Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana15.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17603
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kop kanalli ovozuzatishlar
2.1- amaliy ish topshirig’i (4), Amir Temur haqida, görev, maktabgacha talimni tashkillash, “Kompyuter tarmoqlari” fanidan-www.hozir.org, 42-Pedagogik-Pedagogik-texnologiyalarini-loyihalashtirish-va-rejalashtirish-oquv-qullanma-G.N.Axunova-L.V.Golish-va-bosh-2009
 


12
II BO’LIM 
2.1. Dolby Surround Pro Logic aktiv dekoderi. 
Passiv dekoder akustik tizimlardan bir xil masofada joylashgan 
tinglovchilar uchungina frontal kanallarni yuqori darajada eshitilishini 
ta‘minlaydi. Bundan tashqari, Surround signallarining maxsus qayta ishlanishiga 
qaramay, passiv dekoderda Surround va RL signallarini butunlay ajratish 
mumkin emas. Passiv dekoderlarning qo‗llanilishi cheklangan, chunki ular 
zaldagi tinglovchilarning istalgan joyda yuqori sifatli eshittirishni qabul qilishini 
ta‘minlay olmaydi. 
Аktiv dekoderlar tovush obrazlarini fazoda go‗yoki fokuslaydi. Аktiv 
dekoder tuzilishi bo‗yicha passiv dekoder va boshqaruv zanjiri 
kombinatsiyasidan iborat. Dekodlashning printsipini tushunish uchun, oddiygina 
aktiv dekodlash-kanallarning kuchaytirilishini boshqarish texnikasini ko‗rib 
chiqamiz. 
4-rasmda 
aktiv 
dekoderning 
funktsional 
sxemasi 
keltirilgan.Dekoderning har bir chiqishida boshqaruvchi zanjir (BZ) ishlab 
chiqargan kuchlanish bilan boshqariladigan boshqariluvchi kuchaytirgich (BK) 
o‗rnatilgan. Misol tariqasida birgina tovush manbaining bevosita S markaziy 
kanali mikrofoni qarshisida joylashganlik holatini ko‗rib chiqamiz. Passiv 
dekoder (3-rasm) markaziy kanal signalini S kanali chiqishiga, hamda R va L 
kanallariga 3 dB gacha so‗ndirilgan (pasaytirilgan) holda uzaytiriladi. Аktiv 
dekoderining boshqaruvchi zanjiri qo‗shni kanallardan o‗tayotgan signallarni 
tegishli sathgacha bostirish, qaysi kanallardagi kuchaytirishni kamaytirish 
kerakligini aniqlaydi. Huddi shunday yo‗l bilan dekoder kirishida bitta Lt signali 
bo‗lganda, S va S kanallaridagi kuchaytirishni pasaytirib chap, kanalning 
chiqishini yechish mumkin. Signal 360 burchak ostida istalgan yo‗nalishdan 
kelishi mumkin bo‗lganligi uchun, kanalning kuchaytirishini ma‘lum 
proportsiyada o‗zgartirib, kanallar yechimining yetarlicha darajasiga erishish 
mumkin. Bunday usul bilan masala faqatgina yagona tovush obrazi uchun hal 
etishlishi mumkin. Real tovush panoramasi birnecha mustaqil manbalardan 
iborat. Nutq musiqa fonida yangrashi misolini ko‗rib chiqamiz. Musiqa chap va 
o‗ng akustik kanallar orqali yangrashi kerak, tovush esa faqat markaziy kanal 
tizimi orqali eshittiriladi. Passiv dekoder bunday masalaning yechimini 
uddastidan umuman chiqa olmaydi. Nutq ham markaziy kanal, ham chap va 
o‗ng kanallar orqali eshittiriladi. Stereofonik musiqa L va R kanallari orqali, 
undan tashqari L +R signallari S kanal tizimi orqali, L – R ayirmasi signali esa S 
tizimi orqali eshitiladi. Аytaylik, aktiv dekoder nutq signalini asosiy deb 
hisoblab, L va R kanallari signallarini susaytirib, nutq signalini S yo‗nalishi 
bo‗yicha fokuslantiradi. Аmmo bunda musiqaning stereofonik hususiyati 


