|
Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali
|
bet | 160/186 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 16,04 Mb. | | #250922 |
Bog'liq Himoyalangan yer sabzavotchiligi. 2021-2022 umuka11-jadval
Bodringda generativ va vegetativ rivojlanishni kuchaytiruvchi choralar (A.I. Pashkovskiy bo‘yicha, 2007)
Ta’sir etish
|
Generativ
|
Vegetativ
|
O‘rtacha sutkali harorat
|
20S dan kam
|
22S dan yuqori
|
Nurlanish
|
1500 Dj/sm2 dan yuqori
|
1000 Dj/sm2 dan kam
|
Harorat o‘zgarishi kunduz/tungi
|
3S dan ortiq
|
eng yuqori harorat 1,5S
|
Shamollatish harorat
|
isitish ququrlari kabi
|
quvur haroratiga +2S
|
Quvurnnig minimal harorati
|
40-60S
|
35-45S
|
O‘suvchi quvurnigg harorati
|
40-60S
|
40S
|
Nisbiy namlik
|
80% dan kam
|
90% dan yuqori
|
SO2 konsentratsiyasi
|
0,05-0,10%
|
0,04% dan kam
|
Mato namligi
|
55-75%
|
doimiy 75%
|
Sug‘orishni boshlanishida
|
kechroq
|
Ertaroq
|
Sug‘orishni tugatilishida
|
ertaroq
|
Kechroq
|
Sug‘orish davrlarini soni
|
kamroq tez-tez
|
tez-tez ko‘proq
|
Bir sug‘orish uchun suv hajmi v YeS mata
|
katta
|
Kichkina
|
YeS mata
|
3,0-3,5
|
2,2-2,8
|
Mevani o‘rtacha vazni
|
katta
|
Mayda
|
Mevalarni o‘simlikdagi yuklamasi
|
katta
|
Kichkina
|
Issiqxona yerlarda yetishtiriladigan bodringni nav va duragaylari ko‘p-roq partenokarpiyaga moyil bo‘lib, arilar yordamida changlanadiganlari ham bor. Yaratilgan partenokarpik navlar changlatishsiz ham mevalar tugadi, bu mevalarni uzoq muddat sifatini saqlanishiga, kamroq terim o‘tkazishga imkon yaratadi. Gullash xususiyatiga ko‘ra partenokarpik duragaylarda to‘liq urg‘ochi yoki urg‘ochi turi ustunroq bo‘lishi mumkin.
Urug‘ochi gulni shakllantirish qobilyatiga ko‘ra nav va duragaylar 4 guruhga bo‘linadi:
gullash turi aralash, ularda urg‘ochi hamda erkak gullar shakllanadi;
urg‘ochi gullar turi ustun, bunda kam sondagi erkak gullarni shakllanadi, asosan poyaning pastki qismida;
to‘liq urg‘ochi gullar turi, ularda erkak gullari shakllanmaydi. Bunday duragaylar eng hosildor bo‘lib, ularni erkak gullari bo‘lmaganligi sababli changlatish uchun ari qo‘yib o‘stirish mumkin.
to‘liq erkak gulli turi, asosan faqat erkak gullari shakllanadi.
Urg‘ochi genotiplari, erkak genotiplariga qaraganda ertapisharroq va hosildor bo‘ladi.
Ari yordamida changlanadigan duragaylarga va qisman partenokarpiyani namoyon etuvchi yoki to‘liq urug‘ochi gullarni shakllantiradigan duragaylarga 10% changlatuvchi qo‘shilishi zarur.
Kunning uzunligi, kunduzi va tungi havo haroratini yuqoriligi, havo va tuproq namligini pastligi, kaliyni me’yorida ortiqligi jinsni erkak tomonga o‘zgartiradi.
