• Talabalar mustaqil ishi
  • Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali




    Download 16,04 Mb.
    bet170/186
    Sana23.05.2024
    Hajmi16,04 Mb.
    #250922
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186
    Bog'liq
    Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka

    Nazorat savollari:
    1. Ko‘kat ekinlarni oziqalik va shifobaxshlik ahamiyati qanaqa? 2. Ko‘kat ekinlar qanday guruhlarga bo‘linadi va O‘zbekistonni himoyalangan yerlarida ularni qaysilari keng tarqalagan? 3. Ukropni biologik xususiyatlari va uni tashqi muhit omillariga talabi qanday?

    1. TALABALAR MUSTAQIL IShLARINING MAZMUNI VA ShAKLLARI


    Talabalar mustaqil ishi (TMI) fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, kunikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi konsultatsiya va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
    Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad kafedra professor-o‘qituv-chilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida o‘quv semestri davomida talabalarni «Himoyalangan yer sabzavotchiligi» fanini uzluksiz o‘rganishini tashqil etish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan bilim va kunikmalarini yanada mustahkamlash, navbatdagi darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish, ularning aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda axtarib topish va o‘zlashtirishni shakllantirish negizida hozirgi kun talablariga har tomonlama javob bera oladigan raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
    Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriklarning shakli va hajmi, ular-ning murakkablik darajasi o‘kuv rejasida ko‘zda tutilgan mavzularni o‘zlashtirib borish davomida talabalarda fan bo‘yicha yetarlicha kunikmalar mujassamlanganligiga muvofiq o‘zgarib boradi. Bunda talabalarni topshi-riqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga yo‘naltirgan holda mustaqil ishlash qobiliyati darajasini asta-sekin shakllantirib borish talab etiladi.
    «Himoyalangan yer sabzavotchiligi» fani bo‘yicha mustaqil ishni tashqil etishda talabalarning akademik o‘zlashtirish darajalari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: 1) fanning ayrim mavzularini tavsiya etilgan o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlardan foydalangan holda mustaqil o‘zlashtirish; 2) amaliy mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib borish; 3) mustaqil o‘rganiladigan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; 4) mo‘nozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish; 5) talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida ishtirok etish; 6) ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarni tayyorlash; 6) axborot-resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va muayyan tizimga solish; 7) belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida takdimot materiallari tayyorlash; 8) talabalar turar joyida, ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish; 9) kafedraning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida faol ishtirok etish va boshqalar.
    Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga qaratilganki, bunda buto‘n o‘quv jarayoni talabalar tomonidan fan asoslarini to‘laligicha faol, ongli, puxta va tizimli ravishda o‘zlashtirish va ularda Himoyalangan yer sabzavotchiligi fanining umumiy masalalari, ilmiy asoslari, Himoyalangan yer sabzavotchiligining tarqalish tarixi, ahamiyati, noan’anaviy usulda yetishtirish texnologiyalari, Himoyalangan yer sabzavotchiligi to‘g‘risidagi qono‘nlar xaqida muayyan imkonini beradi.

    Download 16,04 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186




    Download 16,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali

    Download 16,04 Mb.