|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 99/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaNav va duragaylar. Issiqxonalarga mo‘ljallangan chuchuk qalampirni nav va duragaylari ertapishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, kam yorug‘lik sharoitida, harorat va namlikni keskin o‘zgarishlarida ham meva hosil qilish qobiliyatini saqlash, shu bilan birga mazali va xushbuy ta’mga ega bo‘lishi lozim. Ularni mevalari yirik, tashishga chidamli, saqlanuvchan, tuplari ixcham shakl berishni talab etmaydigan bo‘lishi kerak.
Chuchuk qalmpir navlari juda xilma-xilligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Kechpishar va o‘rtapishar navlar o‘zaytirilgan mavsumda yetishtiriladigan issiq-xona ekini bo‘lganligi tufayli 1,5 m va undan baland poya hosil qiladi, tez-pisharlari esa – 1,2-1,3 m gacha. Ko‘pchilik navlari shtambli, tepasida kam shoxlan-gan past bo‘yli (0,3-0,4 m) tuplardan iborat. Issiqxonalarda yetishtiriladigan navlarning maysalari unib chiqandan boshlab hosili texnik yetilgo‘ncha davom etadigan davr tezpisharlarda 110 kunni, o‘rtapisharlarda 110 dan 140 kungacha, kechpisharlarda 140 kundan ortiq. Hosil berish davrining davomiyligi kuchli o‘sadigan navlarda yetti oygacha, shtambli (past bo‘yli) tezpisharlarda 20-30 kunni tashqil qiladi.
Issiqxona ekini sifatida yetishtirish uchun odatda sekin o‘suvchi (past bo‘y-li) navlardan foydalaniladi, kuchli o‘suvchi (baland bo‘yli) va o‘rtacha o‘suvchi (o‘rta bo‘yli) navlarni bog‘lashga to‘g‘ri keladi. MDH davlatlarida issiqxona ekinni sifatida Lastochka, Vinni Pux, Yubileynыy Samko, F1 Alenushka, F1 Medal, Podarok Moldovы, Zdorove, F1 Ruza, F1 Xotabыch nav va duragaylari, shu bilan birga rossiyaning seleksiya-urug‘chilik firmasi «Manul» va «Gavrish» tomonidan yaratilgan yangi duragaylari keng tarqalgan.
Niderlandiyada kuchli o‘suvchi (baland bo‘yli) yirik mevali duragaylar yetish-tiriladi, ularga ikki poyali shakl berilib o‘suv davri uzaytirilgan ekin sifa-tida (noyabr oxiridan to kelgusi yil noyabr oyini birinchi dekadasigacha) mineral paxtada o‘stiriladi.
O‘zbekistonda issiqxona ekini sifatida chuchuk qalampirni ochiq yer uchun tumanlashtirilgan navlaridan foydalaniladi, ularga mahalliy Dar Tashkenta, Zarya Vostoka, Zumrad, Tong, Nargiza navlari, mahalliy duragayi F1 Jayxo‘n; fransiyani Denver duragayi, nederlandlarning F1 Maratos, F1 Orion, F1 Fleeta duragaylari kiradi. Qisqa aylanishda mahalliy navlardan, o‘zaytirilganda esa chet el duragaylaridan va mahalliy Zumrad navidan foydalaniladi.
2012 yilda «O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestrida» chuchuk qalampirni 32 nav namo‘nalari o‘rin olgan. Ular ichida 5 ta yuqoriida keltirilgan mahalliy nav va bir duragay bor. Qolganlari niderlandiyaning No‘nems, Yenza Zaden, Sindjent Sid, Rayter Sidz, Wekseeds Co, italiyaning Esasem S.P.A., germaniyaning Satimeks – Kvedlinburg GMBX, fransiyaning OSN va SLAUSE TEZIERchet el firmalarining F1 duragay-laridir.
|
| |