|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 132/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIshni bajarish tartibi. Mazkur ishni har bir talaba alohida topshiriq olish bilan mustaqil ravishda bajaradi.
Har 1 gektarga ketadigan romlar sonini (2-ustun) 1-shakldagi 8- va 13-ustun ma’lumotlardan olinadi. Urug’larni ekish va maysalarni pikirovka qilish muddatlari (3-ustun) spravochnik yoki o’qituvchidan olingan ma’lumotlardan olinadi. Biologik yoqilg’i va tuproq aralashmasi qanchalik qalinlikda bo’lishi (4- va 5-ustun) to’risidagi ma’lumotlar «Kirish izohi» dan olib yoziladi. Har qaysi parnik romi maydoni hisobiga talab etiladigan biologik yoqilg’i (6-ustun) parnik romi sathini ko’paytirish yo’li bilan (106×160 sm standart romi ostidagi chuqurning sathi 1,5 m2 ni tashkil etadi) hisoblab chiqariladi. Biologik yoqilg’ini dastlabki hajmiga nisbatan 20% gacha go’ng qo’shish zarurligi e’tiborga olinadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
V = a×h + 20%
Bunda, V – biologik yoqili hajmi, m3
a – parnik romi maydoni, m2
h – go’ngning qalinligi, m
Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.
Nazorat savollari
1.Mikroiqlim va agrofitoiqlim nima?
2.Issiqxona sabzavot ekinlari yorug’likka talabchanligiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
3.YOrug’lik tartibotini yaxshilashning qanday usullarini bilasiz?
ASOSIY
1.Zuyev V., Abdullaev A. «Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi», T., «O’zbekiston», 1997.
2.Zuyev V.I., Abdullaev A.G. «Ovoщevodstvo zaщiщennogo grunta». T., «O’qituvchi», 1982.
3.Ataxodjaev A. «Himoyalangan joy sabzavotchiligi» magistratura talabalari uchun ma’ruza matnlari. T.2003
QO’SHIMCHA
1.Buriyev X.CH., Zuyev V.I., Fulomov B.G. «Ovoщevodstvo, baxchevodstvo, plodovodstvo i vinogradarstvo Uzbekistana». T., 2000.
2.Bakuras N.S., Lutsenkova K.K. «Teplichnoye ovoщevodstvo Uzbekistana». T., «Mehnat», 1985..
|
| |