• 1.Havoning nisbiy namligi va u o’simliklarga qanday ta’sir etadi.
  • Issiqxonalarda namlik tartibotini optimallash usullari




    Download 16,04 Mb.
    bet119/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    4-Amaliy mashg’ulot mavzusi:


    Issiqxonalarda namlik tartibotini optimallash usullari.




    Ishdan maqsad. Talabalar himoyalangan joy sabzavotchiligida issiqxonalarda namlik tartibotini optimallash usullarini aniqlashni o’rgatish.

    TOPSHIRIQ

    1.O’quvchilar havoning nisbiy namligi nima va u o’simliklarga qanday ta’sir etadi, statsionar va assman psixrometrlari ishlash tartibini hamda issiqxonada havoning nisbiy namligini aniqlashni o’rganadilar.


    TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
    1.Havoning nisbiy namligi va u o’simliklarga qanday ta’sir etadi.

    Havo namligi quyidagi asosiy ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi: mutloq (absolyut) namlik, ya’ni muayyan haroratda 1 m3 havo tarkibida mavjud bo’lgan suv bug’larining miqdori, g/m3; nisbiy namlik – bu havo hajmi tarkibidagi haqiqatda mavjud suv bug’lari miqdorini, mavjud haroratda bo’lishi mumkin bo’lgan (to’yingan bug’) miqdoriga nisbatni 100 ko’paytirilgan va % da ifodalangan ko’rsatkichi. Havoning nisbiy namligini o’lchashda Avgust statsionar psixrometri, Assman aspiratsion psixrometrlari, gigrograflar va gidrometrlardan foydalaniladi. Har ikki psixrometrni ishlash tartibi quruq va ho’llangan termometrlar ko’rsatkichlari farqiga asoslangan. Quruq termometr uni o’rab turgan havo haroratini ko’rsatadi. Uni ko’rsatkichi har doim, ho’l termometr ko’rsatkichiga nisbatan yuqori. Havoning nisbiy namligi quruq va ho’l termometrlar ko’rsatkichlari asosida jadvalda keltirilgan raqamlarga muvofiq yoki Gigrometr M-1 ni nomogrammasiga muvofiq havo nisbiy namligini to’g’ridan-to’g’ri aniqlashda foydalaniladi. Uni tuzilishiga inson soch tolasi havo namligini ko’payishi bilan qisqarishi xususiyati asos qilib olingan. Havo nisbiy namligini vaqtga qarab o’zgarishini tasmada tasvirlashda (yozishda) Gigrograf M-21 va M-21e lardan foydalaniladi.
    O’quvchilar topshiriqni bajarish uchun 3-5 kishidan iborat zvenolarga bo’linadilar. Har bir zveno turli xildagi asboblar bilan shug’ullanib, boshqa zvenolar bilan ham almashadilar.
    Topshiriqni bajarish tartibi. Topshiriqni bajarish quyidagi savollarga javob berishdan boshlanadi:

    1. Havoning mutlaq (absolyut) va nisbiy namligi nima?

    2. Issiqxona sabzavot ekinlariga havoning yuqori va past namligi qanday ta’sir etadi?

    3. Issiqxona sabzavot ekinlari havoning nisbiy namligiga talabchanligi bo’yicha qanday guruhlarga bo’linadi?

    4. Havoning nisbiy namligi qanday asboblar bilan o’lchanadi?

    O’quvchilar savollarga javob berganlaridan so’ng, statsionar va aspiratsion psixrometrlar, gigrometr va gigrograflarni va asosiy qismlari o’lchamlarini ko’rsatgan holda rasmlarini chizadilar.
    So’ng o’quvchilar turli issiqxonalarda havoning nisbiy nam-ligini o’lchaydilar va natijalarini 1-jadvalga kiritadilar.



    Download 16,04 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiqxonalarda namlik tartibotini optimallash usullari

    Download 16,04 Mb.