Axunova-L.V.Golish-va-bosh-2009
1.3.Dolby Surround koderi 
Dolby Surround (5-rasm) koderining kirishiga to‗rt L, R, C va S kanal signallari 
beriladi, chiqishida esa-ikkita Lt (Left-total) va Rt (right-total) kanal signallari 
olinadi. «total» (umumiy) so‗zi kanallar faqat «o‗z» signallarinigina (chap va 
o‗ng) emas, balki boshqa kanallar (C va S) ning ham kodlangan signallarini o‗z 
ichiga olishini anglatadi. L va R kanallarining signallari Lt va Rt kanallari 


8
chiqishiga hech qanday o‗zgarishsiz uzatiladi. S kanal signali ikki teng bo‗lakka 
bo‗linib, Lt va Rt kanal signallari bilan qo‗shiladi. Dastlab S signali 3 dB ga 
susaytiriladi (uning «yarmini» dekoder matritsasida qo‗shgandan so‗ng, 
signalning akustik quvvatini o‗zgartirmay saqlash uchun). S kanal signali ham 3 
dB ga susaytiriladi. Undan tashqari, Lt va Rt kanallari signallari bilan 
qo‗shilishdan oldin quyidagi o‗zgartirishlar olib boriladi: 
• chastotalar polosasi o‗tkazish polosasi 100 Gts dan to 7 kGts gacha bo‗lgan 
polosali filtr bilan cheklanadi 
• 
Dolby 

shovqin 
bostirgich 
bilan 
qayta 
ishlanadi 
• fazasi bo‗yicha +90 va -90 shunday siljitiladiki, S signalining Lt va Rt bilan 
qo‗shilishi uchun mo‗ljallangan tarkibiy qismlari bir-biri bilan teskari fazada 
bo‗lib qoladi. 
L va R signallari bir-biriga halaqit bermaydi, ular mutlaqo mustaqil. Bir 
qaraganda sezilmasa-da, ammo C va S signallari ham bir-biridan nazariy 
jihatdan ideal ajratilgan va bir-biriga bog‗liq emas. Haqiqatan ham dekoderda S 
signali Lt va Rt signallari ayirmasi sifatida paydo bo‗ladi. Аmmo bu signallarda 
S signalining mutlaqo bir xil komponentlari bor va ular ayirganda bir-birini 
o‗zaro kompensatsiyalaydi. Аksincha, S signali dekoder tomonidan Lt va Rt 
signallari yig‗indisi kabi ajratiladi. S signalining komponentlari ham bir-biriga 
teskari fazada bo‗lgani uchun, o‗zaro qo‗shilganda, ular ham bir-birini 
kompensatsiyalaydi. Bunday kodlash S va S signallarini juda yuqori yechimda 
bir shart bilan uzatish imkonini beradi: Lt va Rt signallari uzatiladigan jismoniy 
kanallarning amplituda va faza tavsiflari bir xil bo‗lishi kerak. Masalan, agarda 
S signalining komponentlari Rt va Lt kanallarida, uzatish kanallari turli tavsifga 
ega bo‗lganligi sababli bir xil bo‗lmay qolsa, u holda S signalining bir qismi 
o‗rinsiz S kanaliga o‗tadi. Koderning tavsifidan ma‘lumki, signallarni kodlash 
oddiy analog usullari bilan amalga oshiriladi. Dolby Surround tizimida 
kodlangan signalda dekoder uchun hech qanday boshqaruvchi signallar yoki 
yo‗riqnomalar yo‗q. O‗zining elektr tavsiflari bo‗yicha u oddiy ikki kanalli 
stereosignaldan farq qilmaydi, va kodlangan signalni oddiy «apparat» usullari 
bilan aniqlab bo‗lmaydi. 


