|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kompyuter injiniringi fakulteti
|
bet | 14/18 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 2,24 Mb. | | #263684 |
Bog'liq Nazmiddin Sirojiddinov Rustem O\'g\'li Individual-Loyiha-1#CAR=([0]=CAPTIVA [1]=NEXIA
[2]=LACETTI
[5]=SPARK [10]=DAMAS)
Bu misolda dastlab massivning nomi yozilgan, keyin tenglik
orqali massiv elementlarining qiymatlari qavs ichida berilgan.
Massivni aniqlashga uchinchi misol (9-satr) oldingi misoldagiga
o‘xshash bo‘lib, bunda elementlar nomeri ko‘rsatilmaydi. Bunda
qiymatlar berilgan tartibi bo‘yicha o‘zlashtiriladi, ya’ni dastlab
nolinchi element, keyin ikkinchi va h.k.
CAR=(CAPTIVA NEXIA LACETTI SPARK DAMAS).
Massiv elementi qiymatini olish uchun quyidagi konstruktsiya
qo‘llaniladi:
${CAR[0]}
Figurali qavsga e’tibor berish kerak. Massivlar bilan
ishlashda bu alohida ahamiyatga ega.
Misolda massivning barcha elementlarini chiqarish 17- va 18-
satrlarda berilgan. Buning uchun massiv elementi nomeri o‘rniga @
belgisi yoki * belgisi ishlatilgan.
${CAR[*]}
${CAR[@]}
3.6 SHELL - SCRIPTLARI arifmetik ifodalar
Qobiqqa o‘rnatilgan til asosan, fayl tizimlari ob’ektlari bilan
amallar bajarishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham unda faqat
butun sonli arifmetik amallarni bajarish imkoniyati mavjud va
arifmetik amallarning minimal to‘plami kiritilgan.
Arifmetik ifodalarda +, -, *, / va qavs operatorlarini qo‘llash
mumkin. Shuningdek, ++ va -- kabi unar operatorlarni ham ishlatiladi.
Arifmetik ifodalarning qiymatlarini o‘rniga qo‘yish uchun
ifodani $ belgisi bilan boshlanuvchi ikkita qavs ichiga yozish kerak
bo‘ladi. Masalan,
$((2*2))
Arifmetik ifodalarda qobiq va tashqi o‘zgaruvchilardan
foydalanish mumkin. Bunda ushbu o‘zgaruvchilarning qiymatlari
butun son ekanligi tekshiriladi. Agar o‘zgaruvchilar butun qiymatga
ega bo‘lmasa, arifmetik ifodaning qiymatiga 0 qiymat o‘zlashtiriladi.
Masalan:
|
| |