Hozirgi vaqtda issiqxona sabzavotchiligida nav va geterozis duragaylarni bir nechta turkumlari ishlatiladi:
mayda mevali (barani uzunligi 20-22 sm), ari yordamida changlanadigan, urug‘ochi gullar turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Changlanishni ta’minlash maqsadida (10-15%) changlatuvchi nav va duragaylar bilan ekiladi;
uzun mevali (barrani uzunligi 25 sm va undan ortiq), partenokarpik, urug‘ochi va urg‘ochi gullash turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Ushbu nav va duragaylarni o‘simliklarining o‘lchami, barglari va mevalarini yirikligi, ari yordamida changlanadiganlarga nisbatan yuqori hosildorligi, faqat yuqori agrotexnika sharoitida o‘stirish kabi alohida xususiyatlarga ega;
nisbatan kalta mevali (barrani uzunligi 20-25 sm), partenokarpik, urug‘ochi va urug‘ochi gullash turi ustun bo‘lgan o‘simliklar. Ularda yorug‘lik yetishmaganda partenokarpik kam namoyon bo‘ladi. Shuning uchun qishki-bahorgi ekinda ularni uzunmevalilarga qaraganda ko‘chatlarini kechiktirib ekish maqsadga muvofiqdir. Meva tugishi va keyinchalik partenokarpik mevalar hosil qlishi uchun birinchi gullarni ari yordamida changlatib ularni quvvatlab turiladi. Mayda mevali partenokarpik durgaylar, uzun mevalilarga qaraganda zichroq joylashtiriladi.
Bir issiqxonada bir vaqtda partenokarpik va ari yordamida changlanadigan nav va duragaylarni ekish tavsiya etilmaydi, chunki arilarni darchalardan partenokarpik bodringli issiqxonalarga uchib o‘tib, ularni changlatishi natijasida sifatsiz mevalarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi, mevalarni uida bo‘rtmalar shakllanib qoladi.
Bodring duragaylarini tanlashda ularni ko‘pgina xususiyatlarini va sifatini hisobga olish lozim. Eng avvalo u ari yordamida chanlanadiganmi yoki partenokarpikligiga alohida e’tibor berilishi kerak. Issiqxona yerlar uchun hosilni shakllanishi hasharotlarga bog‘liq bo‘lmagan partenokarpik shakllari mos keladi.
Arilar yordamida changlanadigan bodringlar orasida gullash turi aralash bo‘lgan shakllarga nisbatan urug‘ochi gullash turi ustun bo‘lganlar serhosil bo‘lib, sifatli changlanishi uchun 10% changlatuvchi qo‘shib sepish lozim.
O‘zbekiston issiqxonalarida yetishtiriladigan bodringni nav va duragaylari. «O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga» 2012 yil Issiqxona yerlar uchun 69 nav namunasi kiritilgan. Ular orasida 1997 yilda rayonlashtirilgan yagona mahalliy Sersuv-14 navi, uchta mahalliy geterozis duragaylari: Navbahor (1991 y.), ToshDAU-70 (2001 y.) va Sovga (2008 y) mavjud. Shuningdek, unga Turkiyaning – 1 (Suzan F1), Germaniyaning – 3 (Sultan F1, Eliza F1, Aksent F1), Ispaniyaning – 2 (Seydra F1 va Majestik SFF-01 F1), Isroilning -6, Fransiyannig -7, Niderlandiyannig -46 duragaylari kiritilgan.
Respublikaning urug‘ bozoriga kirib kelgan uzoq chet elni seleksion-urug‘shunoslik firmalari turli tuman talablarga javob beradigan bir qator duragaylar seriyasini taqdim etmoqda. Hozirgi vaqtda o‘zining ertapisharligi va bo‘g‘imda bir necha tugunchalar shakllantiradigan, kalta barrali (10-12 sm) duragaylarga qiziqish katta bo‘lmoqda.
