• Nazorat uchun savollar
  • Mavzu: Kasb ta’limi yo’nalishi talabalarini kreativligini rivojlantirishda “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining o’rni va roli Darsning maqsadi
  • Metodik ko’rsatmalar
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova Dilnoza Аnvarovna ijodiy ta’lim




    Download 9.27 Mb.
    bet14/65
    Sana02.11.2022
    Hajmi9.27 Mb.
    #28774
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
    Bog'liq
    Ijodiy ta\'lim fanidan o\'quv qo\'llanma (2)

    Amaliy mashg’ulot topshirig’i:



    • Har bir talaba bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalarga qo’shimcha sifatida 10 ta ko’rsatma qo’shadi va uni topshiriq-lar bandiga yozadi.

    Topshiriq.
    1.
    2.
    3.
    4.
    5.
    6.
    7.
    8.
    9.
    10.
    Nazorat uchun savollar:



    1. Devid Lyusning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalarini izohlang.

    2. Kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalarning xususiyatlarini sanab o’ting.

    №7- Amaliy mashg‘ulot



    Mavzu: Kasb ta’limi yo’nalishi talabalarini kreativligini rivojlantirishda “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining o’rni va roli


    Darsning maqsadi: Kasb ta’limi yo’nalishi talabalarini kreativligini rivojlantirishda “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining o’rni va roli oid ko’rsatmalari ko’nikmalarini shakllantirish.
    Metodik ko’rsatmalar
    Ijodiy yondashuv, jamoaviy ish, odamlarga yo‘naltirilganlik, qiziquvchanlik va optimistik ruh - dizayn fikrlashning tarkibiy qismlari, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilishda yangi yechimlarni topishda qo‘llaniladigan metodlar ham hisoblanadi.
    Dizayn fikrlashning asosiy xususiyati, analitik fikrlashdan farqli o‘laroq, tanqidiy tahlil emas, balki ba’zan eng kutilmagan g‘oyalar muammoni yaxshiroq hal qilishga olib keladigan ijodiy jarayondir. Fikrlash dizaynining tamoyillari turli sohalarda qo‘llaniladi: bolalikdagi semirishni davolashdan jinoyatchilikning oldini olishgacha, raketa sanoatidan iqlim o‘zgarishiga qadar.
    Dizayn fikrlashni endi yangi moddiy mahsulotlarni yaratish bilan cheklanib qolmay, turli jarayonlar va xizmatlarga, shuningdek o‘zaro ta’sir, aloqa va hamkorlikka taalluqlidir.
    Fikrlash dizayni g‘oyasi birinchi marta 1969 yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sun’iylik xaqida fan”) kitobi muallifi Gerbert Simon tomonidan shakllantirilgan. Keyinchalik bu g‘oya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni g‘oyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi. Ammo biznes sohasida, xususan uni boshqarishda, dizaynerlar qo‘llaydigan tamoyil va dastaklarni qo‘llash mumkinligi va maqsadga muvofiqligi 2000 yillarning o‘rtalaridan boshlab faollashdi (Boland, 2004).
    Oxirgi yillarda “dizayni fikrlash” mavzusi bo‘yicha mashxur boshqaruv sohasiga oid adabiyotlarni [Berger, 2009; Brown, 2009; Esslinger, 2009; Fraser, 2012; Kelley & Littman, 2001; 2005; Liedtka & Ogilvie, 2011; Lockwood, 2009; Martin, 2007; 2009;
    Verganti, 2009] hamda The Economist, Harvard Business Review, Business Week, The Wall Street Journal va The New York Times kabi yirik nashriyotlarda ilmiy maqolalarini chop etayotgan mutaxassis-olimlar soni ko‘payib bormoqda.
    Fikrlash dizayni konsepsiyasining paydo bo‘lishi IDEO dizayn agentligi prezidenti Tim Braunga bilan bog‘liq. U yangi konsepsiya shakllanishining asosiy sababi jahon bozori talablariga bardosh berish maqsadida tadbirkorlardan yangi innovasion yechim talab qilinishi bilan izohladi. Braun fikriga ko‘ra, fikrlash dizayni - bu biznes va jamoat hayotining barcha jabhalarida birlashtirilishi mumkin bo‘lgan yondashuv [Brown,2009]. Bunday yondashuv, bir tomondan, fikrlash dizaynni uzoq muddatli biznes strategiyasini ishlab chiqishda menejment vositalarining bir qatoriga qo‘yishni talab qiladi, boshqa tomondan, dizaynerlarning jamiyatdagi o‘zgarishlarga ta’sir qilish qobiliyati qabul qilinadi [Lockwood, 2009].



