• 15.3-amaliy mashg‘ulot
  • Kichik hajmli plyonkali qoplamalardagi mikroiqlimining xususiyatlari
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet148/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Nazorat savollar:
    1. Achchiq qalampir navlari va uni yetishtirish texnologiyasi?
    2. Hozirgi kunda issiqxona yetishtiriladigan achchiq qalampir nav va duragaylariga talablar?
    3. Plyonka ostida achchiq qalampir yetishtirishda nav, relef, ekish muddati, parvarishlash usullarining o‘rnini belgilang?

    15.3-amaliy mashg‘ulot:

    Sabzavotlarni vaqtinchali plyonkali tonnellar ostida yetishtirish.


    Vaqtinchali plyonkali tonnellar ilitilgan yerlarni bir turi bo‘lib, tuprog‘i isitilmaydigan usti nur o‘tkazadigan plyonka bilan qoplangan qurilmadir. Tuzilishini va foydalanishni soddaligi, shuningdek qo‘llanilishini yuqori samarali bo‘lishligi sababli ular eng ko‘p tarqalgan ilitilgan yer turidir.
    Qalinligi 0,1 mm bo‘lgan nur o‘tkazadigan plyonkalar kichik hajmli plyonkali tonnellar qurish uchun eng qulaydir. Ular kislorod va karbonat angidrid gazlarini yaxshi o‘tkazadi, ammo suv va parni o‘tkazmaydi, shular sababli qurilma ichida havoning namligi yuqori bo‘ladi. Ular bo‘yiga qisqaradi (2,5% gacha) va yuqori haroratda kuchli cho‘zilish xususiyatiga ega.
    O‘zbekistonda so‘nggi yillarda vaqtinchalik plyonkali tonnellar bilan band bo‘lgan yer maydoni 1200-1500 ga ni tashqil etadi. Ulardan erta bahor fevralda kengroq va kech ko‘zda esa kam foydalaniladi. Ular erta bahorda ochiq maydondan ertagi mahsulot chiqishini 2-3 haftaga tezlatishi bilan birga, ertagi hosil chiqishini 1,3-1,5 barobarga ko‘paytiradi, kech kuz davrida esa o‘stirish davrini 4-6 haftaga uzaytirib hosildorlikni sezilarli darajada ko‘paytiradi.
    Kichik hajmli plyonkali qoplamalardagi mikroiqlimining xususiyatlari












    55-rasm Kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma: a - simdan yoy sinchni tayyorlash; b - tonnel qismlarini joylash shakli; v - shamollatish uchun plyonkani yon tomoni ko‘tarib qo‘yilgan tonnelning umumiy ko‘rinishi; 1 - simlarni tayyorlash; 2 - sinch yoyi; 3 - tayanch yoylar; 4 - plyonkani
    ustki tomondan siqib turadigan yoy; 5 - plyonka; 6 - tonnelning oldi va orqa tomonida plyonka mahkamlab bog‘lab qo‘yiladigan qoziqlar (o‘lchami mm da)
    1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-1400 kg (6-7 ming yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop ip zarur bo‘ladi.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.