|
Issiqxonalarda gulkaram yetishtirish
|
bet | 165/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka19.4- amaliy mashg‘ulot
Gulkaram boshchalarida (to‘pgulida) oqsil (2,5%), uglevodlar (4,9%), vitaminlar, mineral tuzlar va biologik faol moddalarni hamda mazasi va parxezlik sifatlari yuqoriligi tufayli qadirlanadi. Gulkaramni himoyalangan yerlarda yetishtirishdan asosiy maqsad – bahorda erta mahsulot olish va kech kuzgi va qishki davrlarda aholini yangi mahsulot bilan ta’minlashni uzaytirishdan iborat.
Gulkaram kech kuz va qishki davrlarda chiqish muddatlarini uzaytirish, ochiq yerda kech yozgi muddatda ekib yetishtirilgan o‘simliklarni yetiltirib o‘stirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yetiltirib olish texnologiyasi mazkur o‘quv qo‘llanmani 5.1 bo‘limida ta’riflanadi. Bahorda erta mahsulot olish uchun uni qishki-bahorgi aylanishda qishki isitilmaydigan issiqxonalarda va bahorgi-yozgi aylanishda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda yetishtirish orqali erishiladi.
Gulkaram ko‘chati bilan yetishtirilganda yorug‘ kunning uzunligiga va yorug‘likni jadalligiga talabchan, issiqlikka talabi esa mo‘tadildir. Qishki-bahorgi aylanish davri uchun ko‘chatlarni tayyorlashda yorug‘ kunlarning uzunligini 15-17 soat va yorug‘lik jadalligini kamida 5 ming lyuksda ta’minlash zarur. Ko‘chatlar asosiy yetishtiriladigan joyga ekilgandan so‘ng maqul harorat quyoshli kunlarda – 14-20, bulutli kunlarda – 11-17 va kechasi – 6-8°S ni tashkil qilishi kerak.
Gulkaram nam talab o‘simlik hisoblanadi. Havoning maqbul namligi 85-90%. Namlikni yetishmasligi va yuqori harorat muddatdan oldin ishlatishga yaramaydi (notavar) boshlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Shamollatish me’yorda bo‘lishi kerak, quyoshli havoda – kuchaytirish zarur. Tuproqqa talabi bodringda qanday bo‘lsa, bunda ham shunday. Gulkaramni alohida talabiga ko‘ra bor yoki molibden mikroelementlari bilan oziqlantirish kiradi.
Gulkaramni issiqxonalarda yetishtirishda tumanlashtirilgan o‘rtaertapishar Gollandiya duragaylari Skoyvoker, Fargo, Yaponiyaning Kashmer va Rossiyaning Otechestvennaya navlaridan foydalaniladi. O‘zbekistonda rayonlashtirilganmagan navlar ham ekiladi, ularga rossiyaning MOVIR, Rannaya Gribovskaya navlari kiradi, ularni to‘rt mavsumda yetishtiriladi. Qishki-bahorgi aylanishda isitiladigan issiqxonalarda yetishtirilgan 50-60 kunlik ko‘chatlarni yanvar o‘rtalarida, tabiiy yorug‘lik o‘simliklarni talabiga javob beraboshlashganda ekadilar.
Ko‘chatlar qatorli usulda 70 sm oraliqli qatorlarga o‘simliklarni qatordagi orasini 30-35 sm qilib o‘tqaziladi. O‘simliklarga yorug‘lik tushishini yaxshilash uchun ko‘chatlar shaxmat tartibida o‘tkaziladi.
Ekinlarni parvarishlash maqbul harorat va havoni nisbiy namligini ta’minlash, sug‘orish va oziqantirishdan iborat. Qishki-bahorgi aylanishda hosil mart oxiridan boshlab chiqaboshlaydi, uni yig‘ishtirish aprel boshida tugallanadi. Undan bo‘shagan joylarga odatda bahorgi, yozgi aylanish davri uchun bodring ko‘chatlari ekiladi.
Bahorgi-yozgi aylanishda isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarga ko‘chat O‘zbekistonning markaziy mintaqasida 10-15 fevralda o‘tkaziladi. Ko‘chatlar bir oz qalinroq: egatlar orasi 70 sm, egatdagi o‘simliklar orasini 25-30 sm qilib yoki 1 m2 maydonga 5-6 donadan o‘simlik joylashtirib ekiladi.
Hosil aprelning ikkinchi yarmidan chiqaboshlaydi va uni yig‘ishtirish may boshigacha tugallanadi. Yetishtiriladigan duragaylarda karam boshlarni yopib turadigan to‘p barglari mavjud. Foydalaniladigan navlarda karamboshlar deyarli ochiq bo‘ladi. Karamboshlar yashil bo‘lib qolmasligi uchun ularni barglar bilan ustini yopish orqali qorong‘ilashtiriladi.
Gulkaramni issiqxonalarda yetishtirishda zichlovchi ekinlarni (rediska, ukrop, salat, pekin karami, kress-salat) qo‘llash maqsadga muvofiq, ularni urug‘lari gulkaram o‘simliklarini orasiga sochma usulda ekiladi.
Gukaram boshlari bir vaqtda yetilmaydi. Shuning uchun hosilni saralab yig‘ishtiradilar. Boshchalarning gulto‘plari ochilib ketmasdan to‘p barglari bilan birga pichoq bilan kesib olinadi, barglari karam boshlari 5 sm yuqorisidan kesib tashlanadi. Saralab olingan karam boshlarini darhol qorong‘ilashtiriladi (pana qilinadi) va salqin joyga kiritib qo‘yiladi.
|
| |