|
Ekin o’stiriladigan inshootlarda yorug’likni yaxshilash uslublari
|
bet | 124/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaEkin o’stiriladigan inshootlarda yorug’likni yaxshilash uslublari
Himoyalangan yerlarda yoritilganlik ular ichiga kiradigan quyosh radiatsiyaga bog’liq. Uni inshootlarni ichiga kirishi inshootlarni joylashgan o’rni, konstruktsiyasi, to’siqlarni yorug’lik o’tkazuvchanligi va boshqa omillarga bog’liq.
Zamonaviy issiqxonalarda bulutli kunlarda yoritilganlik darajasi tashqaridagiga qaraganda 40-50%ni tashkil qiladi. U (shprosslar) bag’azlarni orasidagi masofalarni tor bo’lishi, yopishqoq surgichlarni (zamazkalarni) qalin qoplash, ifloslanishi tiniq qoplagichlarni yutishi hisobiga kamayadi.
Himoyalangan yer sabzavotchiligida tabiiy yorug’likdan foydalanishni va FFR ni tutishini yaxshilaydigan turli usullardan foydalaniladi. YOritilganlik darajasini 1% ga yaxshilash hosildorlikni 1% ga oshirish mumkin.
Inshootlarni qurishga ajratiladigan maydonini to’g’ri tanlash kunduzgi yorug’likdan yaxshiroq foydalanishni ta’minlashi mumkin. YAxshiroq yoritish uchun maydon janub, janubiy-sharq yoki janubiy-g’arb tomonlarga sal nishabli bo’lishi va soya beruvchi qurilish (imorat) va daraxtlardan holi bo’lishi kerak. Zamonaviy issiqxonalarda yoritilganlik tashqariga nisbatan 40-50% ni tashkil qiladi. YOrug’likni tiniqliligi qoplagichlarni optik xususiyatlariga, uni ifloslanishiga, to’siqlarda yorug’likni o’tkazmaydigan elementlarni nisbiy vazniga, tomni konfiguratsiyasiga (shakli) va nishablarni yorug’lik tomonga yo’nalishiga bog’liq. Tomning eng yaxshi konfiguratsiyasi (shakli) 30-45° burchakli (sferik) aylana shaklidagi nishab hisoblanadi. Nishabi bir tomonlama inshootlarni g’arbdan sharqqa, ikki nishablilarni shimoldan janubga qaratib joylashtirish yaxshiroqdir.
Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.
NAZORAT SAVOLLARI.
1.Issiqxona sabzavot ekinlari yorug’likka talabchanligiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
2.YOrug’lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
3.Elektr yordamida qo’shimcha yoritish va elektr nurida o’sadigan ekin nima?
|
| |