• 12.3- amaliy mashg ’ ulot
  • Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring




    Download 16,04 Mb.
    bet139/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring.

    Nazorat savollari

    1. Issiqxonalarda yetishtirish uchun qaysi navlarni bilasi?

    2. Poliz ekinlarining qaysi turlarini bilasiz?

    3. Issiqxonalarda poliz ekinlari uchun harorat qanday bo’lishi kerak?

    4. Issiqxona sharoitida poliz ekinlari uchun ekish sxemasi qanday?

    5. Oziqlantirish usullari qanday?


    12.3-amaliy mashgulot

    Himoyalangan yerlarda yetishtirish uchun tumanlashtirilgan va ekishga tavsiya etilgan chuchuk qalampir nav va duragaylarini xususiyatlarini o’rganish


    Chuchuk qalampir. Chuchuk qalampir mevalarini yuqori parxezlik xususiyatlari inobatga olinib u himoyalangan yerlarda yana ham keng tarqalmoqda. Italiyadagi plyonkali issiqxonalarda va ilitilgan yerlarda u 2400 ga va Yaponiyada 1160 ga dan ortiq maydonni egallaydi. Niderlandiya, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va Fransiyadagi oynavand issiqxonalarda ham chuchuk qalampir katta maydonni egallaydi.
    Chuchuk qalampir o‘zining tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘simlik, lekin madaniy ekin sifatida uni bir yillik ekin sifatida yetishtiriladi. Bu ekin qisqa kunlik yoritilganlikni jaddalligiga va issiqqa talabchan. U shoxlangan o‘q ildiz tizimiga ega, ammo uni rivojlanishi pomidornikidan past. Shuning uchun qalampir organik o‘g‘itlar bilan yaxshi boyitilgan yerlarga muxtoj. Mineral o‘g‘itlarni ham yoqtiradi, ayniqsa, tarkibida kaliy va kalsiy bo‘lgan o‘g‘itlarni. U tuproq tarkibida tuzlarni yuqori bo‘lishiga juda sezgir, shu bois namlik yetishmasligini ko‘taraolmaydi. Bu xolatlarda uchidan chirish kuzatiladi. Qalampir tuproqni o‘ta namlanib ketishini ham yoqtirmaydi. Shu bois uni tez-tez, lekin me’yorda sug‘oradilar. Tuproqning maqbul namligi hosilga kirguncha – 75% NV, hosilga kirgandan so‘ng – 80% NV.
    Qalampir poyasi o‘tsimon, asos qismi yog‘ochlashgan. Har bir poyasi gul va 1-2 meva bilan tugalanadi. O‘sishda davom etadigan poyalar pastki barg qo‘ltig‘laridan paydo bo‘ladi. Bazan barg qo‘ltig‘larida ham gullar shakllanadi. Barglari tekis.
    Qalampir gullari ikki jinsli. Bu o‘zini-o‘zi changlaydi. Xashoratlar mavjudligida qayta changlanishi mumkin. Shu bois bir issiqxonada chuchuk va achchiq qalampir navlarini yetishtirib bo‘lmaydi. Qalampir mevasi yarim suvli soxta rezavor, ichi bo‘shliqli, uni shakli, yirik-maydaligi va etliligi (devorlarini qalinligi) ko‘ra ko‘p o‘zgaruvchan. Issiqxonalarda qalampir ancha yirik va suvli mevalarni shakllantiradi, ta’mi jihatidan ochiq yerdagi mevalardan qolishmaydi.
    Chuchuk qalampir navlari ko‘p belgilari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi.
    Kechpishar va o‘rtapishar navlar o‘zaytirilgan mavsumda yetishtiriladigan issiqxona ekini bo‘lganligi tufayli 1,5 m va undan baland poya hosil qiladi, tezpisharlari esa – 1,2-1,3 m gacha. Ko‘pchilik navlari shtambli, tepasida kam shoxlangan past bo‘yli (0,3-0,4 m) tuplardan iborat.
