• Material va jihozlar .
  • 13.1-amaliy mashg’ulot
  • Hosil yig’ishtirilgandan so’ngi ishlar
  • Topshiriqni bajarish tartibi




    Download 16,04 Mb.
    bet142/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Topshiriqni bajarish tartibi. O‘quvchilar topshiriqni bajarish uchun ikki – uch kishidan iborat zvenolarga bo‘linadilar. Ekinlar tavsifini jadvalda ko‘zda tutilgan shakldagi ketma-ketlikka rioya qilgan holda ta’riflaydilar (1-jadval).
    Qaysi botanik oilaga mansubligini, o‘suv davrining davomiyligini ta’riflashda o‘quvchilar mazkur o‘quv qo‘llanmanii 9.1. bo‘limida bayon etilgan ma’lumotlarga tayanadilar. Navlarni nomini esa o‘qituvchidan oladilar.
    Morfologik belgilarini tavsifi bu mashg‘ulot uchun berilgan uslubiy ko‘rsatmaga muvofiq tuziladi. Bunda to‘p bargini diametri, bargni barg bandini va urug‘larni kattaligi o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Barg va urug‘ni rangini chamalab aniqlanadi. Agar o‘quvchilar barcha ko‘kat sabzavot ekinlari o‘simliklari va urug‘larini ta’rifini bergan bo‘lsalar topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi.
    Material va jihozlar. 1. Texnik yetilgan bosqichdagi yangi ko‘kat sabzavot ekinlarini o‘simliklari. 2. Ko‘kat sabzavot ekinlarini gerbariylari. 3. Ko‘kat sabzavot ekinlarini urug‘lari. 4. Chizg‘ich, millimetrli qog‘oz. 5. Ma’lumotli (spravochnik) adabiyotlar, rasmlar (shkalalar), shakllar, yuzasi va chetini xususiyati, barglarni kesikligi.
    1-jadval. Ko‘kat ekinlarni ta’riflash shakli



    Belgilari

    Ukrop

    Kashnich

    Petrushka

    Salat

    Pekin karami

    Kress-salat


    Botanik oilasi




















    Navi




















    Urug‘ unib chiqqandan to yig‘ishtirishgacha davr davomiyligi




















    Poyasini mavjudligi




















    To‘p bargi:






















    shakli






















    diametri, sm




















    Bargi:






















    tipi (turi)






















    bargni bandi bilan uzunligi, sm.






















    barg bandi uzunligi, sm






















    shakli






















    yuzasini xususiyati






















    chetlari kesikligi






















    rangi




















    Urug‘i:






















    kattaligi, mm






















    shakli






















    rangi






















    yuzasini xususiyat






















    a’lohida belgilari




















    13.1-amaliy mashg’ulot

    Himoyalangan yerlarda sabzavot mahsulotlarini chiqish jarayoni


    Himoyalangan yerlardagi ekinlar hosilini yig’ishtirish muddatlari va uslubiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:

    • bir marotaba teriladigan o’simliklar, ularni hosili bir vaqtda yig’ishtiriladi, bularga tezlashtirib o’stirib mahsuloti olinadigan ekinlar – piyoz, tsikoriy salati, bargli ko’katlar, pekin karami, ismaloq ukrop;

    • saralab teriladigan o’simliklar, ularni hosili yalpisiga yig’ishtirib olguncha 1-2 marta saralab terib olinadi. Bu rediska, gulkaram, boshli salat;

    • ko’p terimli o’simliklar, ularni o’suv va hosil berish davri davomiy bo’lganligi tufayli mahsulot organlari tavorbop bo’lib yetilgan sari hosili ko’p marotaba terib olinadi. Ularga bodring, sabzavot qovoqchalari (kabachka), qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, loviya va boshqalar kiradi.

