Himoyalangan yerlar uchun joy tanlash va uni tashkil etish




Download 16,04 Mb.
bet113/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Himoyalangan yerlar uchun joy tanlash va uni tashkil etish Himoyalangan yer bosh rejasi deganda, himoyalangan yer inshootlarni, ma’muriy va yordamchi binolarini, maishiy va xo‘jalik qurilmalarni, yo‘llar, issiqlik, suv, drenaj va ktahlilatsiya tarmoqlari, elektr bilan ta’minlash, telefon aloqasi va himoya qilish daraxtlari va boshqalarni tanlangan maydonga joylashtirishning umumiy rejasi tushuniladi.
Issiqxona kombinatini qurish bosh rejani namunaviy loyihasi tayyorlaydigan korxonalar tomonidan ishlab chiqiladi. Bunda albatta xo‘jalik tomonidan tegishli xodimlar va himoyalangan yer bo‘yicha agronom ishtirok etadi.
Bosh rejani ishlab chiqishga kirishishdan avval xo‘jalik tomonidan qurish uchun berilgan vazifa har tomonlama o‘rganib chiqilishi lozim. ayniqsa, iqlim sharoiti va qurish uchun tanlangan maydon bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar yana bir bor ko‘rib chiqilishi kerak. Himoyalangan yer kombinatlari uchun joy tanlash juda ham ma’suliyatli vazifalardan hisoblanadi. Ya’ni, yer maydonini tanlashda va himoyalangan yerlarni qurish bo‘yicha joyga qo‘yiladigan talablar e’tiborga olinadi:
- himoyalangan yer kombinatlari qurilayotgan joylar yonida birinchi navbatda arzon issiqlik berish manbayi bo‘lishi yoki tashlandiq issiqlik manbalari (atom yoki elektr, gazkompressor stantsiyasi) ishlab chiqarish korxonalarining issiq chiqindilari yaqin joylashgan bo‘lishi kerak;
- katta himoyalangan yer kombinatlari quriladigan bo‘lsa, yaqin o‘rtada ishchi kuchi manbayi bo‘lgani ma’qul;
- kombinat joylashgan joyda transport vositalari-yil davomida qatnash mumkin bo‘lgan magistrallar bo‘lishi kerak. negaki ayrim sabzavotlar tez ayniydi, terilgandan so‘ng 4-6 soat o‘tgach aholi iste’moli uchun jo‘natish lozimdir;
- himoyalangan yerlarda suvga talab juda katta, shuning uchun joyni suv bilan uning sifatiga e’tibor bergan holda tanlash kerak;
- tanlangan joy juda yaxshi tekislangan (qiyalik 5-80) tabiiy qiyaligi janub tomonga, janubi-sharqiy yoki janubi-g‘arbiy tomonga bo‘lgan, shimoliy tomondan to‘silgan bo‘lishi kerak;
- sizot suvlari 1 m dan yuqori bo‘lmasligi (chuqur kovlangan parnik yoki qurilish fundamentlari chuqurligi tubidan) va issiqxona yuzidan 2 m masofada bo‘lishi kerak;
- parnik va blokli issiqxonalar joylashtirish uchun tanlangan maydoni inventar maydonning yig‘indisidan 2-2,5 barobar, angar issiqxonalar uchun esa 3-3,5 barobar katta bo‘lishi kerak.

Download 16,04 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Himoyalangan yerlar uchun joy tanlash va uni tashkil etish

Download 16,04 Mb.