9
Faraz etaylik, Dolby Surround bilan kodlangan signal oddiy stereofonik 
apparaturada Surround dekoderisiz eshitilayapti. Lt signali akustik tizimning 
chap kanaliga, Rt-signali esa o‗ng kanaliga keladi. Ikki kanalli ovoz yozishda 
manbadan chap tomonda joylashgan mikrofondan signal chap kanalga, 
manbadan o‗ng tomonda joylashgan mikrofondan signal o‗ng kanalga keladi. 
Аgarda manba chap va o‗ng mikrofonlardan teng masofada joylashgan bo‗lsa, u 
holda manba signali chap va o‗ng kanallar o‗rtasida teng ikkiga bo‗linadi. Dolby 
Surround koderida S signali Lt va Rt kanallari o‗rtasida akustik sathda emas
teng elektr sathda bo‗linadi. Shuning uchun ikki akustik L va R tizimida S kanali 
tovushi mavjud L va R tizimlari o‗rtasida joylashgan mavhum akustik tizim 
signalidek eshitiladi. Lt va Rt kanallarida S signalidan tashqari, S signalining 
komponentlari mavjud, ammo ular teskari fazada, shuning uchun bu 
komponentlarning akustik signallari akustik tizimlar o‗rtasida bir-birini 
kompensatsiyalaydi. Shuning uchun Surround kanali tovushi zo‗rg‗a 
eshitiladigan «soxta» tovush, qaerdadir L va R akustik tizimlari orasida aylanib 
yurgandek tuyuladi. Shunday qilib, Dolby Surround har qanday Surround 
koderli va kodersiz stereoapparatura bilan moslashadi.Dolby Surround passiv 
dekoderi faqat bitta qo‗shimcha kanal- S kanalini ajratadi. Dekoderning 
funktsional sxemasi 6-rasm ko‗rsatilgan. 
Lt signali hech qanday o‗zgarishsiz L dekoderning chiqishiga keladi. Rt signali 
ham huddi shunday tarzda R dekoder chiqishiga keladi. Lt va Rt signallarida R 
va L real akustik tizimlar o‗rtasida mavhum akustik tizimlarni paydo etuvchi 
markaziy S kanali signalining yarmisi bor. L – R ning ayirish tugunini alohida 
akustik kanalga keladigan Surround signali ajratadi. S signalining komponentlari 
ham R va L akustik tizimlari bilan eshittiriladi, ammo ular teskari fazada 
bo‗lganlari uchun, tinglovchi eshitmaydi. Dekoderning asosini oddiy passiv L – 
R ayirish operatsiyasini bajaruvchi differentsial kuchaytirgich tashkil etganligi 
uchun, bunday dekoder «passiv dekoder» nomini olgan. 7-rasmda oddiy dekoder 
kanallari o‗rtasidagi o‗zaro echimlar ko‗rsatilgan. Kanallarning diametral 
joylanishi faqat elektr signallariga taalluqlidir. Qo‗shni kanallar o‗rtasidagi (L va 
S; S va R; R va S; S va L) yechim 3 dB dan oshmasligi aniq. Bu yechim 


10
tinglovchilar tomonidan boshqacha eshitiladi. 
Аgar koderning kirishida faqat chap kanal signali bo‗lsa, u bir vaqtning o‗zida 
chap kanal radiokarnaylari va Surround kanalida eshittiriladi, o‗ng kanalda 
eshittirish tovushi yo‗q. Huddi shunday holat koder kirishida faqat o‗ng kanal 
signali bo‗lganda yuz beradi. Аgarda koder kirishida faqat markaziy kanal 
signali bo‗lsa, u signal chap va o‗ng radiokarnaylari bilan eshittiriladi, bunda 
fazoda S kanalining mavhum radiokarnayi shakllanadi. Shunday qilib, hatto 
oddiy passiv dekoder ham uchta frontal- L, R va C kanallar eshittirishining ideal 
yechimini ta‘minlaydi. Bu psixoakustik effekt ikki kanalli stereo zaminida ham 
yotibdi. Shuning uchun stereo tizim tinglovchisi ikkita kanal radiokarnaylarini 
o‗zidan to‗g‗rida chap va o‗ng tomonlarda barobar masofada joylashtirishga 
harakat qiladi. To‗rtinchi kanal uchun yetarlicha yechim ta‘minlanmaydi. 
Surround signalining bir qismi chap va o‗ng kanalga o‗tishida katta buzilish 
bo‗lmaydi.Birinchidan, tinglovchi barcha tovushlarni ekrandagi sodir 
bo‗layotgan harakatlarga mos holda front (old) tomondan eshitiladi deb 
hisoblaydi. 
Ikkinchidan, Surround kanalidan uzatiladigan tovush odatda qandaydir 
manba bilan bog‗liq emas. Masalan, ekranda biz chaqmoqni ko‗ramiz, 
momoqaldiroq, shovqin, shamol, yomg‗ir ovozlarini barcha tomonlardan bir 
vaqtda eshitamiz.Teskari hodisa, ya‘ni L va R kanal signallarining S kanalga 
kirishi ko‗proq nohushliklar tug‗diradi. Surround texnologiyasida barcha 
kanallarning akustik tizimlari o‗lchamlari cheklangan xonalarda o‗rnatiladi va 
barcha signallarning fazoviy qo‗shilishi aniq deb qabul qilingan albatta. Аmmo 
bu frontal kanallar va Surround kanali o‗rtasidagi zaif yechimni hisobga olmasa 
ham bo‗laveradi, degan gap emas. Darhaqiqat, agarda tovush manbai L va R 
mikrofonlaridan turlicha masofalarda o‗rnatilsa, bu kanallardagi signal sathlari 
ham turlicha bo‗ladi. Natijada differentsial kuchaytirgichning chiqishida 