    Hosildorlikni oshirish va standart tovar mahsluotini olish uchun yig’ishtirish muddatlarini va vaqtini (soatini), ko’p terimli ekinlar uchun esa terim davri, ekilgan va o’tkazilgan ekinlarni yig’ishtirishga tayyorlash muxim ahamiyatga ega. O’simliklarni mahsulot beradigan organlari tovarbop, ma’lum standartga javob beradigan bo’lib pishib yetilganda hosilini yig’ishtirishga kirishiladi.
    Hosilni ertalabki soatlarda o’simliklar xali turgorlik xolatini yo’qotmagan vaqtida yig’ishtirish hamda uni tez savdoga chiqarish mahsulotni (xaridorbop) tovarbop bo’lib ko’rinishini saqlashga imkon beradi. Ko’kat ekinlarni yig’iladigan kunda sug’orish mumkin emas, chunki u mahsulotni ko’proq ifloslantiradi, yig’ishtirishdan oldin kechqurun sug’orish o’simlik to’qimalarini turgor xolatini saqlaydi. Rediska, bosh salat, ismaloqni saralab yig’ishtirib bog’-bog’ qilib boylanadi. Qolgan ko’kat ekinlar bir yo’la yig’ishtirib olinadi. Bargli ko’katlar yig’ishtirib olinishi bilan yashiklarga yoki savatlarga ildizini yoki barg bandini pastga qilib bir qator joylashtiriladi.
    Tuproq yuzida isitish registrlari bo’lmagan issiqxonalardagi bodring va pomidor chelaklarga teriladi, uni mevalari bilan beton yo’laklarga chiqariladi va ular bir yo’la saralanib yashiklarga joylashtiriladi. Tuproq yuzida isitish registrlari bo’lgan issiqxona kombinatlarida, bodring va pomidor o’simligini pastki pogonalaridagi mevalarini terib olishda ko’chat va tayyor mahsuloti tashishga mo’ljalangan TUT-100 telejkalaridan (aravachalardan) foydalaniladi (23-rasm).

