|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 150/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaIssiqlik tartiboti. Nur o‘tkazadigan polimer materiallar yorug‘lik nrlarini yaxshi va issiqlikni esa yomonroq o‘tkazadi. Tuproq va o‘simlik yuzasini kunduz kunlari qizishi hisobiga qurilma ichidagi harorat kunduzi ko‘tariladi.
Isitilmaydigan plyonkali inshootlarda tuproq va havo haroratini farqi tashqaridagidan quyosh radiatsiyasini jadalligi va davomiyligi tufayli yuzaga keladi. Bu farq bulutli kunlarda u darajada yuqori bo‘lmaydi va havo ochiq kunlari, kunning yarmidagi soatlarda o‘zining maksimumiga yetadi. To‘ngi vaqtda havo haroratini sezilarli darajada pasayishi kuzatiladi va u ochiq yerdagi sharoitga yaqinlashib qoladi. Plyonkali qurilmalarda tuprog‘ harorati ham o‘ziga xos o‘tadi. Bunda sutka mobaynida keskin o‘zgarish bo‘lmaydi va plyonkali inshoot turpoq harorati ochiq yerdagiga qaraganda anchaga yuqori bo‘ladi.
ToshDAU izlanishlari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston sharoitida sovuq kunlarda havo harorati tashqarida – 3°S dan past bo‘lmagan hollarda tonnel ostida ijobiy harorat (0,5-1) saqlanadi. Fevral oyining ikkinchi yarmida besh yilning to‘rt yilida ochiq maydonda, tonnel ostida esa besh yilning ikki yilida salbiy harorat bo‘ladi.
Sovuqqa chidamli ekinlar bargini o‘sib chiqish haroratini pastki chegarasi (5°S), tonnellarda fevral oyini uchinchi o‘n kunligi boshlanishida, ochiq maydonda esa mart oyining birinchi dekadasida yuzaga keladi. Shuning uchun Toshkent viloyati sharoitida sovuqbardosh ekinlarni yetishtirish uchun plyonkali tonnellarni fevral oyining ikkinchi dekadasi oxiri va uchinchi o‘n kunligi boshlanishida o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Urug‘larni o‘na boshlashi va issiqsevar o‘simliklarni sust o‘sishlari uchun minimal ijobiy harorat (13-15°S) Toshkent viloyati ochiq yerida quyidagicha belgilanadi: tuproq va havoda aprelning 4 besh kunligi oxirida; tonnel ostida – havo aprelning ikkinchi besh kunligi boshlanishida, tuproqning 10 sm chuqurli-gida esa – shu besh kunlikning oxirida boshlanadi. Demak, issiqsevar ekinlar-ning urug‘i va ko‘chatini plyonkali tonnellar ostiga aprel oyining birinchi besh kunligida ekish yaxshiroq ekan. Oftobli, yuqori issiq quyoshli havo (tashqarida 24°S dan yuqori) tonnellarda harorat, o‘simliklarga salbiy ta’sir etadigan (40-45°S) darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Plyonka yopilgan qurilmalar ostida sabzavotlar yetishtirishda quyoshli kun-larda ularni qizib ketishi kuzatilishi mumkin. Haroratni pasaytirish uchun plyonkali tonnellar shamollatiladi. Shamollatish jadalligi qizib ketishi dara-jasi bilan aniqlanadi.
|
| |