    Issiqxonalarda yetishtiriladigan navlarning maysalari unib chiqqandan boshlab hosili texnik yetilguncha davom etadigan davr tezpisharlarda 110 kunni, o‘rtapisharlarda 110 dan 140 kungacha, kechpisharlarda 140 kundan ortiq. Hosil berish davrining davomiyligi kuchli o‘sadigan navlarda yetti oygacha, shtambli (past bo‘yli) tezpisharlarda 20-30 kunni tashkil qiladi.
    Issiqxona ekini sifatida yetishtirish uchun odatda sekin o‘suvchi (past bo‘yli) navlardan foydalaniladi, kuchli o‘suvchi (baland bo‘yli) va o‘rtacha o‘suvchi (o‘rta bo‘yli) navlarni bog‘lashga to‘g‘ri keladi. MDH davlatlarida issiqxona ekini sifatida past bo‘yli navlardan Lastochka, Vinnipux, o‘rta bo‘ylilardan Medel, Podarok Moldovii va Zdorovoe navlari keng tarqalgan. Niderlandiyada kuchli o‘suvchi (baland bo‘yli) yirik mevali duragaylar yetishtiriladi, ularga ikki poyali shakl berilib o‘suv davri uzaytirilgan ekin sifatida (noyabr oxiridan to kelgusi noyabr oyini birinchi dekadasigacha) mineral paxtada o‘stiriladi.
    O‘zbekistonda issiqxona ekini sifatida chuchuk qalampirni ochiq yer uchun tumanlashtirilgan navlaridan foydalaniladi, ularga mahalliy Dar Tashkenta, Zarya Vostoka, Zumrad, Tong, Nargiza navlari; Moldaviyani Lastochka navi; Fransiyani Denver duragayi; Nederlandlarning Maratos, Orion, Fleeta duragaylari kiradi. Qisqa aylanishda Lastochka va boshqa mahalliy navlardan, o‘zaytirilganda esa chet el duragaylaridan va mahalliy Zumrad navidan foydalaniladi.
    O‘zbekistonda chuchuk qalampir issiqxonalarda bir necha aylanish davrlarida yetishtiriladi. Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalarda uni bahorgi-yozgi aylanishda yetishtiriladi, bunda ko‘chatlarni mart o‘rtalarida ekilida va u iyul-avgustda tugallaydilar. Bu aylanish davrida eng tezpishar navlar yetishtiriladi va 59-60 kunlik ko‘chatlar ekiladi. Bunda hosil may o‘rtalaridan chiqaboshlaydi.
    Isitiladigan oynavand va plyonkali issiqxonalarda chuchuk qalampirni qishki-bahorgi va o‘tuvchan aylanish davrlarida yetishtiradilar. Qishki-bahorgi aylanishda ko‘chatlar yanvar o‘rtalaridan to fevral o‘rtalarigacha o‘tkazadilar va yetishtirish iyul oyi oxirigacha davom etadi. Ekish uchun tezpishar navlardan foydalaniladi, bunda 55-60 kunlik ko‘chatlar o‘tqaziladi. Hosil mart oxiridan chiqaboshlaydi.
    O‘tuvchan aylanish davrida 35-40 kunlik ko‘chatlarni oktabr oxiri noyabr boshlarida o‘tqaziladi. Ekinni iyul oyigacha davom ettiriladi, bunda o‘rtapishar navlardan foydalaniladi. Hosil yanvar oxiri fevral boshidan chiqaboshlaydi.
    Qalampir ko‘chatlari 666 sm li torf-chirindili kubiklarda yetishtiriladi. Ba’zan kichik tuvakchalarda va kassetalarda yetishtiradilar. Ko‘chat plyonkali va oynavand issiqxonalarda yetishtiriladi.
    Bahorgi-yozgi aylanishda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarga ko‘chatlar qatorlab, egatlar orasini 60-70 sm enida, qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani 20-25 sm qilib ekiladi, bunda 1 m2 maydonga 6-8 ta o‘simlik joylashtiriladi. Ikkita o‘simlikli katta o‘lchamdagi kubiklardan foydalanilganda qatordagi uyalar orasidagi masofani 30-35 sm ga uzaytiriladi. 1 m2 ga 9-11 ta o‘simlik o‘tkaziladi.
