|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 116/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaNazorat savollari:
1. Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima? 2. Issiqxona sabzavot ekinlari yorug‘likka talabchanligiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? 3. Yorug‘lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz? 4. Elektr yordamida qo‘shimcha yoritish va elektr nurida o‘sadigan ekin nima? 5. Me’yoridan ortiq yorug‘likni kamaytirish uchun qanday choralar qo‘llaniladi? 6. O‘simlik hayotida issiqlik qanday ahamiyatga (rolga) ega? 7. Issiqxona sabzavot ekinlari issiqqa talabchanligiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi? 8. Issiqxonada haroratni ko‘paytirish va pasaytirish uchun qanday choralar qo‘llaniladi? 9. Issiqxona sabzavot o‘simliklariga tuproq namligini yetishmovchiligi va uni me’yoridan ortig‘i qanday ta’sir etadi? 10. Issiqxona sabzavot o‘simliklariga havoning past va yuqori nisbiy namligi qanday ta’sir etadi? 11. Issiqxonada havoning nisbiy namligi qanday sozlanadi? 12. Issiqxonada qanday sug‘orish usullari qo‘llaniladi? 13. CO2 gazining issiqxona atmosferasidagi o‘rtacha konsentratsiyasi qanday va tabiiy atmosferada qancha? 14. O‘simlik uchun qanday zararli gazlar mavjud va qanday konsentratsiyada? 15. Karbonat angidrid gazi bilan o‘simliklarni oziqlantirish qanday o‘tkaziladi?
3-Amaliy mashg’ulot mavzusi: Issiqxonalarda havo va tuproq namligini tartiboti.
Ishdan maqsad. Talabalar himoyalangan joy sabzavotchiligida Suvga talab yoki uni o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladigan miqdori va o’simliklarni tuproqdagi suv tartibotiga talabchanligini o’rganish.
TOPSHIRIQ
1.Havo va tuproq haroratini aniqlaydigan asboblarni tuzilishi bilan tanishish, parnik va issiqxonani turli qismlaridagi haroratni aniqlash.
2.Namlik tartibotini sozlash usullari
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
1. Havo va tuproq haroratini aniqlaydigan asboblarni tuzilishi bilan tanishish, parnik va issiqxonani turli qismlaridagi haroratni aniqlash.
Mashg’ulotlarni o’tkazishda o’quvchilar guruxlarga bo’linadi. Har bir gurux topshiriqni turli qismlarini bajaradilar va turli inshootlarda shug’ullanadilar.
Oldiniga o’quvchilar havo haroratini o’lchaydigan simobli va spirtli termometrlar bilan tanishadilar, keyin tuproq haroratini o’lchaydigan Savinova termometrlarini ko’radilar, keyinchalik esa ular termografni tuzilishi bilan tanishadilar. Asboblarni tuzilishi va ularni ishlash printsiplarini yaxshiroq bilish uchun, o’quvchilar bu asboblarni shakliy rasmlarini o’zlarining ish daftarlariga chizadilar.
SHundan so’ng o’quvchilar parnik va issiqxonalarni turli qismidagi havo va tuproq haroratlarini o’lchashga kirishadilar. Parnik va issiqxonalarni turli qismlarida issiqlik tartiboti bir xil emas. Biologik yoqilg’ili parniklarda tuproq harorati, havo haroratiga qaraganda har doim yuqori, past harorat doirasi quti devorlari bo’ylab va ularni ulangan joylaridan o’tadi. Issiqxonalarda havo harorati har doim tuproq haroratidan yuqori bo’ladi. Past harorat doirasi eshiklar va devorlar yonida, yuqori harorat doirasi – isitadigan uskunalar va yuqoridagi qoplamalarga yaqin mintaqalarda joylashadi.
Ichki hajmi katta bo’lgan inshootlarda harorat tartiboti bir tekisroqdir.
Ishni bajarish tartibi. Har bir zveno o’quv xonasida havo haroratini o’lchash uchun bittadan simobli va spirtli termometrlarni, tuproq haroratini o’lchash uchun bitta Savinova termometrini va havo haroratini uzoq vaqt davomida o’lchab turish uchun bitta termografni oladilar. Bu asboblar yetishmaganda guruxlarga alohida-alohida asboblar beriladi va gurux ularni mashg’ulot davomida almashtirib turadilar. Har bir o’quvchi o’zining ish daftarida yuqorida nomi keltirilgan o’lchov asboblarini o’lchamlari va asosiy qismlarini ko’rsatib ularni shakliy rasmlarini chizadilar.
CHizma rasmlar tugagach, har bir gurux parnik, isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalardagi havo va tuproq haroratini o’lchashga kirishadi. Parniklarda havo haroratini o’lchashda simobli yoki spirtli termometrlarni parniklarda tuproq aralashmasi ustiga qo’yilgan dastaklar ustiga shunday joylashtirish kerakki, bunda termometrni simobli yoki spirtli pastki qismi bo’sh (holi) bo’lishi kerak. Issiqxonalarda termometrlar har xil balandliklarga osiladi. Tuproq harorati 10 sm chuqurlikda tuproqqa kiritilgan Savinova termometrlari bilan o’lchanadi. Termometrlarni ko’rsatkichlari, u o’rnatilgandan so’ng 15-20 minut o’tgach yoziladi.
Parniklar bo’yicha harorat o’lchovlari natijalarini quyi-dagi ko’rinishdagi anketaga yozadilar:
Havo harorati:
parnik o’rtasida….
quti devorchalari yonida…..
Tuproq harorati:
parnik o’rtasida….
quti devorchalari yonida…..
Issiqxonalarda harorat o’lchamlarini natijalari 1-jadvalda to’ldiriladi.
Agarda havo va tuproq haroratini aniqlaydigan termometr va termograflarni rasmi chizilgan bo’lsa, parnik va issiqxonalarda havo va tuproq harorati o’lchanib bo’lingan bo’lsa hamda anketa va jadvallar to’ldirilgan bo’lsa, topshiriq bajarilgan hisoblanadi.
|
| |