|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 149/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaMaterial va jihozlar. 1. Parnigi bor xo‘jalik. 2. Turli xildagi parniklarning tuzilishi bo‘yicha maketi, plakati, rasmi, shakli. 3. Ruletka, shtangentsirqo‘l, chizg‘ichlar. 4. Kompyuter tasvirlari va informatsiyalari. 5. Ma’lumotli (spravochnik) adabiyotlar. 6. Parnik asbob-uskunalari.
|
1 gektarga tonnel qurish uchun: 1000-1100 kg plyonka, 1300-1400 kg (6-7 ming yoy) sim, 250-300 dona qoziqlar, 20-30 kg kanop ip zarur bo‘ladi. Poliz ekinlarini yetishtirishda materiallarga talab 2 baravarga kamayadi.
|
|
|
56-rasm. Kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma:
a – simdan yoy sinchni tayyorlash; b – tonnel qismlarini joylash shakli; v – shamollatish uchun plyonkani yon tomoni ko‘tarib qo‘yilgan tonnelning umumiy ko‘rinishi; 1 – simlarni tayyorlash;2 – sinch yoyi; 3 – tayanch yoylar; 4 – plyonkani ustki tomondan siqib turadigan yoy; 5 – plyonka;6 – tonnelning oldi va orqa tomonida plyonka mahkamlab bog‘lab qo‘yiladigan qoziqlar (o‘lchami mm da).
Kichik hajmli plyonkali qoplamalardagi mikroiqlim quyosh radiatsiya-sining jadalligi, bulutni mavjudligi va tashqi havo harorati bilan belgilanadi. Haroratni keskin o‘zgarishi, havo namligini yuqori bo‘lishi, havo haroratini quyoshli kunlarda nomaqbul darajagacha qizib ketishi, o‘simliklarni sovuq-laridan himoya qilinishini u darajada ishonchli bo‘lmasligi o‘nga xos xususiyat-dir. Sho‘nga qaramasdan, kichik hajmli plyonkali inshootlarni nisbiy hajmini kichikligi mikroiqlim xususiyatlarida bazi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Yoritilganlik. Yorug‘lik nurining ma’lum bir qismini plyonka ushlab qolishligi sababli inshoot ichida yorug‘lik, ochiq maydondagiga nisbatan 15-30% kam bo‘ladi.
Plyonkali qurilmalarning yoritilganligi foydalanilgan plyonka turiga bog‘liq. ToshkentDAU izlanishlarida aniqlanishicha plyonkali tonnellar ichiga kun mobaynida singib kiradigan fotosinentik faol radiasyaining (FFR) o‘rtacha yig‘indisi fevralda 45-47 va martda 60-65 kkal/sm2 ni tashqil etar ekan. Bu mevali sabzavot ekinlari uchun minimaldan 1,5-2,0 marotaba ko‘pdir. Plyonkalar birinchi yil ishlatilganida nur o‘tkazishini 39-47% ga yo‘qotsa, bunda ulardan O‘zbekiston sharoitida ikki yil mobaynida foydalanish mumkin.
Yoritish yorug‘ bo‘lmagan sinchi elementlarni maydoniga ham bog‘liq. Shuning uchun inshoot tomini keng to‘sinlardan va qo‘pol qilib qurish, sinchlarni xaddan tashqari zich qilib joylashtirish mumkin emas. Sinchlarning oq rangli bo‘lishi yorug‘lik tartibotini yaxshilash va plyonka xizmati muddatini uzaytiradi.
Polimer materiallardan foydalanish davrida chang bosadi. Bu uning ustida elektr zaryadlari hosil bo‘lishi hisobiga sodir bo‘ladi va bunda plyonka chang zarrachalarini o‘ziga tortadi. Chang bosgan plyonka o‘zidan quyosh nurini yomon o‘tkazadi. Plyonkadan bir mavsumda foydalanilsa nur o‘tkazishni 15-20%, ikki-uch mavsumda foydalansa – 40-50% yo‘qotadi.
Chang bosishi hisobiga plyonkalarning nur o‘tkazishini pasayishi hisobiga yetishtirilayotgan sabzavot ekinlarini hosildorligini kamayishiga va mahsulotni ancha kech chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ifloslangan plyonkani foydalanishdan oldin yumshoq cho‘tka va farrosh yordamida yuvadilar. Plyonka yaxshilab yuvilganidan so‘ng ham tiniq bo‘rlmasa, bunda undan foydalanish kerak emas.
|
| |