    23-rasm. Ko’chat va tayyor mahsulotni tashiydigan
    TUT-100 telejkasi (aravacha)
    Telejka sektsiya ichidagi isitgich – tarnsport registrlari tizimlarida surib yuriladi. Hosilni terishni uch usulda o’tkazish mumkin: 1) bir qatordan, qaytishda esa boshqasidan; 2) ikki qatordan, orqaga qaytishda issiqxona terimchisi qolib ketgan mevlarni terib oladi; 3) qaytishda ikkala qator teriladi. Ikkala qatordagi hosil terib olingach aravacha registrlardan beton yo’lakga chiqariladi va uni hosil idishlarga taxlanadigan joyga olib boriladi. O’simliklarni yuqori qismidagi mevalarni PSP-14 platforma – narvonida terish qulay.
    Odatda hosilni yig’ishtirshda u bir yo’la saralanadi. Aravachalarga yashiklar ikki qavat qilib o’rnashtiriladi. Yuqoridagi ikkitasiga –standart, pastkilariga – mayda, nostandart mevalar terib solinadi. Sabzavotlar terib solingan yashiklarni qatorlar orasidan olib chiqilib, standart yog’och tagliklarga (poddonlar) qo’yiladi. Ular yashiklari bilan traktor yoki elektr yuklagichlarning yuk ko’targich payshaxalarida tashiladi.
    Himoyalangan yer sabzavotlari terilgan kuni savdoga jo’natiladi va ular uzoq muddat saqlashni talab etmaydi. Qisqa vaqt saqlash uchun issiqxona kombinatlarida su’niy sovitiladigan omborxona va yetiltirib (pishib) beradigan kameralari mavjud.
    Hosil yig’ishtirilgandan so’ngi ishlar. Qishki issiqxonalarda so’nggi hosil yig’ib olinishi bilan hosil yig’ishtirilganidan keyingi bajariladigan ishlar davri, profilaktik tadbirlardan boshlanadi. O’simliklarda saqlanib qolgan kasallik va zararkunandalarni tarqatuvchilar to’liq yo’q bo’lguncha yuqori kontsentratsiyali pestitsidlar eritmasi bilan ishlov beriladi. Issiqxonalar shamollatilib va xid ketgandan so’ng (kamida bir sutka o’tgach) poyalar 40 sm balandlikda kesiladi, ildizlari sug’urib olinadi va qo’ng’ir nematodani mavjudligi ko’zdan kechiriladi. SHundan so’ng ildizlarni eski plyonka qoldiqlariga o’rab, issiqxona chegarasidan tashqariga chiqarib yoqiladi. Qo’ng’irbosh nematoda topilgan makonlar (izolatsiya) ajratib qo’yiladi, tuprog’i almashtiriladi va pestitsidlar bilan ishlanadi.
    Poyalarni bag’azlardan kanopi bilan birga kesib oladilar. Sim bag’azlardagi chirmoviqlar va kanop qoldiqlari gazli gorelkalar yordamida yoqilib tozalanadi. Barcha o’simlik qoldiqlari qo’lda yoki volokusha osilgan issiqxona traktori bilan markaziy yo’lakka sidirib chiqariladi. Bu yerdan ularni buldozerlar bilan issiqxona tashqarisiga surib chiqariladi, transport vositalariga ortiladi va ularni sanitar o’ralarga yoki maxsus ajratilgan maydonga tashiladi.
    SHundan so’ng tuproqni 4-5 sm qalinlikdagi qatlami sidirib olinadi va uni ikki-uch yil mobaynida biologik sog’lomlashtirish uchun maxsus joyga chiqarib tashilanadi. Bir vaqtni o’zida barcha issiqxona inventarlari, asboblari nam usulda zararsizlantiriladi. SHulardan so’ng yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini bajarishga kirishiladi.
    Plyonkali issiqxonalar va tonnellarda plyonkali qoplagichlar saqlab turishga zaruriyat qolmaganda ularni olib tashlaydilar. Kelgusi yilda foydalanishga yaroqlilarini ixtiyotlik bilan bobinalarga (galtaklarga) o’raladi va ular sovuq omborxonalarda saqlanadi.
    Plyonkali issiqxonalar ham o’simlik qoldiqlaridan bo’shatiladi. Oynavand issiqxonalardagi singari o’simliklarni pestitsidlarni aralashmasi bilan zararlansizlantiradilar, ular kanopi bilan birga kesib olinadi, bag’azli simlar mo’ylovlardan va o’zilib qolgan kanop qoldiqlaridan gazli gorelkalar yordamida tozalanadi. O’simlik qoldiqlari issiqxonalardan tashqariga chiqariladi va yo’q qilinadi. SHundan keyin nam usulda issiqxonalarni konstruktsiyalari va unda foydalaniladigan issiqxona inventarlari (asboblari) zararsizlantiriladi.
    Vaqtincha plyonka yopilgan tonnellarda sinchlar va qoziqlar yig’ishtirib olinadi, ularni uzilib qolgan kanoplardan va o’simlik qoldiqlaridan bo’shatiladi, poyadan tozalaydilar, yuviladi, nam usulda zararsizlantiriladi va qurigandan so’ng bostirmaga saqlashga taxlab qo’yladi. Vaqtinchali himoyalangan yer maydonlari bo’shagandan so’ng ulardan kelguvsi yili foydalanish uchun tayyorgarlik ishlari ochiq yerni tayyorlashga o’xshash.
    Parniklardan romlar (oynavand yoki plyonkali) olingandan so’ng, plyonkali qoplamalar uchun foydalaniladigan sinchlar yig’ishtiriladi. Ularni hammasi ta’mirlanadi va oralatib qo’yilagan toqilar ustiga og’idrmay taxlanadi. Ularni omborxonalarda yoki bostirmalarda saqlaydilar. Bordonlar dastlab quritiladi va sichqonlarni cho’chitish uchun kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlov beriladi so’ng saqlashga qo’yiladi. Parnik o’ralari tozalanadi. Oldin tuproq kovlab olinadi va uni alohida uyum qilib to’planadi. Isitiladigan parniklardan tuproq chiqarib olingandan so’ng chirigan go’ngni alohida chiqarib olinadi va yuqoridagiga o’xshatib alohida to’planadi.


    Download 16,04 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186




    Download 16,04 Mb.