|
Rediska va bargli ko‘kat o‘simliklar
|
bet | 153/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaRediska va bargli ko‘kat o‘simliklar. O‘zbekistonda bargli zirovar ko‘kat sabzavotlardan ukrop, kashnich, barg salat, salatbop pekin va bargli xitoy karamlari va kress-salat plenkali qurilmalar ostida yetishtiriladi.
Rediska va nomlari ko‘rsatilgan bargli ko‘kat ekinlariga xos umumiylik bu sovuqqa chidamlililik, o‘simliklarni kichik oziqlanish maydonida va tezpisharlikdir. Kress-salat hosili yig‘ishtirishga 22-25 kundan so‘ng, qolgan ekinlarda esa 30-35 kundan so‘ng tayyor bo‘ladi.
Plyonkali tonnellar ostida eng erta mahsulot yetishtirish uchun, issiq-xonalarda o‘stirishga tavsiya etilgan navlardan eng tezpisharlarini tanlash zarur.
17.1-amaliy mashg‘ulot:
Issiqxona ekishga tavsiya etilgan pomidor nav , duragaylarni tanlash
Himoyalangan yer sharoitining o‘ziga xos xususiyati – bu kech kuz va qish davrida, havoning nisbiy namligini yuqoriligi, kech bahor va yoz oylarida ortiqcha qizib ketishi, kasallik va zararkunandalarni tez yig‘ilishi va rivojlanishi, bir aylanish mobaynida tashqi muhit sharoitini ko‘p o‘zgarib turishidir. Shu sababli himoyalangan yerda o‘stiriladigan pomidorning nav va duragaylari ma’lum sharoitda yetishtirishga yaxshi moslashgan bo‘lishi kerak.
Turli aylanishlar uchun nav va duragaylar tanlashda tuplarining tipi va determinantliligi muhim ko‘rsatkichdir. Uzoq muddatli aylanishlar (o‘tuvchan) hamda qishki-bahorgi aylanishlar uchun indeterminant nav va duragaylar afzaldir, ular uzoq o‘stirilganda 20-25 tagacha gulshoda hosil qilishi mumkin. Indeterminant duragaylar O‘zbekistonda kuzgi-qishki aylanishda ham foydalaniladi. Bahorgi isitilmaydigan issiqxonalarda, qisqa muddatda hosil olish uchun determinant nav va duragaylardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Determinant navlar va durgaylar uch guruhga: superdeterminantlilar, determinantlillar va yarimdeterminatlilarga bo‘lanadi (66-rasm).
1. Superdeterminantlilar – asosiy poyasida 2-3 to‘p gullarni hosil qilgan-idan so‘ng o‘sishdan to‘xtaydi. Birinchi to‘p guli 6-7 bargdan so‘ng, qolganlari esa 1-2 bargdan keyin yoki ustma-ust hosil bo‘ladi.
2. Determinantlilar – 4-6 gulshoda hosil qilganidan keyin o‘sishni cheklaydi. Birinchi gulshoda 8-9 bargdan so‘ng, keyingilari 1-2 barg paydo bo‘lgandan so‘ng hosil bo‘ladi. O‘simliklari superdeterminantlilarga nisbatan baland bo‘yli, shu sababli ularga shakl berish o‘ng‘ay. Mahalliy «Subxidam» va «Gulqand» issiqxona navlari bu guruhga mansubdir.
3. Yarimdeterminantlilar – bosh poyasini o‘sishini 7-8 gulshoda hosil qilinganidan so‘ng cheklaydilar. Birinchi to‘p gullari 9-11 bargdan keyin, navbatdagilari esa 2-3 barg hosil bo‘lganidan so‘ng paydo bo‘ladi. O‘simliklari bo‘y-chanligi jihatidan indeterminantlilardan kam farq qiladi. Ularga Rossiyaning tumanlashtirilgan Gamayun navi mansub.
Pomidorning determinant navlarida 3-5 dona gulshoda hosil qilganidan va poyasining uchida so‘nggi gulshoda shakllantirganidan so‘ng bosh poyasi o‘sishdan to‘xtaydi. Determinant navlar tuplari – kichik yoki o‘rta bo‘yli (40-80 sm) bo‘ladi. Bu navlar nisbatan tezpishar, hosilni tekis berishi bilan ajralib turadi.
Determinant duragaylar bir qator afzalliklarga ega, xususan qisqa aylanishda. Birinchidan, birinichi to‘p gullarning o‘simlikni pastki qismida hosil bo‘lishi sababli biologik jihatidan (nihollar hosil bo‘lganidan birinchi mevasini pishguniga ketgan kun) tezpishar bo‘lishligi, shuningdek poyalarda gul shingillarini zich joylashishi tufayli (hosil berish davrining birinchi oyida) xo‘jalik jihatidan ahamiyatlidir. Ikkinchidan, poya uzunligi birligida 2-3 barobarga ko‘p to‘p gullari hosil qilishi, shuningdek oziqaga boy fonda juda kam g‘ovlashi tufayli issiqxona hajmidan samarali foydalanishga imkon beradi. Bulardan tashqarilar, noqulay sharoit va kasalliklarga chidamlidir. Determinant navlari va duragaylarining populyatsiyalari hosilni shakllantirish va mevalarini o‘lchami bo‘yicha bir tekis emasligi, ularni kamchiligi hisoblanadi.
Pomidor nav va duragaylari gulshodalarini qisqa, ingichka, sinmaydigan bandli xususiyatiga ega bo‘lishi xo‘jalikni katta e’tiboriga sazovor bo‘ladi. Bunda gulshodalarni kanop bilan bog‘lash yoki maxsus plastik tutqichlardan (klipslardan) foydalanishga zaruriyat qolmaydi. Gulshodalar g‘uj bo‘lishi va chegaralanishga muxtoj bo‘lmasligi kerak.
|
| |