    Qishki-bahorgi va o‘tuvchan aylanish davrlarida ko‘chatlar 7025-30 sm oziqlanish maydoniga o‘tkazilib 1 m2 5-6 dona o‘simlik joylashtiriladi. Shuningdek, qo‘shqatorli lentasimon usul ham qo‘llaniladi. Bunda ko‘chatlar 100+60 shaklda, lentadagi qatorlarda o‘simliklar orasidagi masofani 20-25 sm qilib o‘tkaziladi. Qishki-bahrogi aylanishda sekin o‘suvchi (past bo‘yli) navlarni bog‘lamasdan, o‘rtachaa o‘suvchi (o‘rta bo‘yli) navlarni, ayniqsa, o‘tuvchan aylanishda pastga tik osilib turgan kanopga bog‘lab o‘stiradilar.
    Bahor-yozgi va qishki-bahorgi aylanishlarda sekin o‘suvchi navlarga shakl berilmaydi. O‘rtacha o‘suvchi navlarni ikki-uch poyali qilib shakl beriladi, bunda har bir poya alohida kanopga olinib bog‘lanadi. O‘simliklarni parvarishlashda hosil bermayotgan shoxlar, nimjon, rivojlanmay qolgan tugunchalar olib tashlanadi, bu ancha yirikroq mevalarni olish imkonini beradi. Qalampirni poyalari juda mo‘rt, shuning uchun ularni ehtiyot qilish kerak. Bog‘langan o‘simliklar gulga kirganda meva hosil bo‘lishini yaxshilash maqsadida bag‘azlarni yog‘och bilan yengil silkitib turish kerak.
    O‘simlklarni parvarishlash tadbirlariga havo harorati va namligi tartibotlarini tegishli me’yorda saqlash, tuproqni yumshatish, oziqalarni berish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish kiradi.
    Havo harorati yalpi hosilga kirguncha kunduzi – 21-28°S, kechasi – 13°S, hosilni asosiy qismi chiqayotgan davrda yuqoridagiga muvofiq – 21-24°S va 15°S da ta’minlanadi. Tuproqning eng yaxshi harorati – 24-26°S.
    Isitilmaydigan inshootlarga barvaqt ko‘chat ekilganda sovuq bo‘lishi xavfi tug‘iladigan bo‘lsa, o‘simliklar qo‘shimcha plyonka bilan yopiladi. Isib ketishdan o‘simliklarni saqlash uchun inshootlarni o‘z vaqtida shamollatiladi. Mayni o‘rtalarida plyonkali issiqxonalardan plyonka to‘liq yig‘ishtirib olinadi. Tuproq namligi 75-80%, havoning nisbiy namligi 60-70% me’yorda saqlanadi. Qatordagi tuproqni tuplar tutashib ketmasdan sug‘orilgandan so‘ng, lentalar orasini esa, mevalar terilgandan so‘ng va navbatdagi sug‘orish oldidan yumshatib turiladi.
    O‘g‘itlash va qo‘shimcha oziqlantirish tizimi pomidorda qanday bo‘lsa, qalampirda ham shunday. Qalampir jadal hosilga kirgan davrda azotli o‘g‘itlarni miqdori biroz oshiriladi. Qo‘shimcha oziqlantirsh bir necha marta, har 10-15 kundan keyin beriladi. Har bir oziqlantirishda 1 m2 maydonga 20 g ammiakli selitra, 30 g ammofos va 15 g xlorli kaliy solinadi.
    Mevalar texnik yoki biologik yetilganda yig‘ishtiriladi. Biologik yetiltirilganda hosildorlik sezilarli pasayadi. Birinchi terim va qish vaqtidagi terimlarni xaftada 1-2 marta olib boriladi. Quyoshli kunlar boshlanishi bilan bahordagi terimlar ko‘proq xaftasiga 2-3 marta o‘tkaziladi. Terilgan mevalar saralanadi va 5-10 kg.li yashiklarga joylanadi. Qisqa vaqt saqlash va uzoq masofaga tashishda qalampir mevlari 12°S da saqlanadi. Bahorgi-yozgi aylanishda qalampir mevalarini hosil-dorligi 1 m2 maydondan 5-7 kg, qishki-bahorgida esa 8-10 kg va o‘tuvchanda 12-15 kg ni tashkil qiladi.
    Ba’zi issiqxonachilar issiqxonalarda achchiq qalampirni ham yetishtiradilar. Buning uchun Janubiy Koreya navlaridan foydalaniladi. Bu navlar ancha past bo‘yli va ular kichikroq oziqlanish maydonida 6015-20 sm yetishtiriladi.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berilgan ko’rsatmalar, adabiyotlar hamda boshqa manbalardan foydalanib, berilgan topshiriqni bajaring va o’z xulosalaringizni keltiring

    Download 16,04 Mb.