-Amaliy mashg’ulot mavzusi:Ko’chatga talab va uni yetishtirish uchun himoyalangan maydonni aniqlash




Download 16,04 Mb.
bet128/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

8-Amaliy mashg’ulot mavzusi:Ko’chatga talab va uni yetishtirish uchun himoyalangan maydonni aniqlash.


Ishdan maqsad. Talabalar ochiq er va himoyalangan joy sabzavotchiligida qo‘llaniladigan asosiy ko‘chatlarni etishtirish uchun kerak bo‘ladigan himoyalangan joy maydoniga talabni aniqlashga o‘rgatish.

TOPSHIRIQ.
1. Ko‘chatga bo‘lgan talabni va uni etishtirish uchun kerak bo‘ladigan himoyalangan joy maydonini aniqlash



TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
1. Ko‘chatga bo‘lgan talabni va uni etishtirish uchun kerak bo‘ladigan himoyalangan joy maydonini aniqlash.
Mazkur ma’lumotlar ochiq er va himoyalangan joyga ekishga mo‘ljallangan sabzavot ekinlari va ko‘chatlarning oziqlanish maydoni rejasiga ko‘ra aniqlanadi. Ushbu masala bo‘yicha hisob qilishda dastlab ko‘chatlarga bo‘lgan talab aniqlanadi. Ushbu masala bo‘yicha hisob qilishda dastlab ko‘chatlarga bo‘lgan talab aniqlanadi. Buning uchun ko‘chatlar o‘tkaziladigan maydon birligi o‘simlik qalinligini bilish kerak. Talab qilinadigan biologik yoqilg‘i va tuproq aralashmasini hisoblash. O‘rta Osiyoda parinklarni biologik usulda isitish eng ko‘p tarqalgan, bunda har xil turdagi biologik yoqilg‘ilar (ot, sigir, qo‘y, echki go‘ngi, xonadan axlati, qo‘zapo‘choqi va boshqalar) issiqlik manbai bo‘lib xizmat qiladi. Mikroorganizmlar ta’sirida biologik yoqililarda parchalanish yoki yonish hodisasi ro‘y beradi. Buning natijasida issiqlik ajraladi. Bu ham aerob ham anaerob bakteriyalar yordamida sodir bo‘ladi. Aerob protsess davomi etganida go‘ng 2-3 oyda parchalanib, ayrim davrlarida harorat 70-750S gacha ko‘tariladi.
Biologik yoqilg‘iga bo‘lgan talab ishlatiladigan parniklarning soniga, parnik romining kattaligiga va ulardan foydlanish muddatlarigi bog‘liqdir.
H
ar bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni uni joylashtirish oralig‘iga bog‘liq holda turli usullar yordamida aniqlanadi. Ko‘chatlarni odatda qatorlab punktlar usulida o‘tkazishda oziqlanish maydoni qator oralari qatordagi o‘simlik oraliqlariga ko‘paytirish, qator bo‘ylab uyalab ekishda qator oralari o‘rtasidagi oraliqni qatordagi uyalar oraliqlariga ko‘paytirish va olingan ma’lumotni har qaysi uyadagi o‘simlik soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Ko‘chatlar qator bo‘ylab lenta usulida o‘tkaziladigan bo‘lsa, u vaqtda o‘simlikning oziqlanish maydoni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bunda:
P – har tup o‘simlikning oziqlanish maydoni, m2
R – qatordagi o‘simliklarning o‘zaro oralii, sm
L – ko‘chatlar o‘tkaziladigan lentalar oralii, sm
S – qo‘sh qator oralii, sm
Vlentadagi qatorlar soni, sm
Himoyalangan erda urug‘ ko‘chat etishtirish uchun unga bo‘lgan talab ochiq erda ekin etishtirish maydoniga va urug‘larni ekish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ochiq erning har gektari bo‘yicha qilingan hisobga ko‘ra 300-400 g miqdorda pomidor urug‘i, 350-400 g ertangi karam, 300-350 g kechki karam, 800-1000 g qalampir va 500-600 g baqlajon urug‘ sepiladi. Har bir parnik romi ostiga (1,5 m2) sepiladigan urug‘ miqdori urug‘ ko‘chat etishtirishda karam uchun 20 g pomidorda 15 g, qalampirda 30-35 g, baqlajonda 20-25 g ni tashkil etgani holda, ko‘chat etishtiriladigan issiq-xonaning har 1 m2 maydoniga bu miqdor karam uchun 12-14 g, pomidorda 8-10 g, baqlajonda 20-25 g, qalampirda 14-18 g bo‘la-di. SHunday qilib, har 1 m2 maydonda 1,5-2,5 ming dona uru ko‘chat etishtirishni taxmin qilsa bo‘ladi.
Bir gektar ochiq erga ko‘chat o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan uru salmoini urularini ekish miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan uru ko‘chatlar etishtirish uchun qancha parnik romlari yoki m2 hisobida issiqxona maydoni kerak bo‘lishi aniqlanadi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Amaliy mashg’ulot mavzusi:Ko’chatga talab va uni yetishtirish uchun himoyalangan maydonni aniqlash

Download 16,04 Mb.