    Metodologik nuqtai nazardan dizayn-fikrlash - bu noaniqlik sharoitida muammolarni o‘rganish uchun evristik usul, ya’ni ijodiy izlash bilan bog‘liq bo‘lgan nostandart muammolarni hal qilishdir. Fikrlashning o‘ziga xos uslubi bo‘lgan dizaynnfikrlash bu empatiya (dunyoni boshqa odamlarning ko‘zlari bilan qarash, ularning ehtiyojlarini, istaklari va ular oldida turgan vazifalarni anglash qobiliyati) kombinasiyasiga asoslangan muammolarni hal qilish qaratilgan fikrlash jarayonidir.


    “Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (O‘zaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi ta’rif berilgan: fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivasiyasi va ehtiyojlarini o‘rganish, noto‘g‘ri taxminlarni rad etish va muammoni yangicha yechim topish uchun mo‘ljallangan ko‘p
    bosqichli jarayon tushuniladi.
    Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o‘ylash”) o‘tib ketishdir.
    Shunday qilib, dizayn-fikrlash, avvalo, mahsulotni shakllantirish usuli hisoblanadi. Masalan, IDEO (“Kremniy vodiysi”dagi innovasion agentlik) 2000-yillarda dizayn-fikrlash uslubidan foydalanishni boshladi. O‘sha paytda uning asosiy maqsadi mahsulotni (xizmatni) ishlab chiqishda bir nechta elementlarni birlashtirishga qaratilgan edi: g‘oya-kalit, sifat, estetika va funksionallik.
    Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash va konvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish.
    1-bosqich – empatiya. Insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi.
    Empatiya – o‘zini boshqa odamning o‘rniga qo‘yib ko‘rish va uning hissiyotlari, xohish-istaklari, g‘oyalari va harakatlarini tushunishga harakat qilish. Masalan, mahsulot yoki loyiha kim uchun mo‘ljallangan ekanini tushunmasdan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Dizayner o‘zining emas, boshqa kishilarning muammolarini hal qiladi. Yaxshi dizayn yaratish uchun, nima aynan uning uchun muhimligini tushunish maqsadida inson bilan birga qayg‘urish lozim. Ishonch ohangidagi suhbat dizaynerga odamlar bilan o‘zaro aloqa qilishning to‘g‘ri yo‘llarini va innovasion yechimlarni osonroq topishga yordam beradi. Odamlarga va turli vaziyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga empatiya yordam beradi.
    2-bosqich – fokuslashtirish. To‘g‘ri yechim topishning yagona usuli – muammoni
    to‘g‘ri tushunishdir. Biznes jarayonida fokuslashtirish juda muhim rol o‘ynaydi, chunki odamlar hayoti haqida to‘plangan axborotlardan kelib chiqib, hal qilish lozim bo‘lgan muammoning yorqin ifodasini olishga imkon beradi. Fokuslashtirishning mazmuni – muammo bilan bog‘liq bo‘lgan savolni to‘g‘ri ifodalashdir, keyinchalik bu vazifaga aylanishi lozim. Bunda qo‘yilgan savol umumiy muammoni yoritib berishi emas, aynan
    mijozning muammosini hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Agar empatiya bosqichida mijoz-firma indiviudal tarzda ishlashga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bu bosqich jamoaviy ishlashni talab etadi.
    3-bosqich - g‘oyalar ishlab chiqish. Yaxshi g‘oya emas, keng imkoniyatlar muhim.
    Gʻoyalar ishlab chiqish bu – g‘oyalar va yechimlar ishda asosiy e’tibor qaratish lozim rejim. Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli xildagi konsepsiyalar va muammoning yechimi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan natijalarga tarmoqlashish sifatida ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yetarli miqdorda g‘oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, oqilona g‘oyalar izlash va eng yaxshi g‘oyalar tanlashga o‘tish mumkin.
    4-bosqich – g‘oyani tanlash. To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar
    ajoyib bo‘lib ko‘rinaveradi. Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish zarur.
    Gʻoyalarni qanday tanlash kerak?

    • tanlov mezonini ifodalash (eng taassurotli, eng kutilmagan, oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo‘lsa, har bir mezon o‘z vazniga ega bo‘lishi lozim. Mezonlar g‘oyalar ishlab chiqish jarayonida to‘plangan innovasion salohiyatni yo‘qotmaslikkan imkon beradi.

    • ovoz berish (ovoz berish xavfi shundan iborat bo‘lishi mumkinki, agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi – “qarshi” bo‘lsa, shartga rioya qilingan bo‘ladi, lekin jamoaning qariyb yarmi ishtiyoqi juda sust bo‘ladi).

    • prototip yaratish. Prototiplar g‘oyalarning ish qobiliyatini baholashga imkon beradi.

