|
TALABALAR MUSTAQIL IShLARINI TAShQIL ETIShNING ASOSIY TAMOYILLARI
|
bet | 173/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka
Talabalar mustaqil ishlarini tashqil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashqil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma»da belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
Talabalarlar mustaqil ishlarini yakka ko‘rinishda - auditoriyalar va auditoriyadan tashqarida tashqil etish;
Talabalarlar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma- bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashqil etilishini ta’minlash;
3.Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish: a) talabaning o‘qish bosqichiga; b) muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati, o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga; v) talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga; g) fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga; d) talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga; ye) mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o‘tish bilan shakl va hajm jihatidan o‘zgarib borishiga; ye) mustaqil ishni fanning xususiyati hamda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatiga mos holda tashqil etishga.
MUSTAQIL IShNI AMALGA OShIRIShDA TALABA BAJARIShI LOZIM BO‘LGAN VAZIFALAR
Talabalar mustaqil ishlarini tashqil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
yangi bilimlarni mustaqil ravishda puxta o‘zlashtirish kunikmalariga ega bo‘lish;
zarur ma’lumotlarni axtarib topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
5) elektron o‘quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
10) ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish.
|
| |