Urug‘lik firmalarini sotuvga chiqariladigan urug‘lari qalin qog‘ozli paketga qadoqlanadi. Bunda ularnnig morfologik belgilari va xo‘jalik-biologik xususiyatlari, alohida yetishtirish uslublari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
O‘zbekistondagi issiqxonalar orasida quyidagi duragaylarga qiziqish katta: kuzgi-qishki aylanishda – Kuraj, Magnum, Amur, o‘tuvchanda – Magnum, Orzu; qishki-bahorgida – Orzu, Kuraj, Artist, Roki, Multistar. Ulardan Kuraj F1 tumanlashmagan, qolganlari tumanlashtirilmagan. Bu duragaylar quyidagi belgi va xususiyatlarga ega:
Orzu F1 -Gollandiyaning Nunems firmasini duragayi, O‘zbekistonda 2002 yildan tumanlashtirilgan. Partenokarpik, mevasi kalta 8-12 sm, siliq mevali duragay. Haqiqiy «o‘zbek» bodringi. Butun o‘suv davrida mevalari o‘zining yashil rangini saqlaydi. Issiqxona sharoitida un shudring kasalligiga eng yuqori darajada, soxta un ushdringga esa chidamliligini ko‘rsatadi. Mevalari yangi va tuzlangan holda juda yuqori sifatli ta’mga ega. Issiqxonalarda turli muddatlarda yetishtirish uchun mo‘ljallangan. O‘simlik o‘rtacha o‘sish kuchiga ega. Kuzgi-qishki aylanishida o‘sishni birinchi bosqichlarida azotni oshirilgan me’yorlarda berilishiga talabchan.
Multistar F1 -Gollandiyannig Riyk Zvan firmasini duragayi, O‘zbekistonda 2006 yildan tumanlashtirilgan. Maysalari unib chiqgandan so‘ng 50-55 kundan keyin hosilga kiradi. Partenokarpik, silliq turkumli. Ekish qalinligi har bir gektar yerga 22000-25000 dona o‘simlik. Kuchli o‘suvchi, bo‘g‘imlari kalta, shoxlanishini o‘zi boshqaruvchi o‘simlikdir.
Bo‘g‘imlarda ikkita va undan ko‘p mevalar shakl-lanib, potensial hosildorlikni oshiradi. Barglari o‘rtacha kattalikda. Mevalari biroz qovurg‘ali, yalti-roq, qoramtir-yashil rangda. Mevalari 16-18 sm kattalikda bo‘lib, uzoq muddat yaxshi saqlanadi. Ko‘pgina kasalliklarga chidamli.
Magnum F1 -kuzgi-qishki va erta bahorgi mavsum gibridi bo‘lib, barqaror o‘suvchan va baquvvat vegetatsiyaga ega partnekorpik o‘simlik. Har bo‘g‘inda bir va ikkitadan meva tugadi. Yon novdalari yaxshi rivojlanuvchan. Hosilning katta qismi asosiy poyada hosil bo‘ladi. Mevalar uzunligi 18-20 sm, shakli chiroyli, to‘q yashil rangda, silliq, yaltiroq ko‘rinishga ega. Mevalari chiroyli qovurgali bo‘lib, ajoyib tovar sifatlarini uzoq masofaga tashishda ham yo‘qotmaydi. Bozorbop, xaridorgir xususiyatiga ega. Un shudring va soxat un shudring kasalliklariga qisman chidamli.
Amur F1 -Gollandiyannig Beyo Zaden firmasi yaratgan duragay. O‘zbekistonda 2005 yildan ochiq maydonlar uchun rayonlashtirilgan. Vaqtinchalik plyonkali qoplamalar ostida yetishtirishga tavsiya etilgan bo‘lib, konserva va tuzlama uchun mo‘ljallangan. Biroq, O‘zbekistondagi issiqxonalarda ham yaxshi natija beradi. Barralari mayda, yuzasi g‘adir-budur, zich o‘rkachli. Yuqori ta’m siftiga va xush bichim tashqi ko‘rinishga ega. kasalliklarga chidamli. ertapishar.
Kuraj F1 -Rossiyaning «Gavrish» firmasini duragayi, ertapishar (maysalar unib chiqqandan 42-43 kundan so‘ng hosilga kiradi), partenokarpik, gullashi urug‘ochi turidan. Kuchli o‘suvchi o‘simlik. Mevalari 12-15 sm uzunlikda, vazni 120-130 g, o‘rtacha o‘rkachli, oqish tikanli.
Eng qulay ekish qalinligi 1 m2 ga 3 dona o‘simlik. Bo‘g‘imlarda 2-4 ta barralar shakllantirish hisobiga 1 o‘simlikdan 6-8 kg hosil olinishini ta’minlaydi. Bir vaqtni o‘zida qulay sharoitlarda 15 tagacha barralar yetilishi mumkin bo‘lganligi uchun o‘simliklarga ortiqcha og‘irlik bermaslik va yangi mevalar shakllanishiga imkon yaratish uchun terimlar tez-tez o‘tkazilishi kerak.
