Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




Download 16,04 Mb.
bet136/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

1-jadval. Issiqxona bodring nav va duragaylarini tariflash.

Nav belgilari













Poyasining uzunligi, sm













Shoxlanuvchanlik qobiliyati













Changlanish turi













Urg‘ochi gullarni hosil qilish turi













Barg sathini shakli va katta-kichikligi













Barraning uzunligi va diametri, sm













Barrani shakli













Fonining po‘stining rangi













Rasmi













Barrani ko‘ndalang kesimi













Barrani baholash:













Po‘stini tuzilishi













Etining konsistensiyasi













Mazasini umumiy baholash, ballarda












Jadvalning bo‘sh ustunlarida o‘qituvchi tomonidan berilgan o‘rganilayotgan nav va duragaylarni nomi, pastda ularni nav belgilari izohlanadi. O‘rganilayotgan nav va duragaylarni tavsifini o‘simlikni yer ustki vegetativ qismini izohlashdan boshlaydilar. Oldin poyaning uzunligi o‘lchanadi (sm da), o‘lchov natijalari jadvalga birinchi qatorga yoziladi. Shu yerni o‘ziga o‘rganilayotgan nav va duragay bu belgiga ko‘ra qaysi guruhga mansubligi: kalta (80 sm gacha), o‘rtacha (80-150 sm), uzun (151-225 sm), juda uzun (225 sm dan ham uzun). Shundan so‘ng nav va duragayni shoxlanuvchanlik qobiliyati izohlanadi. Bu belgiga ko‘ra kuchli shoxlanuvchan (8 dan ortiq yon shoxlari bo‘lgan), o‘rtacha shoxlanuvchan (5-8 dona) va kam shoxlanuvchan (1-4 dona) turlarga bo‘linadi.


Yer ustki vegetativ qismi izohlanib bo‘lgandan so‘ng changlanish tipi (arilar bilan changlanadigan va partenokarpik), partenokarpik bodringda urg‘ochilar hosil bo‘lish turi (to‘liq urg‘ochi gullardan iborat tip, aralash gullaydigan va ko‘proq urg‘ochi gullardan iborat tiplar) tavsiflanadi.
Barrani izohlash uni katta-kichikligini aniqlashdan boshlanadi, uzunligi va diametri o‘lchanadi (sm da), uzunligi bo‘yicha qaysi guruhga mansubligi ko‘rsatiladi: kichik mevalilar (uzunligi 20 sm gacha), nisbatan kichik mevalilar (21-25 sm) va uzun mevalilar (25 sm dan uzun), uzunligi va diametrlarini besh-olti barralarni o‘rtacha kattaligini hisoblash orqali aniqlanadi.
Barraning katta-kichikligi o‘lchangandan so‘ng uni shakli aniqlanadi. Issiqxona bodringlari barrasi asosan: silindrsimon, asosi cho‘ziq barmoqsimon, o‘roqsimon shakllarda bo‘ladi.
Barra yuzasi va rangini tavsifi izohlanganda ularni yuzasi silliq (yaltiroq) yoki mayda bo‘rtiqli bo‘lishi mumkinligi, ko‘rinishi – salat rangida, oq yoki to‘q-yashil bo‘lishi hisobga olinadi. Fonining rangidan tashqari barralarda ba’zan aniq yoki yoyilib ketgan oq rangli jilva ko‘rinadi. Jilvalar faqat yuqori qismida, o‘rtasigacha yetgan yoki barraning asosida bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlar ham jadvalda ko‘rsatiladi.
Barraning ko‘ndalang qismi yumaloq, yumaloq-uch qirrali, uchqirrali, ochiq uch qirrali bo‘lishi mumkin.
Barraning morfologik belgilari o‘rganib bo‘lingandan so‘ng o‘quvchilar uni ta’mini (mazasini) aniqlashga kirishadilar, po‘stini tuzilishi, etini konsistensiyasi va umumiy mazasiga baho berishda mazkur mashg‘ulotni uslubiy ko‘rsatmada izohlangan belgilar bo‘yicha baholaydilar.
Agarda 4-5 nav va duragaylarni izohi va ularni mazasi ko‘rsatmaga binoan baholangan bo‘lsa, issiqxona bodring nav va duragaylarini izohlash topshirig‘i bajarilgan deb hisoblasa bo‘ladi.

Download 16,04 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   186




Download 16,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

Download 16,04 Mb.