|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 164/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaDavrlar
|
pH
|
EC mSm/sm
|
NH4
|
NO3
|
P
|
K
|
Ca
|
Mg
|
Fe
|
Birinchi
4-8 haftada
|
5,5-6
|
2
|
20
|
217
|
39
|
220
|
150
|
60
|
0,85
|
Jadal hosil berishda
|
5,5-6
|
2-2,1
|
20
|
217
|
39
|
260
|
130
|
60
|
0,85
|
Tuproqlarda va kichik hajmli substratlarda drenajda oziqa darajasi (mg/l): EC – 2,6-2,7 mSm/sm, pH – 5,5-6, NH4 – 7, NO3 – 280, P – 30, K – 200, Ca – 200, Mg – 100 mg/l ni tashqil qiladi.
Baqlajon o‘simligini parvarishlash qulay bo‘lgan havo va tuproq haroratini ushlab turish, tuproqni yumshatish, o‘simliklarni bog‘lash va shakl berish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi ko‘rashishda iborat.
Issiqxonalarda baqlajon o‘stirishda maqbul haroratni kunduzgi quyoshli kunlarda – 24-30S, bulutli kunda – 18-23S va kechasi – 16-18S tashqil qilishi kerak.
Inshootni ichida haroratni yetishmasligi yoki xaddan tashqari yuqori bo‘lishida shonalarni, gullarni va yosh tugo‘nchalarni yoppasiga to‘qilishi kuzatilishi mumkin, Chunki baqlajon muhitni noqulay sharoitlarga juda sezgirdir. Bu xolatni oldini olish uchun qulay bo‘lgan harorat tartiboti ushlab turilishi lozim.
Baqlajon tuproq namligini yuqori bo‘lishi talab qiladi. Shuning uchun sug‘orish o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi. Namlik yetishmaganda o‘simlik o‘sishdan to‘xtab, shonalar, gullar va yosh tugo‘nchalar to‘qiladi, o‘zini to‘liq o‘lchamiga yetmagan mevalar shakllanadi va badburush (qing‘ir-qiyshiq) bo‘lib o‘sadi. Ildiz joylashgan qatlamni bir tekisda nam bilan ta’minlanish uchun sug‘orishlarni mo‘ntazam, o‘z vaqtida o‘tkazish lozim. Sug‘orish me’yorlari shunday bo‘lishi kerakki, bunda suv 30-40 sm chuqurlikga kirib borishi kerak. O‘sishni dastlabki davrlarida namlik 70-75% EPN (eng past namlik) da, hosil berish davrida – 80-85% da EPN ushlab turiladi. Har bir sug‘orishdan keyin, o‘simliklar bir-biri bilan tutashmago‘ncha va ular orasiga kirish imkoniyati bo‘lgo‘ncha qator oralari va sug‘orish egatlaridagi tuproq yumshatiladi.
Baqlajon uchun havoning nisbiy namligi 60-70% da ushlab turilishi lozim. Namlik ortib ketganda shamollatish o‘tkaziladi.
Issiqxonalarda baqlajonni yetishtirishda ekinini bag‘azlarda o‘stiriladi. Shuning uchun o‘simliklarni bag‘azlarga bog‘lash va tuplarga shakl berish parvarishlashning muhim tadbirlaridan hisoblanadi. O‘simliklarni balandligi 30 sm ga yetganda bag‘azlarga bog‘lash boshlanadi.
Baqlajon mevalarini terish vaqtini birdaniga belgilash qiyin. Yetilmagan mevalari boshida qora-binafsha rangda bo‘lib, tuliq pishib yetilganda oqarib ketadi. Hosilni terish davri mana shu ikki holat orasida bo‘ladi. Meva yuqori qismidan kosachaga qarab sekin-asta oqarib boradi. Uni oqarish boshlanish vaqtidayoq terib olish kerak bo‘ladi. Lekin, u yana bir xafta davomida o‘simlikda o‘zini sifatini yoqotmaydi. Ancha uzoq muddatlarga qoldirilgan mevalar rangsizlanib ko‘rimsiz bo‘lib qoladi. Biroq mevalar yetilmasdan terilsa, tezda burushib yumshab qoladi va ularni saqlashdagi yaroqlik muddati tezda qisqaradi.
Uzo‘n mevali navlarning yig‘ishtiriladigan mevalarini uzunligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi, boshqa shakldagi navlarning diametri esa 5 sm dan kichik bo‘lmasligi kerak.
Baqlajon – ko‘p marotaba teriladigan o‘simlik. Mevalarni yig‘ishtirish mo‘ntazam 5-7 kundan so‘ng o‘tkaziladi vaholanki, hosilli yig‘ishtirish oralig‘ini 2 haftagacha uzaytirish mumkin. Mevalar o‘simlikdan pichoq yoki tokqaychi bilan poyaning bir qismini mevada qoldirib kesib olinadi. Mevalarni yig‘ishtirish ko‘p vaqt talab qiluvchi jarayon, Chunki kosacha tikanlari bilan qo‘shni mevalarga zarar yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Mevalarni vazniga qarab quyidagi gradatsiyada 100-175-225-300-400500 g saralanadi, eng maqbul o‘lchami 225-400 g hisoblanadi. Undan tashqari mevalarni sifatiga qarab ham saralaydilar (rangini o‘zgarganligi, mexanik zararlanganligi). Mevalarni korobkalarga qadoqlaydilar.
Mevalar tarkibida suvni yo‘qotmaslik uchun baqlajonlar 2-3 hafta mobaynida 12-15S haroratda, havo namligi 80% da saqlanadi. Ancha yuqori namlik yoki haroratning 5-6S da bo‘lishi mevalarni qo‘l rang chirishiga olib kelishi mumkin. Mevalarni yozgi muddatda yopiladigan idishlarda terish va saqlash afzaldir. Haroratni 20S dan yuqori bo‘lishi mevalarda rangini o‘zgarishiga olib keladi.
Qisqa aylanishda baqlajon hosildorligi – 4-6 kg/m2, uzaytirilganda – 7-10 kg/m2, yetakchi xo‘jaliklarda – 10-12 kg/m2 ni tashqil qiladi.
|
| |