Barralarini ta’mi – yuqori sifatli, achchig‘i yo‘q (genetik belgilangan). Mevalari turli maqsadlar uchun ishlatiladi, ayniqsa, salatbop.
Issiqxonalar uchun mahalliy seleksiya oid ToshDAU-70 va Sovga durgaylari judda katta qizg‘ishga ega. Ular ichki bozor talablariga javob beradigan xushbichim tashqi ko‘rinishi, yuqori ta’mi sifati bilan ajralib turadi. Ularnig urug‘lari chet el duragaylaridan ancha arzon. Mahalliy duragaylar quyidagi belgi va xususiyatlariga ko‘ra ta’riflanadi.
ToshDAU-70 O‘zbekistonda 2001 yilda tumanlash-tirilgan, ToshDAU chiqargan duragay. Maysalari hosil bo‘lgandan 50-55 kunda keyin hosilga kiradi. Ari yordamida changlanadigan, gullashi urug‘ochi turi ustun bo‘lgan, kam seziluvchi partenokarpik duragay. Asosiy poya 190-200 sm balandlikda, o‘rtacha shoxlan-uvchi, shoxlanishni o‘zi boshqaruvchi.
Har bir bo‘g‘imda 1-2 donadan meva hosil qiladi. Barrasini yuzasi tekis, 11-13 sm uzunlikda, diametr 3 sm, vazni esa 100-105 g. Barrasi silindrsimon shaklda, yuzasi silliq, rangi to‘q yashil. Zich etli, xushbo‘y, tashishga chidamli. Barralari yuqori ta’m sifatiga ega. Ildiz chirish va un shudringga chidamli.
Sovga F1 -O‘zbekistonda 2008 yilda tumanlashgan, Toshkent DAU chiqarilgan duragay. Maysalar ko‘ringanidan 48-53 kundan so‘ng hosilga kiradi, barraning o‘rtacha vazni 100-105 г.
O‘simliklarni 0,32 m2 oziqlanish maydonida, 80×40 sm ekish oralig‘ida 1 m2 ga 3 ta o‘simlik joy-lashtirish tavsiya etiladi. Partenokarpik duragay. Gullashi to‘liq urg‘ochi turkumidagi bir poyalik o‘simlik. Asosiy poyaning balandligi 230-250 sm, o‘ratcha serbarg, o‘zini boshqaruvchi shoxlanishga ega. Har bir bo‘g‘imda 1-3 dona meva shakllanadi. Barrasining yuzasi tekis, ko‘kish rangda, yuqori ta’m sifatiga ega. Barrasi silindrsimon shaklda, uzunligi 16-18 sm, diametr 3-3,5 sm, mevani o‘rtacha vazni 130 g. ildiz chirish va un shudring kasalligiga chidamli duragay.
Bodring mevlariga turli tuman talablar qo‘yiladi: yirik yoki mayda, tekis yoki o‘rkachli mevalar talab qilinadi. Bu bir xo‘jalikda bir necha navlarni yetish-tirish bo‘lmagan sharioitlarda va isitish tizimindagi tez-tez sodir bo‘ladigan buzulishlar natijasida bir duragay yutig‘i boshqasining mahsuldorligi kamay-ishini o‘rnini qoplaydi.
Katta issiqxonalarda nav va duragaylarni sinash uchun kichik maydonlarni ajartish maqsadga muvofiqdir. Sinab ko‘rilgan duragay yoki navning ustunligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng keyingi yil uchun ekin maydonlarini kengaytirish lozim. Yetishtirilgan duragaylarning mevalaridan olingan urug‘lar kuchli o‘zgaruvchan avlod berishini esda tutish lozim. Bu urug‘larni ekish natijasida hosildorlik keskin kamayib, mevlarni shakli va o‘lchamida notekisliklar sodir bo‘ladi. Shuning uchun yetishtirilgan duragaylardan urug‘ tayyorlash va ularni ishlatish mumkin emas. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, hamda firma tamg‘asi bo‘lmagan urug‘larni olish ham maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
|
| |