|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 109/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaKress-salat – bir yillik ziravor-salatbob o‘simlik. Uni barglari yod, temir, kaliy, magniy, mis, oltingugurt va boshqa elementlarning tuzlariga boy. Tarkibida 60-120 mg% askorbin kislotasi, 2,6-4 mg% karotin, 2,5 mg% rutin va ko‘p miqdorda V guruhidagi vitaminlar mavjud. U 8,3-13,6% quruq modda, 2,6-3% oqsil, 0,22-0,85% shakar, 0,9-1,3% kletchatka to‘playdi.
Barglari yangiligida, salat, sho‘rvalarga, go‘shtli va baliqli taomlarga solib dorivor sifatida foydalaniladi, garnir sifatida sho‘rvalarga, salatlarga, buterbrodlarga qo‘shiladi.
Kress-salatni o‘ziga xos achchiq ziravor ta’mi tarkibida yod va oltingugurt bo‘lgan glyukotrepsolin glyukozidi borligi hisobiga yuzaga keladi. Kress-salatni yoqim-li achchiq ta’mi, xren mazasini esalatadi.
Kress-salat moyli o‘simlik sifatida ham ma’lum. Uni urug‘lari tarkibida 50% efir va yog‘lik yarim quriydigan moylar bor, ulardan sovo‘n qaynatishda foydalaniladi.
Kress-salat tezpisharligi va sovuqqa chidamligi bilan farqlanadi. Dala sharoitida u urug‘ unib chiqqandan so‘ng 10-15 kun o‘tgach foydalanishga tayyor bo‘ladi. Eng yuqori hosilni urug‘ unib chiqqandan so‘ng 35-45 kun o‘tgach beradi. 37-55 kundan keyin gullay boshlaydi. Urug‘lar 90-110 kundan so‘ng pishib yetiladi.
Uzo‘n kun sharoitida va yuqori haroratda tezda gul poya chiqarishga o‘tadi, ayniqsa tezpishar navlari. Yozda ekish uchun ancha kechpishar, gulpoya chiqarishga chidamli, yuqori ko‘k massali hosilni shakllantiradigan navlardan foydalanish yaxshiroq.
Urug‘ni ekish aniq ekadigan seyalkalarda, qator oralarni 10-15 sm va qator-dagi o‘simlik lar orasidagi masofani 2-3 sm qilib olib boriladi. Urug‘ni ekish me’yori 1 m2 ga 0,6-1,2 g. Urug‘ni quruq holda nam tuproqqa 1-1,5 sm chuqurlikka ekadilar. Bunda uni ortiqcha zichlanib ketmasligi kuzatib boriladi, Chunki bu o‘simliklarni qora son kasalligi bilan zararlanishiga, bo‘yiga cho‘zilib ketishiga, be-vaqt gullashga o‘tishiga, hosildorlik va mahsulot sifatini pasayishiga olib keladi. Seyalkalar yo‘q bo‘lsa, qo‘lda ekadilar. Urug‘larni qalin ekmaydilar (marker izi bo‘ylab ekish yaxshiroq) shaxmat tarkibida, rediskaga o‘xshash 5×5 sm yoki qatorlab, qatorda 5 sm masofa qoldiriladi. 1 m2 maydonga taxminan 0,5-1,0 g urug‘ zarur.
Qishda va bahorda kress-salatni uy sharoitida deraza tokchalarida, yuza yashiklarga 5-7 sm qalinlikda tuproq solib yetishtirish mumkin. Urug‘lar qo‘lda qalin (15-20 g/m2) 0,5-1 sm chuqurlikka eqiladi. Yashiklarda urug‘ eqilgandan so‘ng 2-3 kun o‘tgach unib chiqadi. Urug‘ unib chiqqandan so‘ng 9-10 kun o‘tgach, o‘simliklar ikkita haqiqiy barg chiqargan davrda ist’emol qilishga tayyor bo‘ladi.
|
| |