• BaytAlmash()
  • O‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standarti




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/191
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,72 Mb.
    #136339
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191
    Bog'liq
    61b762c5e6d666.07483815

    O‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standarti. O’z DSt 1105-2009 
    ma’lumotlarni shifrlash algoritmi diamatritsaviy funksiyalarni qo‘llagan holda 256 
    bit uzunlikdagi ma’lumotlar blokini shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki 
    matnga ugirish uchun 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitlardan 
    foydalanishga mo‘ljallangan. 
    Ushbu standartda O‘z DSt 1109 bo‘yicha atamalar, hamda quyidagi 
    atamalar mos ta’riflari bilan qo‘llanilgan:
    - initsializasiyalash vektori: Kriptografik algoritm doirasida kriptografik 
    jarayonning tayanch nuqtasini aniqlash uchun ishlatiladigan vektor; 
    - seans kaliti: Shifrlash kaliti va funksional kalit asosida shakllanadigan 
    maxfiy kalitlarning ikki o‘lchamli massivi; 
    - shifrlash vositalari: Axborot almashtirishning kriptografik algoritmlarini 
    amalga oshiruvchi va ularni qayta ishlashda, saqlashda va telekommunikasiya 
    kanallari bo‘ylab uzatishda axborotni ruxsat etilmagan foydalana olishdan 
    muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat-dasturiy 
    vositalar; 
    shifrmatn bloklarini ilaktirish rejimi: Har bir shifrlangan (dastlabki matnga 
    o‘girilgan) kriptografik blok oldingi shifrlangan (dastlabki matnga o‘girilgan) 
    blokka bog‘liq bo‘lgan shifrlash rejimi. Birinchi blok uchun shifrmatnning oldingi 
    bloki sifatida initsializasiyalash vektoridan foydalaniladi. Ochiq matnning oxirgi 
    bloki to‘liq bo‘lmagan holatda, u zarur uzunlikkacha to‘ldiriladi; 
    elektron kod kitobi rejimi: Ochiq matnning barcha bloklari ma’lumotlarini 
    shifrlash algoritmlariga muvofiq bir-biridan mustaqil, bitta kalit bilan 
    shifrlanadigan shifrlash rejimi. 
    Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi quyidagi funksiyalardan foydalanadi[9]: 


    108 
     
    Aralash() – oddiy shifr almashtirish bo‘lib, dastlabki matnni 
    shifrmatnga va teskari yo‘nalishda almashtirish uchun diamatritsaviy qismlar 
    ustida amalga oshiriladi; mazkur shifralmashtirish kirishi Holat massivining 
    diamatritsaviy qismlari hamda K1 va K2 massivlari bo‘lib, chiqishi Holat 
    massividir; 
     
    BaytAlmash() – oddiy shifralmashtirish bo‘lib, dastlabki matnni 
    shifrmatnga va teskari yo‘nalishda Holat massivi elementlarini almashtirish 
    massivi elementlari bilan bayt sathida almashtirish uchun foydalaniladi; mazkur 
    shifralmashtirish kirishi bayt sathida Holat massivi, almashtirish masivi chiziqli 
    massiv BsA [256] yoki BsAD [256] bo‘lib, chiqishi bayt sathida Holat massividir; 
     
    Sur() – Holat massivi elementlarini yanada yaxshiroq aralashtirish 
    uchun, dastlabki matnni shifrmatnga va teskari yo‘nalishda almashtirishda 
    foydalaniladi; mazkur almashtirish kirishi bayt sathida Holat massivi, chiqishi 
    ustun bo‘ylab shifrlashda pastga va satr bo‘ylab o‘ngga yoki shifrni ochishda ustun 
    bo‘ylab yuqoriga va satr bo‘ylab chapga surilgan bayt sathida Holat massividir; 
     

    Download 2,72 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   191




    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonning ma’lumotlarni shifrlash standarti

    Download 2,72 Mb.
    Pdf ko'rish