|
Salatni kichik hajmli ekin usulida kassetalarda uzluksiz yetishtirish texnologiyasi
|
bet | 168/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umukaSalatni kichik hajmli ekin usulida kassetalarda uzluksiz yetishtirish texnologiyasi. Bu texnologiya OAO «Kiev sabzavotchilik fabrikasi» tomonidan sabzavot ekinlari ko‘chatlarini yetishtirish uchun rekonstruksiya qilingan (qayta qurilgan), 810 namunaviy loyihali issiqxonalar uchun ishlab chiqilgan (issiq-xona uzunligi 44,8 m, eni 51,0 m, umumiy maydoni 2285 m2). Markaziy yo‘lning (3 m) ikki tomonidan uzunligi 24 m va zveno eni 6,4 m li yettita yarimseksiyalar joy-lashtirilgan. Har bir yarim seksiyalarda balandligi 0,7 m, uzunligi 23,5 m, eni 1,91 m li uchta stol montaj qilinib o‘rnatilgan. Ularni foydali maydoni – 44 m2, jami stollar – 42 dona. Stollar aluminiyli sinchlardan tayyorlangan.
Issiqxonalarda mikroiqlimni avtomatlashtirilgan holda sozlash va saqlash hamda tayyorgarlik va ishga tushurishdagi asosiy ishlarni mexanizatsiyalash ko‘zda tutilgan. Kichik hajmli ekin sifatida salatni yetishtirish uchun kattaligi 40×50 sm, 35 ta uyali, o‘lchami 6×6×4,5 sm li polistirol kassetalardan foydalaniladi. Substrat makro va mikroelementlar solingan, nordonligi pH – 6,0 bo‘lgan torf-dir.
Bu salatli yo‘lda (liniyada) ukrop, petrushka, rediska, rayhon, amarant hamda bodring, pomidor, qalampir, baqlajon ko‘chatlarini va boshqa ekinlarni yetishtirish mumkin.
Ko‘kat ekinlarni oqadigan gidroponika uslubida yetishtirish texnologiyasi. Oqar suvli gidroponika uslubi o‘simliklarni tarnov va trubalar orqali doimo oqib aylanib turuvchi oziq eritmalarda yetishtirish prinsipiga asoslangan (aylangan suv bilan ta’minlash). Uni mazmuni quyidagilardan iborat: berk kesimli tepa qismida diametri 55 mm li yumaloq teshiklari bo‘lgan va 180 sm masofada (qadamda) joylashtirilgan plastik kanallarga yoshi 12-15 kunlik tuvakli o‘simliklar o‘rnatiladi. Tuvakchalarda ildizlar chiqib turishi uchun teshikchalar bor. Salatni (ko‘katni) tarqatib joylashtirish vaqtigacha ularni teshiklarida ildizlar ko‘rinishi kerak.
Oziqali eritmani tayyorlash, aylanma eritmaga zarur mineral o‘g‘itlarning eritmalarini qo‘shish va kislotalar qo‘shish hisobiga pH ni tegishli kattalikgacha yetkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu ishni avtomatlashtirilgan «FITO» firmasini eritma tayyorlaydigan «Oborot» uzeli yoki sho‘nga o‘xshashlar bajaradi.
Nihollar hato unib chiqqan bo‘lsa, bu joylarga maysalar pikirovka qilanidi.
Ko‘chat ikki haqiqiy barg chiqargan davrda shira paydo bo‘lishini oldini olish uchun 1% li fitoverma (agravetrtin) eritmasi bilan ishlov beriladi.
Tayyor ko‘chatlarni keyinchalik yetishtirish uchun “ishchi zonaga” ko‘chiriladi (129-rasm) va ekin o‘stiriladigan tarnovlarga shaxmat tartibida siljiydigan sukchachali (stelajli) moslamalarga o‘rnatiladi
|
| |