|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 145/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka41-jadval. Pomidorni _________________________ navi (duragayi) ____________ issiqxonalarda ______________ aylanishda (mavsumda) yetishtirish va hosilini yig‘ishtirish agrotexnik rejasi.
Hosildorlik ____kg/m2.
№
|
Ish turi
|
O‘lchov birligi
|
Ish hajmi
|
Bajarish muddati
|
Agregat turi
|
Ishlarning sifat ko‘rsatkichlari
|
Materiallarga talab
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jadval nomi o‘qituvchidan olingan topshiriqqa asosan to‘ldirilib, unda aylanish turi (qishki issiqxonalar uchun kuz-qishki, qishki-bahorgi, o‘tuvchan va isitilmaydigan bahorgilari uchun bahorgi-yozgi) issiqxona turi va hosildorlik ko‘rsatiladi. Nav va duragaylar nomini o‘quvchilarni o‘zi tanlaydi.
Barcha zvenolar uchun vazifa shlanga orqali sug‘oriladigan yerli issiqxonalarda o‘stirish nazarda tutiladi.
O‘quvchilar ushbu darslikni 7 bobini o‘rganishda olgan bilimlariga asoslanib, ekin o‘stirishni boshlanishi va tugashini hisobga olib, issiqxonani ekishga va tuproq aralashmasini tayyorlash muddatlarini aniqlaydilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar pomidorni yetishtirish va hosilini yig‘ishtirish agrotexnik rejasini tuzishga kirishadilar.
2 usto‘nga issiqxonani ekishga tayyorlash, undan foydalanish va hosilni yig‘ishtirish hamda o‘simlik qoldiqlaridan tozalashgacha bo‘lgan barcha ish turlarini yozib chiqadilar. Ishlar ro‘yxati qatoriga nafaqat asosiy ishlar, balki qo‘shimcha va tayyorgarlik ishlarini kiritish zarur. Masalan, oziqa berish, maydalash, elakdan o‘tkazish, ortish, tashish, tushirish va solish kabilarni o‘z ichiga oladi. Aylanish mavsumi mobaynida takrorlanib bajariladigan (bachki poyalarini olib tashlash, sug‘orish, bag‘azga bog‘lash, hosilni terish va boshqalar) bir xil ishlarni qo‘shib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘quvchilar 3 va 4 ustunlarga mavjud turdagi bajariladigan ish qaysi o‘lchov birligida o‘lchanishini (dona, kg, m2) va ushbu ish qancha xajmda bajarilishi yoziladi. Ko‘chatni ekish va o‘simliklarga shakl berish dona yoki m2, hosilni terish kg. da ko‘rsatilib, 1 ga da qancha hajmda bajarilishi kerakligi ham ko‘rsatiladi.
5ustunda ishlarni tavqimiy bajarilish muddatlari ko‘rsatiladi. Har bir tur ishlarning bajarilishini davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak. Ayrim tur ishlari bajarish uchun zarur bo‘ladigan agregatlar, avtomashina, o‘zi yurar shassi, qishloq ho‘jaligi mashinalari va qurollari rusumi (markasi) 6usto‘nga yoziladi. U yoki bu ish qo‘lda bajarilsa «qo‘lda» so‘zi yoziladi yoki defis ( – ) qo‘yiladi.
7ustunda ishlarni bajarishda qo‘yiladigan agrotexnik talablar yoziladi. Masalan, tuproqni tayyorlashda aralashma tarkibi va o‘nga kiradigan aralashmalar (komponentlar) nisbati; ko‘chatni ekishda –o‘simliklarni ekish sxemasi; oziqlantirish o‘tkazilganda – o‘g‘it tarkibi va miqdori (dozasi); sug‘orishda – tuproq namligi va sug‘orish me’yori; shakl berishda – asosiy va yon poyalariga qanday shakl berib borishligi; hosilni terishda – hosilli mevalarqaysi darajada pishib yetilganda yig‘ish lozimligi, har terimda necha foiz yig‘ilishi va boshqalar beriladi.
8usto‘n uchun ayrim ishlarni bajarishda sarf etilishi kerak bo‘lgan u yoki bu materiallar, 1 ga oziqlantirishda talab qilinadigan o‘g‘itlar, tuproq ustiga to‘shaladigan tuproq aralashmasi komponentlari, kasallik va zararkunadalarga qarshi ko‘rashda zarur bo‘ladigan zaharli moddalar ko‘rsatiladi. Agar ishni bajarishda materiallardan foydalanilmasa ustunda defis ( – ) qo‘yiladi.
Agar o‘quvchi topshiriqlarda nazarda tutilgan aylanish bo‘yicha pomidorni yetishtirish agrotexnik rejani tuzib, yuqorida keltirilgan jadval ustunlarini to‘lg‘azgan bo‘lsa, vazifa bajarilgan hisoblanadi.
O‘qituvchi topshiriq bajarilganligini tekshirishda muhim bajariladigan ish turlari tushib qolmaganligi, tayyorgarlik, yordamchi va qo‘shimcha ishlar nazarda tutilgani, ularni bajarish tartibinito‘g‘riligi, asosiy ishlar maqbul muddatlarda bajarilganligi, talab etiladigan materiallar to‘g‘ri hisoblanganligi, bajariladigan ishlarga qo‘yiladigan agrotexnik sifat talablar va sho‘nga o‘xshashlarga alohida e’tibor berishi kerak.
Materiallar va jihozlar. 1. Ma’lumotli (spravochnik) adabiyotlar, himoyalangan yerlarda sazavot ekinlarini yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jalik organlarining tavsiyanomalari. 2. Issiqxonada sabzavotlar yetishtirish bo‘yicha texnologik xaritalar. 3. Kalqo‘lyator va chizg‘ichlar.
|
| |