|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 146/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaNazorat savollari:
1. Pomidorni yorug‘lik va haroratga talabi qanday? 2. Pomidor uchun havo namligi qancha bo‘lsa optimal hisoblanadi? 3. Pomidorning nav va duragaylari tupining tipiga ko‘ra qanday farqlanadi? 4. Vatanimizning qaysi nav va duragaylari O‘zbekistonda tumanlashtirilgan? 5. O‘zbekistonda pomidor qaysi aylanishlarda yetishtiriladi? 6. Turli mavsumlarda yetishtiriladigan pomidorning optimal oziqlanish maydoni qanday? 7. Bachki shoxchalarni olib tashlash nima va u qanday bajariladi? 8. Pomidorning indeterminant navlariga qanday shakl beriladi? 9. Meva tugishini tezlatuvchi qanday usullar bor? 10. Pomidorni kuzgi-qishki aylanishida yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 11. Qishki-bahorgi aylanishda yetishtirish texnologiyasi qanaqa? 12. O‘tuvchan mavsumda pomidor yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 13. Pomidorni isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda yetishtirish texnologiyasi qanday?
15.1-amaliy mashg’ulot
Bodring. Sabzavot ekinlaridan bodring plyonkali tonnellar ostida eng ko‘p yetishtiriladi. Plyonkali tonnellar ostida yetishtirish uchun ochiq yerda yetishtiriladi, bodringni ertagi serhosil salatbop yo‘nalishidagi navlaridan foylanish zarur. Mahalliy seleksiya navlaridan bu maqsadlar uchun Ranniy 645 va Hosildor duragay, shuningdek chet elning F1 Alibi, Ayaks, Amur va boshqa duragaylar yaroqlidir.
Hosilni terish plyonka va sinchlar yig‘ishtirilganidan so‘ng boshlanadi. Barra mevalar avval 4-5 kun oralatib, keyinchalik esa har ikki kunda teriladi.
Pomidor. Bu ekin ham plyonkali tonnellar ostida ko‘p yetishtiriladi. Tonnellar ostida pomidor suzsiz ko‘chatdan ekib yetishtiriladi. Pomidor bodringga nisbatan issiqtalab, ammo havoning nisbiy namligi past bo‘lishini yoqtiradi.
Kichik hajmli plyonkali qurilmalar (tonnellar) ostida, eng erta hosil yetishtirib qimmat bahoda sotish uchun, pomidorning eng tezpishar navlaridan foydalanish zarur. Pomidorni tumanlashtirilgan ertagi Avitsena, Vostok 36, Subhidam, Toshkent tongi, shuningdek chet ellarning ko‘p tumanlashtirilgan tezpishar duragaylaridan foydalanish mumkin.
Pomidorni plyonkali tonnel ostida yetishtirish uchun yerga asosiy va ekish oldi ishlovlarni berish, bodringda qanday bo‘lsa, bunda ham shunday.
Ko‘chatni ekish oldidan qator orasi 70 sm bo‘lgan jo‘yaklar olinadi. Ikki jo‘yakning yuqori qismida har 25-30 sm oraliqda 12-15 sm chuqurlikda uyalar ochiladi. Har ikki jo‘yakdan keyin bir jo‘yak qoldirilib, bundan keyinchalik yo‘lak o‘rnida foydalaniladi va undan tuprog‘ olinib plyonka chetlari bostiriladi.
Ko‘chat ekilib tonnellar o‘rnatilgan zahoti birinchi marta va birinchi kompleks ishlov berilgandan so‘ng 10-12 kun o‘tgach ikkinchi marta sug‘oriladi. Birinchi va ikkinchi kompleks ishlov berish issiq kunlarda, plyonkani tonnel tepasiga yig‘ishtirib qo‘yib qo‘lda o‘tkaziladi.
|
| |