|
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash
|
bet | 172/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaKo‘rgazmali vositalar tayyorlash. «Himoyalangan yer sabzavotchiligi» fanidan tavsiya etilgan mavzu bo‘yicha referat bajarish ushbu mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun imkon beruvchi ko‘rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi bilan almashtirilishi mumkin. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga tegishli ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning mikdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir nechta talabaga yoki talabalar guruhiga topshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Mavzu bo‘yicha testlar, mo‘nozarali savol va topshiriqlar tayyorlash
Fandan tavsiya etilgan mustaqil ish mavzusi bo‘yicha referat tayyorlash ushbu mavzu bo‘yicha testlar, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, mo‘nozaraga asos bo‘la oladigan savollar tuzish vazifasi bilan almashtirilishi mumkin. Bunda talabaga o‘qituvchi tomonidan test savollari tayyorlashga ko‘yiladigan talablar va uni tuzish tartib-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning mo‘nozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, ularni umumlashtiradi va tahlil etadi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil ishining shakllaridan biridir. Bunda kafedra professor-o‘qituvchilari mutaxassislik bo‘yicha talabalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirib tashqil qilishi talab etiladi. Shundagikna ilmiy-nazariy konferensiyada talabalarning faol ishtirok etishga va manfaatdorligi talab darajasida ta’minlanadi.
Talabalarning soha bo‘yicha eng yaxshi ma’ruzasi umum universitet ilmiy-nazariy konferensiyasiga taqdim etiladi.
Barcha mutaxassisliklar uchun yagona bo‘lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini ularning qiziqishlariga qarab moslashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
|
| |