    5-bosqich – prototiplash. Oddiy prototip ko‘p narsa haqida gapirib beradi.
    Prototiplash – to‘g‘ri yechim topish uchun yordam beradigan iterasion maketlar yaratish. Ilk bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bo‘lishi lozim. Test o‘tkazilishi va g‘oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va qimmatlashadi.
    Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berish lozim bo‘lgan ikkita savol. Bu prototip yaratish va test o‘tkazishni aniq bosqichlarga ajratishga yordam beradi.
    6-bosqich - test o‘tkazish. Yechim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling.
    Test o‘tkazish – yaratilga prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi.
    Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga ega bo‘lishni talab etadi.
    Insonlarni fikrlashga majburlab bo‘lmaydi, faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit yaratib berish lozim. Shu jihatdan ta’lim muassasalarida tinglovchilarga nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Quyida dizayn-fikrlash texnologiyasidan foydalangan holda muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar ma’lumot keltiramiz:

    • General Electric: 2003 yilda dizayn-fikrlash texnologiyasini joriy etgach, o‘z daromadini 30% ga oshishiga erishdi;

    • Philips Lighting: dizayn-fikrlash kompaniyani jahon bozoriga chiqish imkonini berdi.

    • Airbnb: dizayn-fikrlash texnologiyasini joriy etish orqali oddiygina startap uy-joy izlash va uylarni ijaraga berishga ixtisoslashgan yirik portallardan biriga aylandi.

    Kompaniya xodimlari foydalanuvchi tajribasini o‘rganib chiqib, saytda juda past sifatli kvartiralar fotosuratlari borligini bilishgach, professional fotografga murojaat qilishga qaror qilindi va muvaffaqiyat qozonishdi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, fikrlash-dizaynning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat:
    1. Muammolar fanlararo yondashuv orqali hal qilinadi. Bu esa amaliyot va tajriba orqali insonlarning turli qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish imkonini beradi.
    2. Dizayn-fikrlash – bu avvalo ijodkorlik, doimiy harakat va tajriba usuli qo‘llab-quvvatlanadi.
    3. Dizayn-fikrlashda ham strategiya mavjud, ammo u muammolarning butunlay yangi ko‘rinishini o‘z ichiga oladi. Dizayn-fikrlashning asosiy qismi odatiy dogmalardan qochib, noodatiy, yangi uslublarni izlashni taqozo etadi.
    “Dizayn fikrlash” metodi.
    Oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarini intellektual ijodkorligini rivojlantirish bilan birga ularning pedagogic faoliyatini kreativ olib borishda dizayn-fikrlash texnologiyasidan foydalanish ta’lim sifatini yanada oshirish ga xizmat qiladi. Dizayn-fikrlash (ing. Design - thinking) texnologiyasi – tahlilga emas, balki ijodiy yondashuvga asoslangan bo‘lib, muhandislik, pedagogic va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
    Dizayn-fikrlash texnologiyasini qo‘llash natijasida yangi g‘oyalar orqali muammoning yechimi topiladi. Ushbu texnologiyaning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llanilishi natijasida tinglovchilarning mavzu yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan bir qatorda intellektual salohiyati va kreativligi rivojlandi.
    Dizayn-fikrlash texnologiyasi mavzu yuzasidan yechimi ma’lum bo‘lmagan muammolarni tinglovchilarning pedagogik tajribasidan kelib chiqib o‘rganish va to‘satdan paydo bo‘lgan g‘oyalarni ifodalashga imkon berdi. U tinglovchilarda tasavvurni, ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatini rivojlantirib, yangi g‘oyalarga ilhomlantirdi. Natijada, ularda mavzu yuzasidan ilmiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmasi va kreativ kompetensiyasi rivojlandi.
    Metodning maqsadi: qadamba - qadam amalga oshiriladigan usul bo‘lib oddiydan murakkabga qarab boradi. Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
    1-bosqich: empatiya – tinglovchi mavjud muammoga maksimal - ko‘milishi: muammoni o‘rganishi, uni har tomonlama tahlil qilishi va tushunib olishi kerak.
    2-bosqich: fokuslash – barcha yig‘ilgan bilimlar masalani yechish uchun konkretlashtiriladi, analitik fikrlash va asosiy masalalarni topishga o‘rgatadi.
    3-bosqich: g‘oya – muammo ѐki masalaning yechimini topish uchun kerakli bo‘lgan ko‘pgina g‘oyalar shakllantiriladi, ular asosida prototiplar yaratiladi va sinaladi. Turli variantlar ichidan eng foydalisi, kamharajatlisi tanlab olinadi. Bu g‘oyani taklif qilgan o‘quvchi uni himoya qila olishi kerak.
    4-bosqich: prototip – muammo yechimini topishga yordam beradigan g‘oyaning prototipini, modelini yoki maketini yasash.
    5-bosqich: test – prototipni amaliѐtda sinab ko‘rish. Prototiplarni testdan o‘tkazish bir necha marotaba, iterativ va real sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin.


    Download 9.27 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




    Download 9.27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti zaripova Dilnoza Аnvarovna ijodiy ta’lim

    Download 9.27 Mb.