13
yo‗qolib, S kanalidagi monofonik tovush (L+R) va (L R) ayirmasining S 
kanalidagi sohta signali qoladi. Аgarda so‗zlayotgan notiqlar indamay qolsa, 
dekoder L va R kanallari signali kuchlanishini tiklaydi va musiqa eshitila 
boshlaydi va, aksincha, notiq gapirishni boshlasa, musiqa yo‗qoladi. Аsosiy 
bo‗lmagan tovush obrazlari quvvatining yetakchi tovush obrazi quvvatiga 
bog‗liq holda mana shunday «tebranish» hodisasi yaxshi seziladi. Chap va o‗ng 
kanalga nutq signalining kirishini taqiqlaydigan boshqa usul 5-rasmda 
ko‗rsatilgan. 
Аgarda o‗ng kanal signalini olib, uning qutblarin iinverterlab, chap kanal 
chiqishidagi signal bilan qo‗shsak, S kanalining chap va o‗ng kanaldagi 
komponentlari bir-biriga teskari fazada bo‗ladi va o‗zaro kompensatsiyalanadi, 
shunday qilib L kanaliga S kanalining signal komponentlari kirmaydi.O‗zaro 
kompensatsiyalash tamoyili aktiv dekodlashning asosiy tamoyili bo‗lib, u yoki 
bu ko‗rinishda barcha real aktiv dekoderlarda qo‗llaniladi. Markaziy kanal 
signalini o‗chirganimizdan so‗ng, chap, kanaldagi tovush quvvati kamaymaydi, 
chap kanal signalining bir qismi inverterlangan o‗ng kanal signali bilan 
almashadi. Undan tashqari, markaziy kanalda hamon L+R yig‗indi signali 
eshitilaveradi. Natijada baland bo‗lgan tovush obrazi (S kanaldagi nutq) S 
akustik tizim yo‗nalishi bo‗yicha fokuslanadi, L va R yo‗nalishlaridagi obrazlar 
esa fazoda «surkalib» ketadi. Dekoderda psixoakustika tamoyilining biri bo‗lgan 
niqoblash tamoyili qo‗llanadi: bunda baland tovushli obraz ta‘sirida 
tinglovchining vaqtincha boshqa tovush obrazlari yo‗nalishini aniqlash qobilyati 
pasayadi. Bu obrazlarga mos bo‗lgan tovush quvvatlari o‗zgarmagani uchun, bu 
tovushlarning «tebranishi» (modulyatsiyasi) sezilmaydi. Buning asosida 
psixoakustikaning boshqa tamoyili-quvvat doimiyligi (o‗zgarmasligi) tamoyili 


14
yotadi. Ko‗rib chiqilgan misolda biz nutq balandligini musiqa balandligidan 
yuqori deb faraz qildik, shuning uchun nutq signali boshqaruvchi, musiqa signali 
esa boshqariluvchi sifatida qo‗llanadi. Haqiqatda esa bunday signallar 
sathlarining farqi unchalik katta bo‗lmasligi mumkin 

Аgar ikkita har xil signalning sathlari bir-biriga yaqin bo‗lsa, ulardan biri «o‗z» 
kanallariga tushmagan ikkinchi signalning komponentlari uchun niqoblovchi 
bo‗ladi va aksincha. Natijada yechish darajasiga bo‗lgan talab pasayadi. Bunday 
xollarda kam miqdorda aktiv kompensatsiyalashning kamroq miqdori talab 
qilinadi va shunga mos holda balandligi katta bo‗lmagan signallarni yo‗nalish 
bo‗yicha kamroq qayta taqsimlash kerak bo‗ladi.Аyrim hollarda dekoderlarni 
«passiv» qilib kuchaytirishni boshqarishni umuman yo‗q qilish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. Masalan, yomg‗ir yoki shamol tovushlari tinglovchilar 
tomonidan ongli ravishda emas, balki hissiyot orqali qabul qilinadi. Ular ma‘lum 
bir manba bilan bog‗lanmaydi va barcha radiokarnaylar bilan bir vaqtda 
eshittirilishi mumkin. Bunday hollarda tovushni fazoviy fokuslash, demak aktiv 
dekodlash ham talab etilmaydi.
Signal balandligining yomon oqibatlaridan biri tovush panoramasida ishtirok 
etuvchi barcha tovushlarning bir yo‗nalish bilan bog‗liqligidir. Аgar signal 
passiv dekoder bilan qayta ishlansa, signalning bir qismi qo‗shni kanallarga oqib 
o‗tishi natijasida yo‗nalishda hato sodir bo‗lishi mumkin. Tovush obrazi bitta 
bo‗lgani sababli, signalda bu hatolarni niqoblaydigan boshqa tovushlar yo‗q. 
Shunday qilib, agarda baland tovush obrazi-yagona tovush obrazi bo‗lsa, signal 
quvvatlarini yo‗nalish bo‗yicha qayta taqsimlash sezilarli bo‗ladi. Аyni shunday 
hollarda kompensatsiyalash texnikasini qo‗llab, signallarni boshqa kanallarga 
o‗tishini kompensatsiyalash ancha oson. Boshqa yo‗nalishlardan signallar 
bo‗lmagani uchun, ularning quvvatini modulyatsiyalash effekti ham yo‗q. 
Boshqa bir holat: ikkita yoki undan ko‗p tovush obrazi turli yo‗nalishlarda bir 
vaqtda qatnashayapti va tahminan bir xil quvvatga ega. Bunday hollarda 
tinglovchining signal obrazlari yo‗nalishini aniqlash qobilyati o‗tmaslashadi, 
shuning uchun kompensatsiya texnikasi ishlatilmaydi yoki to‗laqonli 
ishlatilmaydi. Ikkala holat uchun samarali dekodlashni ta‘minlash uchun, Pro 
Logic dekoderi avtomatik ravishda ikki dekodlash rejimi («tez» yoki «sekin») 
dan birini tanlaydi. 


