Yetishtirish texnologiyasi




Download 16,04 Mb.
bet163/186
Sana23.05.2024
Hajmi16,04 Mb.
#250922
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186
Bog'liq
Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

Yetishtirish texnologiyasi. O‘zbekistonda baqlajon faqat qishki-bahorgi aylanishda kuzgi-qishki aylanishdagi bodringdan keyin 55-60 kunlik ko‘chatlari o‘tkazilib yetishtiriladi. Ko‘chatlarni plyonkali isitiladigan issiqxonalarda yetishtiradilar. Baqlajon ko‘chatlarini yetishtirish texnolo-giyasi qalampir ko‘chat-larini yetishtirish texnologiyasiga o‘xshash. Lekin, uni o‘ziga ayrim xos xususiyat-lari ham mavjud.
Odatda baqlajonning 1 grammida 180 tagacha urug‘ bo‘ladi. Urug‘larni to‘liq unib chiqmasligini hisobga olib 100 o‘simlik olish uchun 1-2 g urug‘ sepiladi. Bu maysalar pikirovka qilish oldidan katta o‘lchamga ega bo‘lishi, nimjon, o‘zgargan o‘simliklarni chiqitga chiqarish uchun qilinadi. Qishki-bahorgi aylanish uchun ko‘chat olish uchun urug‘lar noyabrning birinchi o‘n kunligida sepiladi. 1 m2 maysazorda 8-10 g urug‘ sepiladi. Urug‘larni ivitish ularni tekis yoki tez unib chiqishiga usto‘nlik bermaydi, lekin ularni nam qumda o‘ndirish mumkin.
Qishki-bahorgi ekin uchun ko‘chat yetishtirish 9-10 hafta davom etadi. Maysalarni yetishtirish pomidor va qalampir maysalarini yetishtirishga asosan o‘xshash, lekin pikirovkani birinchi chinbarg yaxshi ko‘ringandan keyin o‘tkazadilar.
Ko‘chatli tuvakchaning o‘lchami ko‘chat yetishtirish davomiyligiga bog‘liq. Odatda 10×10 sm va 8×8 sm o‘lchamli tuvakcha yoki oziqali kubiklardan foydalaniladi, vaholanki tuvakchalarni maqbul o‘lchami 12-14 sm bo‘lishi lozim. Dastlabki bosqichlarda ko‘chatli aralashmani oziqalik darajasi pomidornikiday bo‘lsa ham lekin, ko‘chat davrining keyingi bosqichlarida qo‘shimcha oziqlantirishda azot beriladi.
O‘simliklar o‘sgan sari barglari bir-birini berkitmasligi uchun ularni orasini ochib qo‘yadilar. To‘ngi haroratni – 16-19S, kunduzgini – 19-22S atrofida saqlab turadilar. Kun chiqqandan so‘ng 8 soat mobaynida 0,10% konsentarsiyali SO2 bilan oziqlantirish ham mumkin. Pomidorga o‘xshab qo‘shimcha yorug‘likni qo‘llash samaraliydir.
O‘zbekiston sharoitida qishki-bahorgi aylanishda ko‘chatlar issiqxonadagi doimiy joyga yanvarni o‘rtalaridan o‘tkaziladi. Baqlajonni ekishga tuproq aralashmasini tayyorlash, pomidor va qalampirni ekishdagi bilan bir xil.
Odatda issiqxonalarda baqlajon 1 m2 ga 3-6 o‘simlik qalinligida yoki 5-7 poya qoldirib yetishtiriladi. Turli mamlakatlarda o‘simliklarni joylashtirish shakli turlicha. O‘zbekistonda baqlajon keng qatorli usulda qatorlar orasini 60-70 sm va qatordagi o‘simliklar orasidagi masofani 30-40 sm qilib ekish yo‘li bilan yetishtiriladi. Qozog‘istonda lentasimon qo‘shqatorli 80+50×35-40 sm shakldagi joylashtirish usuli qo‘llaniladi. Rossiyada hm qatorli ham lentasimon qo‘shqatorli ekish usullari qo‘llaniladi. Bunda o‘rtacha o‘suvchi navlar – 80×30-35 sm va 80+50×35 sm, kuchli o‘suvchilar – 80+60×50 sm yoki 80+40×40-45 sm shaklda eqiladi. Ukrainada baqlajon o‘simliklarini qatordagi orasini 60-75 sm masofada joylashtirib bir o‘simlikda 3-4 poya qoldirib shakllantiradilar. Ayrimlar seksiyani eni 6,4 m bo‘lgan issiqxonalarda 4 qatorli egatlarda, ammo qatorda poyalarni katta qalinlikda yetishtirishni afzal ko‘radilar.
Ko‘chatlarni ekishdan oldin egatlar olinib, ularni o‘rni belgilanadi va ekish uchun chuqurchalar ochiladi. Chuqurchalarni chuqurligi ko‘chatlar vertikal ekishga mo‘ljallangan bo‘lishi va ildiz bo‘g‘izi ko‘milib ketmaydi yoki urug‘ barglariga tuproq tushmaydigan bo‘lishi lozim. Buni qilishdan maqsad baqlajonda qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘lmaydi va chuqurlash ekish ildiz bo‘g‘zini chirishiga olib kelishi mumkin.
Baqlajon organik o‘g‘itlar solib oziqlantirishga yaxshi qaraydi. Ularni uch marta: ko‘chat o‘tkazilgandan 2 haftadan so‘ng, yoppasiga shonalash boshlanganda, yoppasiga mevalarni yig‘ishtirish davrining boshlanganda beriladi.
Boshqa davlatlarda baqlajonni kichik hajmli ekin yoki tomchilatib sug‘oriladigan tuproqlarda yetishtirishda doimiy joyga ko‘chat eqilganda keyin o‘simliklar quyidagi kislotalik darajasi, elektr o‘tkazuvchanlik va mineral oziqa elementlari bo‘lgan standart eritmalar bilan sug‘oriladi (mg/l):
39- jadval


Download 16,04 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   186




Download 16,04 Mb.