|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 16/18 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 2,24 Mb. | | #263684 |
Bog'liq Nazmiddin Sirojiddinov Rustem O\'g\'li Individual-Loyiha-11 #!/bin/bash
2 # if then else ga test qo‘llashga oid
misol
3 if [ -w $HOME/bin –a –f $HOME/bin/test ]
4 then
5 rm $HOME/bin/test
6 echo “test deleted”
7 else
8 echo “test not deleted”
9 fi
3- satrdagi “[” belgisidan keyin va “]” belgisidan
oldin albatta probel qo‘yilishiga e’tibor berish kerak. Bu
probellar albatta bo‘lishi shart.
3.8 SHELL - SCRIPTLARI for operatori
Case operatori berilgan satrni andozalar bilan navbatma-navbat
solishtiradi. Agar andoza mos kelsa, andoza bilan maxsus belgi ;;
orasidagi operatorlar ro‘yxati bajariladi. Barcha satrlar bajarilgandan
keyin boshqarish esac so‘zidan keyin joylashgan operatorlarga
uzatiladi.
Case operatori hamma vaqt esac kalit so‘zi bilan tugallanadi.
Ushbu operator qo‘llanilgan dasturga misol:
1 #!/bin/bash
2 #case esac ga misol
3 case $TERM in
4 *term)
5 echo “Bu xterm?”
6 ;;
7 unknown |vt [0-9]*)
8 echo “Bu vt100 ?”
9 ;;
10 linux)
11 echo “ Bu LINUX terminali!!!”
12 ;;
13 *)
14 echo “ Men bu terminalni bilmayman : (”
15 esac
16 exit 0
3-satrda case operatori TERM o‘zgaruvchisidagi satrni
tekshirishga beradi.
4-satrda *term) andozasi bilan solishtiriladi. Andozalarni
yozishda o‘rniga qo‘yish belgilaridan foydalanish mumkin, xuddi
shunday fayl nomlarini yozishda ham. Berilgan andozada term bilan
tugallanuvchi ixtiyoriy satrdan foydalanish mumkin. Agar andoza
ishlasa, u holda 5-satrdagi komanda bajariladi. Agar andoza
16ishlamasa, u holda keyingi andozani tekshirishga o‘tadi.
7-satrda YOKI operatori | belgisi bilan qo‘llanilishiga misol
keltirilgan. Shunday namuna asosida satr unknown so‘ziga mos
kelishi yoki u vt va raqamlardan boshlanishi tekshiriladi. Agar andoza
ishlasa, 8-satrdagi komandalar bajariladi. Ishlamasa, u holda keyingi
andoza tekshiriladi.
10-satrda berilgan satr linux so‘ziga mos kelishi tekshiriladi.
Agar mos kelsa, 11-satrdagi komandalar bajariladi, aks holda keyingi
andoza tekshiriladi.
Agar birorta ham andoza mos kelmasa (13-satr), u holda andoza
sifatida * belgisini ishlatish mumkin, bu belgi S dasturlash tilidagi
default so‘ziga mos keladi.
Quyidagi misolda case operatoridan foydalanishning yana bir
imkoniyati keltirilgan.
|
| |