Pekin va xitoy barg karamlari




Download 16,04 Mb.
bet107/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Pekin va xitoy barg karamlari. Bular bir yillik salatbob o‘simliklar. Ularni har biri a’lohida botanik tur hisoblanadi: pekin karami (Brassica pekinensis (Lour) va xitoy karami (Brassica chinensis L.). Ikkalla turni bargli, yarim boshli va boshli shakllari mavjud. Himoyalangan yerlarda eng tezpishar hisoblangan bargli shakllari yetishtiriladi. Ikkalla tur bir-biri bilan oson chatishadi, ammo karamni boshqa turlari bilan chatishmaydi. Pekin karami xitoy karamidan kelib chiqqan degan gaplar ham bor. Ko‘pchilik olimlar xitoy va pekin karamlarini xozirgacha bir-biri bilan chalkashtirib, ularni bir tur deb hisob-laydilar. Pekin va xitoy karamlari boshqa karam turlaridan barg shakllarini juda xilma-xilligi, tezpisharligi va urug‘ini ancha maydaligi bilan farqlanadi.
Xitoy bargli karami O‘zbekistonni isitiladigan plyonkali issiqxonalarida qishki aylanishda yetishtirilganda tarkibida quruq modda (4-6,2%), shakarlarni yig‘indisi (1,8-3,1%) va oqsilni (1,0-1,8%) ko‘p emasligi, kletchatka (0,9-1,4%), va vitamina S ni (23-29 mg%) o‘rtacha ekanligi, karotin (6,8-16,8 mg%), kalsiyni (62-210 mg%) va ayniqsa, temirni (6,9-12,0 mg%) yuqoriligi bilan tavsiflangan. U vitamin A va temir manbai hisoblanadi. Temirga bo‘lgan sutkalik talabni qondirish uchun bu ekindan 150-200 g iste’mol qilish yetarlidir. Janubiy-sharqiy Osiyoda xitoy karamini iste’mol qilish sog‘liqni saqlashga, tetik bo‘lishga va umrini uzaytirishga imkon beradi deb hisoblaydilar.
Salatbob pekin va xitoy karamlari yuqori hosildorlik, tezpisharlik (20-50 kun) va sovuqqa bardoshlik kabi qimmatli xo‘jalik belgilariga egadir.
Xitoy va pekin karamlarini bargli shakllari morflogik belgilari va tash-qi muhit omillariga talabi bo‘yicha bir-biriga juda o‘xshashdir. Ular o‘ncha uzo‘n bo‘lmagan poya va 15-50 sm balandlikdagi barg to‘plarini va diametri 20-50 sm li, yo‘g‘on go‘shtli barg bandini, tashqi tomoni bo‘rtib chiqqan, ko‘k yoki yashil barglarni hosil qiladi. Barglari puffakli yoki silliq, yumaloq yoki teskari tuxumsimon. Morfologik tomonidan ularni bir-biridan farqi faqat shundaki, xitoy bargli karamini barglari va bandlari tuksiz, pekin karaminiki esa tukli bo‘ladi (125-rasm).


Xitoy barg karamini Shark Guzali navi



Download 16,04 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Download 16,04 Mb.