• AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet112/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Nazorat savollari:
    1. Ko‘kat ekinlarni oziqalik va shifobaxshlik ahamiyati qanaqa?
    2. Ko‘kat ekinlar qanday guruhlarga bo‘linadi va O‘zbekistonni himoyalangan yerlarida ularni qaysilari keng tarqalagan?
    3. Ukropni biologik xususiyatlari va uni tashqi muhit omillariga talabi qanday?

    AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI




    1-amaliy mashg‘ulot:

    Himoyalangan yer sabzavotchiligini ahamiyati, uni vazifasi, xususiyatlari, ahvoli va rivojlanishi


    Ximoyalangan joylarda yetishtirishga moslashgan navlar. Issiqxonada yetishtirish uchun pomidor va bodring navlari nihoyatda ko‘p. 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga pomidorning 39 nav namunalari, shundan faqat 3 nav vatanimiz seleksiyasiga mansub bo‘lib, qolgan 36 tasi chet ellarning birinchi bo‘g‘in duragaylaridir. Reestrda himoyalangan yer uchun bodringni 29 nav namunalari tavsiya etilgan bo‘lib, shundan bir nav va 2 duragay vatanimiz seleksiyasiga hamda 26 duragaylar esa chet ellarnikidir. Respublikamizning issiqxona sabzavotlari urug‘chiligi bozorida 10 tagacha yirik va u darajada ma’lum bo‘lmagan chet el urug‘chilik firmalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
    Faqat Toshkent shahri va uni atrofida Janubiy Koreya firmasi uch qavat qoplamali va kalorifer yordamida isitiladigan plyonkali issiqxona qurish bilan band; Fransiyaning “Reshal” firmasi xususiy konstruksiyasi asosida plyonkali issiqxonani yig‘ish bilan shug‘ullanmoqda; Isroilning “Netifim” firmasi tomchilatib sug‘orish uchun moslama va jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish bilan mashg‘ul; Isroilning “Nadim”, “Priva” Gollandiyaning “Llastro” firmasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqalarning firmalari ham plyonka va jihozlarni yetkazib berish bilan mashg‘uldir.
    Sog‘likni saqlash tashkilotlari O‘zbekistonda mavsumdan tashqari davrda sabzavotdan har bir kishi 6,5 kg iste’mol qilishini tavsiya etadilar, shu jumladan pomidordan 2,5 kg, bodringdan 2 kg va ko‘kat sabzavotlardan 2 kg.
    Respublikamiz aholisi talabini nomavsumiy davrda yetishtirilgan sabzavot hosili bilan to‘liq ta’minlash uchun har yili 170 ming t ishlab chiqarishi kerak. Haqiqatda ishlab chiqarilayotgan hosil bu ko‘rsatkichdan ancha orqada. Shu sababli himoyalangan yerda yetishtiriladigan sabzavot hosil anchagina ko‘paytirilishi zarur. Issiqxona sabzavotlari hosilini yanada ko‘paytirish zarurligi taqozosi shundan iboratki uni tannarxi bizlarda ancha arzon, shuning uchun bu mahsulotni yetishtirish uchun issiqxonani isitishga va qo‘shimcha yoritishga bizlarga nisbatan katta mablag‘ sarflaydigan Qozog‘istonning shimoliy rayonlariga, Sibirga, Ural va Rossiyaning boshqa mintaqalariga eksport qilish mumkin.
    Bizni mamlakatimizda issiqxona sabzavotlarining hosildorligi ancha past, u yorug‘lik bilan yaxshi ta’minlanmagan, rivojlangan davlatlarga nisbatan bir necha marta past. Shuning uchun sabzavot ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, birinchi navbatda hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin.
    Yuqori hosil olish va himoyalangan yer inshootlari samaradorligini oshirishga issiqxonalardan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan quyidagi kamchiliklarni bartaraf etish hisobiga erishish mumkin, jumladan:

    • unumlorligi past tuproqlardan foydalanish. Mahalliy issiqxonalar tuprog‘i tarkibida atigi 8-10 foiz organik modda bor xolos. Ularni tayyorlashda g‘ovaklik xususiyatini beruvchi materiallar qo‘llanilmaydi. Tuproqning g‘ovokliligi va suv o‘tkazuvchanligi past;

    • barcha issiqxonalarda tuproq ostidan isitishni yo‘qligi. Tuproq haroratini pastligi o‘z navbatda o‘simliklarni kasalliklarga chidamligini pasaytiradi;

    • registrlarni ustunlarga payvandlab qo‘yilganligi va ularni tuproq yuzini isitishda foydalana olmaslik;

    • germetik yopilishini ta’minlashda tirqishlarni mutloq (germetik) berkitishda surguchlardan cheklangan miqdorda foydalanish;

    • issiqxonalarda mikroiqlimni sozlovchi avtomatik moslamalarni yo‘qligi. Issiqxonadalarga issiqlikni kech harorat +10°S dan past tushganda berilishi;

    • o‘simliklarni zararkunandalariga qarshi himoyalashda biologik uslubdan chegaralangan holda foydalanish. Kasallik va zararkunandalarni ko‘p tarqalishi;

    • faqat egatlab sug‘orish va chegaralangan holda tomchilatib va boshqa turdagi sug‘orishlarni ham qo‘llash. Mavjud tomchilatib sug‘orish moslamasi faqat toza suvni yetkazib beradi. Oson eriydigan o‘g‘itlar bo‘lmaganligi sababli oziqali eritmalar berish amalga oshirilmaydi;

    • oziqali eritmalar va kichik hajmli muhitda yetishtirishning chegaralanganligi;

    • tuproqni par yordamida yoki kimyoviy uslublarda zararsizlantirishni (sog‘lomlashtirish) deyarli qo‘llanilmasligi. Inshoot ichki qismini deyarli dezinfeksiya qilinmasligi;

    • issiqxonalarni markazlashgan holda zaharli moddalar, o‘g‘itlar, navdor urug‘lar, oyna va boshqa materiallar bilan ta’minlanmasligi;

    • issiqxonalarni yaxshi saqlanishi va kelajakda uni rivojlantirishga qiziqmaydigan shaxslarga arendaga berish tajribasining mavjudligi;

    • informatsion ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlanmasligi. Issiqxona xo‘jaliklari mutaxassislari va fermerlar hozirgi zamon himoyalangan yer sabzavotchiligida ilm-fan va ilg‘or texnologiyalar erishgan yutuqlarni o‘zida aks ettirgan zamonaviy adabiyotlardan foydalana bilmasliklari, shu bilan birga navlar va duragaylarning yangi kataloglari bilan ta’minlanmaganligi.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.