|
Mavzuni mustakil o‘zlashtirish
|
bet | 171/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaMavzuni mustakil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga muvofiq ishchi o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan alohida mavzular mustaqil ravishda o‘zlashtirshp uchun talabalarga topshiriladi. Bu yerda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga imkon beruvchi tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiluvchi savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalari ko‘rsatiladi.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar o‘kuv adabiyotlaridan mustaqil ravishda foydalanib, berilgan mavzuning qisqacha mazmunini konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish nisbatan murakkab bo‘lsa, mavzuga oid ba’zi savollar paydo bo‘lganda, adabiyotlar yetishmaganda, mavzuni yetarlicha tizimli bayon eta olmaganda va h.k.) o‘qituvchidan konsultatsiyalar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan referat o‘qituvchiga topshiriladi va himoya qilinadi.
O‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lgan «Himoyalangan yer sabzavotchiligi» fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha mustaqil ishlar asosan referatlar ko‘rinishida takdim etiladi.
Referat talabalar mustaqil ilmiy ishining alohida shakli hisoblanadi. Talabalarning ilmiy ijodi o‘quv jarayonining bir turi sifatida o‘qitish, bilim berish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda talaba ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, u ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, soha bo‘yicha kerakli ilmiy materiallarni to‘plash, ularni umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish kunikmalariga ega bo‘ladi, o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha fan-texnika yutuqlarini tanqidiy baholashni o‘rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi va h.k.
Referat tayyorlash – bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur ilmiy tadqiqot shakli talabalar tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida fan o‘qituvchilarining tashqiliy-uslubiy yordami va konsultatsiya asosidagina samarali amalga oshirilishi mumkin. Bu yerda o‘kituvchining talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilishi qanchalik to‘g‘ri va malakali amalga oshirilganligi hamda referatni bajarishga oid talablar mezoni qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning referat tayyorlash kunikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda topshiriqlar berilishi alohida ahamiyatga ega.
|
| |