11
Surround signalidan tashqari, L va R kanallarining ayirmasiga teng signal ham 
bo‗ladi. Tajribalar shuni ko‗rsatdiki, Surround radiokarnaylarida frontal kanal 
signallarini, ayniqsa nutqni eshitish ko‗p xollarda stereofoniklik fikrni buzadi. 
Markaziy kanal va Surround kanallari yechimini hal etish maqsadida, mavjud 
passiv dekoderlarda qo‗shimcha o‗zgartirishlardan foydalaniladi:S kanalidagi 
vaqt bo‗yicha kechikish (10 ms) Xaas effekti deb ataluvchi effektni yo‗qotish 
imkonini beradi. Xaas effektining asosiy mohiyati shundan iboratki, agar 
tinglovchi Surround akustik tizimlarga frontal kanallar tizimiga nisbatan 
yaqinroq joylashsa, u avval Surround kanaliga kirgan L va R kanallar 
komponentlarini eshitadi, keyin esa xuddi shu signallarni frontal tizimdagi 
radiokarnaylar nurlatgan signallar sifatida eshitadi. 
Frontal yo‗nalishdagi tovush quvvati kattaroq bo‗lishiga qaramay, vaqt bo‗yicha 
ilgarilaganligi tufayli, tinglovchi tasavvurida orqadan kelayotgandek tuyuladi. 
Frontal tovushlarning kechiktirilishi ularning S kanaliga tushgan tovushga 
nisbatan tinglovchilarga oldinroq etib kelishini kafolatlaydi.7 kGts li past 
chastota filtri bir necha sabablarga ko‗ra ishlatiladi. Ulardan asosiysi: agar 
tovush manbai markazdan chap yoki o‗ng tomonga siljigan bo‗lsa, tovush 
chastotasi yuqori bo‗lgan sari, Surround kanaliga kiradigan signalning 
amplitudasi shuncha yuqori bo‗ladi. Darhaqiqat, bir xil geometrik masofalar 
ayirmasida fazalar ayirmasi chastotaga bog‗liq, L va R signallari bir xil 
amplitudaga ega bo‗lganda, L R signallar ayirmasi amplitudasi (ya‘ni S kanaliga 
kirayotgan signal) faqat fazalar ayirmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun yuqori 
chastotalarda kanallarning samarali bo‗linishini ta‘minlash qiyinroq. Ikkinchi 
sababi, tovush chastotasi qanchalik yuqori bo‗lsa, tinglovchi tovush manbaiga 
bo‗lgan yo‗nalishni shunchalik aniq belgilaydi. 
L va R kanallari signallari S kanali signali sathidan birmuncha past 
bo‗lganda, uni bostirish uchun shovqin bostirgich Dolby V tizimi qo‗llaniladi. 
Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki, Dolby Surround odamning eshitish a‘zolari 
xususiyatlaridan-psixoakustik effektlardan foydalanadi. 

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish