|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 117/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka1-jadval. Isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalarni turli qismlarida havo va tuproq harorati.
Ko’rsatkichlar
|
Issiqxonalar
|
Isitiladigan
|
Isitilmaydigan
|
1. Issiqxona o’rtasidagi havo harorati:
20 sm balandlikda
|
|
|
150 sm balandlikda
|
|
|
2. YOn devorlar yoki isitkich asboblar yonidagi havo harorati:
20 sm sm balandlikda
|
|
|
150 sm balandlikda
|
|
|
3. 10 sm chuqurlikdagi tuproq harorati:
|
|
|
issiqxona o’rtasida
|
|
|
yon devorlar yonida
|
|
|
2. Namlik tartibotini sozlash usullari
Himoyalangan yerda havo namligi shamollatishni kuchaytirish, sug’orishlar sonini kamaytirish va tuproq yuzasini yumshatish hamda haroratni oshirish yo’llari bilan sozlanadi. Havo namligini ko’paytirishga esa shamollatishni kamaytirish, sug’orishlarni ko’paytirish va issiqxona ichidagi o’simliklarga suv purkash orqali erishiladi. O’rta Osiyo sharoitida bahor faslida himoyalangan yerda havoning nisbiy namligi ko’p bo’lishidan ko’ra yetishmasligi seziladi. Bu ayniqsa, bodring ekinida namoyon bo’ladi. Bu davrda shamollatishni kamaytirish havoni qizib ketishiga olib keladi, shu bois faqat o’ylab havoni namlash, qurilma ustini soyalash va shamollatishni birgalikda bog’lab olib borish kerakli havo namligi sharoitlarini yaratishga imkon beradi.
Tuproq namligini ko’paytirishga sug’orishning turli usullarini qo’llash, sug’orish soni va jadalligini ko’paytirish, sug’orishlar vaqtini o’zgartirish bilan erishiladi. Sug’orish uchun foydalaniladigan suv kam nordon reaktsiyali bo’lishi, uning tarkibidagi quyuq qoldig’i 1 foizdan oshmasligi kerak. Suvning issiqligi esa 23-25°S bo’lishi kerak. Sovuq suv bilan sug’orilsa, xususan bodring va pomidorda, ildizlarini nobud bo’lishiga va o’simlikni so’lib qolishiga sabab bo’ladi. O’simliklar qish va erta bahorning oftobli kunlarida, tuproq yaxshi qiziganida sug’oriladi.
Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.
NAZORAT SAVOLLARI.
1.Issiqxonada haroratni ko’paytirish va pasaytirish uchun qanday choralar qo’llaniladi?
2.Issiqxona sabzavot o’simliklariga tuproq namligini yetishmovchiligi va uni me’yoridan ortig’i qanday ta’sir etadi?
3. Issiqxona sabzavot o’simliklariga havoning past va yuqori nisbiy namligi qanday ta’sir etadi?
4. Issiqxonada havoning nisbiy namligi qanday sozlanadi?
|
| |