|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 13/18 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 2,24 Mb. | | #263684 |
Bog'liq Nazmiddin Sirojiddinov Rustem O\'g\'li Individual-Loyiha-1CAR= “KIA– eng yaxshi mashina”
O‘zgaruvchining qiymatini olish uchun uning nomi oldiga $
belgisi qo‘shib yoziladi (6-satr).
echo $CAR
3-satrda ekranga - CAR: yozuvi chiqariladi;
4-satrda ekranga – CAR yozuvi chiqariladi;
5-satrda bittalik qo‘shtirnoq ishlatilgan. Shell script-da bu
maxsus belgi hisoblanadi – bittalik qo‘shtirnoq ichidagi barcha
belgilar ekranga to‘liq chiqariladi. Ya’ni bu yerdagi $ belgisi maxsus
belgi sifatida inetrpretatsiya qilinmaydi, natijada ekranga $CAR:
yozuvi chiqariladi.
3.5 SHELL - SCRIPTLARI Massiv o‘zgaruvchilari
Massiv o‘zgaruvchilari
Shell script-da massiv o‘zgaruvchisini qo‘llash mumkin. Klassik
bourne shell interpretorida bitta cheklov mavjud bo‘lib, massiv
elementlari soni 1024 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bashda esa bu
cheklov olib tashlangan.
Quyida dastur faylining mazmuni nomerlangan satrlarda
berilgan.
1 #!/bin/bash
2 #Massiv
3 #CAR[0]=CAPTIVA
4 #CAR[1]=NEXIA
5 #CAR[2]=LACETTI
6 #CAR[5]=SPARK
7 #CAR[10]=DAMAS
8 #CAR=([0]=CAPTIVA [1]=NEXIA [2]=LACETTI
[5]=SPARK [10]=DAMAS)
9 CAR=(CAPTIVA NEXIA LACETTI SPARK DAMAS)
10 echo “************************”
11 echo “CAR[0]=${CAR[0]}”
12 echo “CAR[1]=${CAR[1]}”
13 echo “CAR[2]=${CAR[2]}”
14 echo “CAR[3]=${CAR[3]}”
15 echo “CAR[4]=${CAR[4]}”
16 echo “************************”
17 echo “ALL - ${CAR[*]}”
18 echo “UNO - ${CAR[@]}”
Bash-da massivni aniqlashning bir necha usullari mavjud.
Misolda ko‘rsatilgan faylda dastlabki ikkita usuli izohlangan (satr
boshida # belgisi ishlatilgan – bu izoh kiritishni bildiradi).
Dastlab misolda (3-satrdan 7-satrgacha) elementlar massiv
nomini ko‘rsatish orqali aniqlangan. Keyin kvadrat qavsda massivdagi
element nomeri va uning qiymatlari oddiy o‘zgaruvchilar kabi tenglik
orqali berilgan, masalan:
CAR[1]= NEXIA
Massiv elementlari tartib bilan aniqlanmaydi: 0, 1, 2, 5 va 10.
Diqqat bilan e’tibor bersak, massivning mavjud bo‘lmagan
78
elementlariga murojaatni interpretator hech qanday xatolik haqida
xabar bermasdan qabul qiladi.
Massivni ikkinchi usulda aniqlash 8-satrda berilgan.
|
| |