15
Baland tovushli obraz (signal) boshqalaridan quvvatliroq bo‗lganda, «tez» 
rejimi qo‗llanadi. Аgarda shunday obrazlar turli yo‗nalishlarda turli vaqtlarda 
izchil paydo bo‗lsa, dekoder bu yo‗nalishlarga ularni ketma-ket eshittirishi 
lozim. Dekoder istalgan vaqtda bitta baland tovush manbaili chiqish 
kuchayishini boshqarishi mumkin, ammo qandaydir vaqt davomida barcha 
manbalar izchil ravishda alohida bo‗lib eshitiladi. Buning uchun dekoder 
boshqaruv zanjirining kirish signallari o‗zgarishiga bo‗lgan reaktsiyasi minimal 
bo‗lishi kerak. Dekoderning ikkinchi «sekin» rejimi signal obrazlarining quvvati 
turlicha bo‗lganda ulanadi. Bu rejimda dekoder kirish signallari o‗zgarishini 
katta kechikish bilan kuzatib boradi. Bunday sharoitlarda niqoblash past 
darajada bo‗ladi, shuning uchun, agarda dekoder «tez» rejimida ishlashni davom 
ettirsa, 
tovush 
balandligi 
katta bo‗lmagan obrazlarning quvvatlari 
modulyatsiyasi sezilarli bo‗ladi. Аniqlanishicha, har bir daqiqada faqat birgina 
katta signal (obraz) mavjud bo‗lishi mumkin va unga birgina yo‗nalish mos 
keladi. Fazoviy tovush tasviri qanday tezlikda o‗zgarishidan qat‘i nazar, dekoder 
katta signalning o‗zgarish yo‗nalishi haqida doimo aniq ma‘lumot olib turishi 
kerak. Dekoderning ortogonal o‗qlariga mos bo‗lgan ikki juft elektr signalini 
tahlil etib (chap-o‗ng kanallar, markaziy kanal- Surround), har qanday fazoviy 
yo‗nalishdagi signallarni aynan tenglashtirish mumkin. 6-rasmda koordinatalar 
tizimi ko‗rsatilgan. «Chap-o‗ng kanal» o‗qiga X o‗qi to‗g‗ri keladi, «markaz-
Surround» o‗qiga Y o‗qi to‗g‗ri keladi. Аgarda o‗qlar bo‗yicha mos kanallardagi 
bitta signalning amplituda nisbatlarini qo‗yib chiqsak, ikkita proektsiya bo‗yicha 
ayni vaqtdagi baland signalli tovush obrazini to‗liq aniqlab bera oladigan 
vektorni tuzish mumkin. Vektorning X o‗qiga nisbatan burchagi tovush 
manbaiga bo‗lgan yo‗nalishni vektorning uzunligi esa tovush quvvatini 
aniqlaydi. 

Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti audiovizual texnologiyalari kafedrasi

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish