Rediska va no‘sh piyoz bargi




Download 16,04 Mb.
bet110/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Rediska va no‘sh piyoz bargi
Rediska. Rediska – himoyalangan yerlarda yetakchi ekinlardan biri hisoblanadi. Rediska ildizmevalari tarkibida 5-9% quruq modda, 2-4% shakar, 0,8-1,3% oqsil bor. Rediskaning oziqalik ahamiyati va qadrliligi uni ildizmevalari tarkibida vitamin S (40-85 mg%) va V1, mineral tuzlarni, fitonsidlik xususiyatlarga ega bo‘lgan efir moylar va glyukozidlarni va fgrementlarni yuqoriligi bilan belgilanadi. Rediska barglari karotinga ham boy. Rediskani taom bilan iste’mol qilish ishtahani ochadi va ovqatni hazm bo‘lishiga yordam beradi. Rediska ildizmevalari ovqatga yangiligida ishlatiladi, uni yosh ko‘k barglaridan suyuq ovqatlarni, ko‘k sho‘rvalarni va salatlarni tayyorlashda ziravor sifatida foydalanadilar.
Tashqi muhit omillariga talabi bo‘yicha rediska boshqa ko‘kat ekinlarga yaqin.
Rediska yumshoq, gumusga boy, yengil o‘zlashtiriladigan oziq mineral elementlarni shakllari bo‘lgan neytral yoki sal nordon reaksiyali muhitda yaxshi o‘sa-di va rivojlanadi. Og‘ir tuproqlarda ildizmevalar deformatsiya-lanib, qing‘ir-qiyshiq bo‘lib o‘sib chiqadi.
Rediskani barcha turdagi ekin o‘stiriladigan inshootlarda, ko‘proq erta bahorda va ko‘pincha zichlashtirib eqiladigan ekin sifatida yetishtiradilar. Boshqa mamlakatlar amaliyotida qo‘llaniladigan rediskani pikirovka qilib yetishtirish uslubi O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Rediska boshqa ko‘kat ekinlarga qaraganda yorug‘likka ancha talabchan va yuqori haroratni yomonroq ko‘taradi. Shu bois, hamda rediskaga kuz-qishki aylanishda talab kamroq bo‘lganligi tufayli O‘zbekistonda u bu aylanishda deyarli ekilmaydi.
O‘zbekiston issiqxonalarida va boshqa himoyalangan yer inshootlarida rediskani quyidagi tumanlashtirilgan tezpishar navlari: mahalliy Lola, Ertapishar, rossiyaning Saksa, Kruglыy krasnыy s belыm konchikom, serbiyani Veritsa, hamda chet elning tumanlashtirilgan tezpishar duragaylari: gollandiyani – F1 Rudolf, F1 Printo, F1 Selesta, F1 Sora, fransiyaning – F1 Djolli, F1 Rao‘nd Skarlet, yaponiyani – F1 Gloriet, F1 Cheriette yetishtiriladi.
Qishki issiqxonalarda rediska bodring yoki pomidorga zichlovchi ekin sifatda foydalaniladi. Uni urug‘ini asosiy ekin ko‘chatlarini o‘tkazishdan 6-8 kun ilgari, 4-6 qatorli lenta shaklidagi egatlarining ikki tomoniga ekadilar.
Qishki issiqxonalarda rediskani ko‘chat tayyorlanadigan yashiklarda, yorug‘ yo‘llaklarda ham yetishtirish mumkin. Urug‘lar qo‘lda 55 sm oziqlanish may-donida, har uyaga ikkitadan urug‘ tashlab 1,5-2 sm chuqurlikka eqiladi.
Urug‘lar ekish oldidan saralanadi va dorilanadi, ekish uchun diametri 2-2,5 mm dan kichik bo‘lmagan urug‘lar olinadi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng maysalar yagana qilinadi.
Quyosh bilan isiydigan bahorgi plyonkali issiqxonalarda rediskani birinchi aylanishda fevral boshidan mart o‘rtalarigacha, to asosiy issiqsevar ekinlar ekilgo‘ncha yetishtiradilar. 1 m2 450-500 dona yoki 4-6 g urug‘ eqiladi. Urug‘ qo‘lda marker izlari bo‘yicha 55 yoki 64 sm oziqlanish maydonida; shuningdek parnik seyalkasida eqilganda qatorlar orasini 6-7 sm va qatordagi urug‘lar orasini 3-4 sm qilib olinadi. Keng lentalar (1,2-1,5 m li) orasida ensiz yo‘llar qoldiriladi
Qishda hosilni urug‘ unib chiqqanidan so‘ng 32-35 kun o‘tgach, erta bahorda esa 25-28 kun o‘tgach yig‘ishtiraboshlaydilar. Ildizmevalarni diametri 2 sm ga yetganda 3-4 marta saralab teriladi. Hosil 10-12 kun davomida yig‘ishtiriladi. Yig‘ishtiril-ganda ildizmevalar barglari bilan birga sug‘urib olinadi va 10 donadan bog‘-bog‘ qilib bog‘lanadi yoki bargi kesib tashlanadi. 1 m2 issiqxona maydonidan 2-3 kg rediska olinadi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186




Download 16,04 Mb.