|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 161/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaNazorat savollari:
1. Bodringni issiqlikka talabi qanaqa?
2. Bodringni tuproq namligiga talabi qanday?
3. Ari bilan changlanadigan navlarni partenokarpiklardan farqi nimada?
4. O‘tuvchan va bahorgi-yozgi davrda ekiladigan navlar qanday xususiyatlarga ega bo‘lish kerak?
19.2-Amaliy mashg‘ulot
Sabzavot qovoqchalarining ahamiyati, tarqalish tarixi. Qovoqchali sabzavot ekinlariga kabachka va patisson kirib, ularning 2-4 kunlik yosh meva (tuguncha)lari sirkalash uchun, yetilmagan mevalari oshxonalarda va konserva sanoatida yodlaniladi, yetilgan-yirik mevalar chorva mollariga shirali oziq sifatida beriladi.
Kabachka va patisson o‘simligi tuplari g‘uj bo‘lib o‘sadi. Shuning uchun ular xashaki hamda xo‘raki qovoqqa o‘xshab katta oziqlanish maydoni talab qilmaydi. Bu ekinlar juda tezpishar, mevalari urug‘i unib chiqqandan keyin 50-60 kunda texnik (xo‘jalik) yetiladi. Madaniy ekin sifatida bular baqlajonga yaqin turadi.
Kabachka va patisson navlari unchalik ko‘p emas. Kabachkaning Grecheskiy 110 navi keng tarqalgan. Bu navning mevasi silindr shaklida, rangi och yashil, mevasi texnik jihatdan yetilganda och yashil, to‘liq yetilganda esa novvot rangda bo‘ladi.
Patissonning Belыe 13 navi tarqalgan, mevasi yapaloq tarelkasimon, kuchli darajada bo‘g‘imlangan, chetlari kungurali, iste’mol maqsadlari uchun uzishga yetilganda rangi och yashil bo‘lib, keyinchalik esa butunlay oqarib ketadi.
Sabzavot qovoqchalarining yetishtirish texnologiyasi.
Yer tanlash. Bu ekinlar tuproqdagi o‘simlik oson o‘zlashtiradigan oziq moddalarga talabchan bo‘lgani uchun unumdor, organik moddalarga boy, yer osti suvi yuza joylashgan, yengil qumoq, sho‘rlanmagan tuproqlar nihoyatda mos bo‘lib, mo‘l va sifatli hosil olishni garovidir.
O‘g‘itlash. Gektariga 20 tonna chirigan go‘ng, azot 150-200 fosfor 100-150, kaliy 50-75 kg ta’sir etuvchi modda hisobida solinadi. Go‘ng va kaliy to‘liq normasi, fosforning 75 foizi shudgordan oldin, qolgan 25 % fosfor ekishda, azotli o‘g‘itlar asosan uchta oziqlantirishda: birinchisi 2-3 chinbarg chiqarganda, ikkinchisi gullashda, uchinchisi 2-3 marta hosil terilgach o‘tkaziladi.
Kabachka va patissonning ham baqlajonga o‘xshash yetilmagan barra mevalari iste’molga ishlatiladi. Shuning uchun ularning ortiqcha kattalashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har kuni yoki kunora teriladi. Kabachka mevalari 7-10, patisson mevalari 3-4 kunligida, qayta ishlash (ikra) uchun kechroq, ya’ni ularning diametri 10-12 sm bo‘lganda po‘sti qotmasdan terib olinadi.
Yetilgan barra mevalarni terishda ularni palagi bilan qo‘shib uzmasdan, bosh barmoq bilan bandiga salgina bosib, uzib olinadi. Hosilni terish bilan birga, kasallangan va pishib sarg‘ayib ketgan mevalar ham yig‘ib olinadi. Ularning palakda qolishi o‘simlikning o‘sishi va yangi meva tugishini kechiktiradi, hamda hosildorlikka jiddiy zarar keltiradi.
Respublikamizda patisson va kabachkani hosildorligi 60-120 sentnerni tashkil etmoqda.
|
| |